2. Havoda qotadigan ohaqni olishda kechadigan jarayonlar Karbonat xom ashyoni kuydirishda kechadigan kimyoviy jarayonlar


Ohaktoshni kuydirishga tayyorlash



Download 170,68 Kb.
bet6/14
Sana03.03.2022
Hajmi170,68 Kb.
#480090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-mavzu. Gidratatsion qotuvchi moddalar ishlab chiqarishining fizik-kimyoviy asoslari

Ohaktoshni kuydirishga tayyorlash. Ohaktosh bo‘laklarining iloji boricha bir xil o‘lchamda bo‘lishi ohakning sifatli kuydirilishini ta’minlaydigan muhim shartlarning biridir. Bu shartga shu sababdan rioya qilinishi kerakki, birinchidan, kuydirish muddati ohaktoshlarning o‘lchamiga bog‘liq, ikkinchidan, bir xil o‘lchamdagi ohaktosh bo‘laklari nisbatan ancha katta bo‘shliqhosil qiladi., shu bilan shaxta pechlarda gazlarga kam qarshilik ko‘rsatiladi. Yirik va mayda ohaktosh bo‘laklari aralashiga kuydirilsa, ohakning bir qismi chala, bir qismi esa o‘ta pishib ketadi.
Bir xilda yirik shixta ishlatilsa, kuydirilayotgan material shaxta pechda tekis joylashadi. Pechga o‘lchami har xil ohaktosh solingan yirik bo‘laklari og‘ir bo‘lgan sababli pech periferiyasi bo‘yicha mayda bo‘laklar esa o‘rtasi (markazi)da to‘planib qoladi. Ohaktosh bo‘laklari qanchalik kichik bo‘lsa, shixta gazlarning o‘tishiga shunchalik ko‘proqqarshilik ko‘rsatadi. Tutun gazlar va yoqilg‘ining yonishi va ohakning sovishi uchun zarur havo qarshiligi kamroq uchastkalarda o‘tadi. Natijada pech markazida shixta etarli darajada pishmaydi va yoqilg‘ining talaygina qismi unda yonmay qolishi mumkin.



