2. Havoda qotadigan ohaqni olishda kechadigan jarayonlar Karbonat xom ashyoni kuydirishda kechadigan kimyoviy jarayonlar



Download 170,68 Kb.
bet5/14
Sana03.03.2022
Hajmi170,68 Kb.
#480090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-mavzu. Gidratatsion qotuvchi moddalar ishlab chiqarishining fizik-kimyoviy asoslari

Ohaktoshni qazish. Ohaktosh konlari ko‘p hollarda er yuzasida bo‘ladi. Ohaktosh ochiq usulda qazib olinadi: portlatiladi, keyin portlatilgan tog‘ jinslari bir cho‘michli ekskavatorlar yordamida transportga yuklanadi. Ohaktoshlarning yirik xarsanglari pnevmatik yoki elektr bolg‘alar bilan maydalanadi. Ba’zan kichkina zaryadlar yordamida takror portlatib maydalanadi.
Ohaktoshlar temir yo‘l yoki tosh yo‘lda qatnaydigan transport vositasida yoki kon yaqinida, ya’ni 1 kg masofada bo‘lsa, transportyorlar yordamida tashiladi. Transportyor yordamida tashish eng qulay, unumli va kam mehnatli usuldir. Kon 3 km masofada bo‘lganda ohaktoshlarni yukini o‘zi ag‘daradigan mashinalarda tashigan foydali, yukini o‘zi ag‘daradigan mashinalarda yaxshi ishlashi uchun usti qattiq, pishiq yo‘llar kerak. Kon 3 km dan ortiq masofada bo‘lganida temir yo‘ldan foydalanilgani maqul.
Xom ashyoni qazib olishni tashkil qilayotganda ohaktosh cho‘kish natijasida hosil bo‘lganiga katta ahamiyat berish kerak. Chunki ohaktoshlarning kimyoviy va mineralogik tarkibi kon sathi va uning qalinligi (quvvati) bo‘yicha ancha farqqiladi. Ohaktosh qatlamida linzasimon uyum yoki qatlam holida gil uchrashi ham mumkin. Havoda qotadigan ohak ishlash uchun qo‘llaniladigan ohaktosh tarkibida aralashma ko‘p bo‘lsa, uni ishlatib bo‘lmaydi. Shuning uchun kondan ohaktosh qazib ola boshlashdan oldin uning hamma uchastkasini puxta tekshirib chiqarish kerak. Havoda qotadigan ohak xossalariga katta ta’sir etadigan ikkinchi modda magniy karbonatdir. Karbonatli tog‘ jinslari tarkibida qancha MgCO3 borligiga karab, salginadolomitlashgan ohaktosh (tarkibida 5-10% MgCO3 bor), ohaktosh dolomit (tarkibida 20-40% MgCO3 bor) va dolomit (tarkibida 40-46% MgCO3 bor) ga bo‘linadi.
Havoda qotadigan ohak ishlab chiqarish uchun dolomitlashgan ohaktoshlarning hamma turlari ishlatilishi mumkin. Ularni kuydirganda tegishlicha oz magnezialli va dolomitli ohak hosil bo‘ladi.
Havoda qotadigan ohak ishlash uchun qo