3-Rаsm. So‘ndirilmagan oxak kesak ishlab chiqarish tizimi



4-Rasm. Kukun oxak tayyorlash tizimi.
Ohaktoshlar kuydirish uchun saralash vaqtidayoq tegishlicha tayyorlana boshlanadi. Ohaktoshlar kuydirish uchun saralash vaqtidayoq tegishlicha tayyorlana boshlanadi. Odatda saralash paytida ohaktoshlar maydalanadi. Chunki ohaktosh bo‘laklari ko‘pincha juda katta, ya’ni 50-60 sm gacha va undan ham katta o‘lchamlarda bo‘ladi.
Ohaktoshni qanchalik katta-kichik o‘lchamda maydalash kerakligi odatda ishlatiladigan pech tipiga bog‘liq bo‘ladi. Shaxta pechda kuydirilganda ko‘ndalangiga 20-40, 40-80 va 80-120 mm keladigan ohaktoshlar alohida-alohida pishadi. 80-120 mm bo‘laklar faqatgina shu vaqtgacha ishlatib kelinayotgan pechlarda kuydiriladi. Chunki ohaktosh bo‘laklari katta bo‘lgani uchun ularni uzoq vaqt kuydirishga to‘g‘ri keladi. Yangi pechlar qurayotganda esa 20-40 va 40-80 mmo‘lchamdagi ohaktoshlardan foydalanish zarur. Aylanma pechlarda kuydirilayotganda 5-20 va 20-40 mmo‘lchamlardagi ohaktoshlar ishlatiladi.
Maydalash jarayoni yopiq yoki ochiq sikl bo‘yicha olib borilishi mumkin. Ochiq sikl bo‘yicha ishlatilayotganda, material maydalagich apparatidan faqat bir marta o‘tkaziladi. Yopiq sikl bo‘yicha ishlayotganda esa yirik bo‘laklar yana qaytadan maydalanadi. Ochiq sikl bo‘yicha ishlayotganda maydalangan mahsulot har xil, ya’ni chang-kukundan tortib maydalagich chiqish teshigining eni baravari keladigan o‘lchamdagi parchalardan iborat bo‘ladi. Bunday mahsulotdagi tovar fraksiya unchalik ko‘p bo‘lmaydi, odatda 50% dan kamrog‘ini tashkil etadi, qolgan qismi esa chiqindiga chiqib ketadigan mayda-chuydalardan iborat bo‘ladi. Maydalashning yopiq sikli nisbatan ko‘proq 60-70% tovarli fraksiya olishga imkon beradi. Shuning uchun ham bir xil fraksiya kattalikdaga mahsulot olish uchun maydalashning ana shu usuli qo‘llanadi Odatda saralash paytida ohaktoshlar maydalanadi. Chunki ohaktosh bo‘laklari ko‘pincha juda katta, ya’ni 50-60 sm gacha va undan ham katta o‘lchamlarda bo‘ladi.
Ohaktoshni qanchalik katta-kichik o‘lchamda maydalash kerakligi odatda ishlatiladigan pech tipiga bog‘liq bo‘ladi. Shaxta pechda kuydirilganda ko‘ndalangiga 20-40, 40-80 va 80-120 mm keladigan ohaktoshlar alohida-alohida pishadi. 80-120 mm bo‘laklar faqatgina shu vaqtgacha ishlatib kelinayotgan pechlarda kuydiriladi. Chunki ohaktosh bo‘laklari katta bo‘lgani uchun ularni uzoq vaqt kuydirishga to‘g‘ri keladi. Yangi pechlar qurayotganda esa 20-40 va 40-80 mmo‘lchamdagi ohaktoshlardan foydalanish zarur. Aylanma pechlarda kuydirilayotganda 5-20 va 20-40 mmo‘lchamlardagi ohaktoshlar ishlatiladi.
Maydalash jarayoni yopiq yoki ochiq sikl bo‘yicha olib borilishi mumkin. Ochiq sikl bo‘yicha ishlatilayotganda, material maydalagich apparatidan faqat bir marta o‘tkaziladi. Yopiq sikl bo‘yicha ishlayotganda esa yirik bo‘laklar yana qaytadan maydalanadi. Ochiq sikl bo‘yicha ishlayotganda maydalangan mahsulot har xil, ya’ni chang-kukundan tortib maydalagich chiqish teshigining eni baravari keladigan o‘lchamdagi parchalardan iborat bo‘ladi. Bunday mahsulotdagi tovar fraksiya unchalik ko‘p bo‘lmaydi, odatda 50% dan kamrog‘ini tashkil etadi, qolgan qismi esa chiqindiga chiqib ketadigan mayda-chuydalardan iborat bo‘ladi. Maydalashning yopiq sikli nisbatan ko‘proq 60-70% tovarli fraksiya olishga imkon beradi. Shuning uchun ham bir xil fraksiya kattalikdaga mahsulot olish uchun maydalashning ana shu usuli qo‘llanadi.
Maydalash-saralash ustanovkasi quyidagicha ishlaydi. Kondan tashib keltirilgan ohaktosh qabul qiluvchi bunkerga solinadi, u erdan plastinka ta’minlagich yordamida bir tekisda panjara to‘rga uzatib turiladi. To‘r panjaralari orasidan o‘tmagan yirik bo‘laklar maydalagichga, maydalari esa saralagich sim g‘alvirga yuboriladi. Maydalagichda maydalangan mahsulot ham ana shu sim g‘alvirga tushadi. Saralagich sim g‘alvir odatda bir necha elakdan iborat bo‘ladi. Elaklarning soni bo‘lak-parcha o‘lchamlari soniga bog‘liq. Yuqorigi elakdan o‘tmagan yirik ohaktosh bo‘laklari yana maydalashga yuboriladi, har qaysi elakdan ushlanib qolgan mayda bulaklari esa saralagich sim g‘alvir ostiga o‘rnatilgan bunkerning tegishli bo‘limlariga to‘kiladi.
Ohaktosh bo‘laklarining o‘lchamlari va fraksiyaning talab qilinayotgan yirikligiga qarab bir yoki ikki pog‘onali maydalash sxemasi qo‘llaniladi. Bir pog‘onali sxema bo‘yicha maydalayotganda material bitta maydalagichda maydalanadi. Ikki pog‘onalida esa material ketma-ketiga ikki maydalagichdan o‘tadi: birinchisining chiqish teshigi katta, ikkinchisining kichik bo‘ladi. Maydalangan mahsulot shu orada yana bir bor saralanishi ham mumkin.
Ohaktosh sifati belgilariga qarab saralanadi. Tarkibida ko‘p gil yoki qum aralashma bo‘lgan ohaktoshlarni ajratib tashlash kerak, aks holda kuydirish temperaturasida bunday ohaktosh qisman erib yumshaydi va katta bo‘lak-bo‘lak bo‘lib qotib qoladi yoki pech qoplamaga yopishib, shixtaning osilib qolishiga sababchi bo‘ladi.
Ohaktoshlarni konning o‘zida maydalab, elab, saralab olgan ma’qul. Shunda uni tashish arzonga tushadi, ohaktosh chiqindilarini to‘kish joylari osongina topiladi.
Pech tinimsiz ishlashi uchun pech sexdagi sarflash bunkerlarida pechning butun bir yoki ikki smena davomida (maydalagich-saralagich, uskunaning ishlash rejimiga qarab) to‘xtovsiz ishlab turishi uchun etarli miqdorda mayda ohak zaxirasi saqlanadi. Zavod xom ashyo bazasi yaqinida bo‘lsa, omborda, uch kunlik xom ashyo zaxirasi turishi kerak. Zavod tashib keltiriladigan xom ashyo hisobiga ishlasa bir oylik ohaktosh zaxira saqlanadigan ombor quriladi.
Omborlarga yuklash-tashish ishlarini qo‘lda bajarish o‘rniga mexanizmlar vositasida bajarish imkonini beradigan tuzilmalar o‘rnatiladi.. Ohaktoshga yuksak temperatura ta’sir qilganida kalsiy karbonat quyidagi formula bo‘yicha parchalanadi:
CaCO3=CaO+CO2-42,52 kkal.
Kalsiy karbonatning parchalanishi (dissotsiatsiyalanishi) nazariy jihatidan 6000C da boshlanadi, biroq 8500C gacha nihoyatda sust o‘tadi. Temperatura yanada ortishi bilan parchalanish jarayoni keskin tezlashadi (bu 6-rasmdan yaqqol ko‘rinib turibdi); temperatura 850 dan 9000C gacha ko‘tarilganida CaCO3 amalda to‘la parchalanib bo‘ladi. Bu ma’lumotlar laboratoriyada o‘tkazilgan tadqiqotlar uchun xarakterli. Amalda esa kuydirish temperaturasi birmuncha yuqori 100-11000C gacha olinadi (kuydirish jarayonini tezlashtirish maqsadida). CaCO3 ning parchalanish reaksiyasi qaytar reaksiyadir. Reaksiya CaO dan hosil bo‘lgan mahsulotlar CO2 bilan ta’sir etishib, yana CaCO3 ga aylanishi mumkin. Kalsiy oksidi tez hosil bo‘lishi uchun dissotsiatsiyaning gazsimon mahsulotlarini darhol chiqarib tashlash kerak. Buning uchun, oldin eslatib o‘tganimizdek, pechga tortuvchi mo‘ri quriladi.



Download 170,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish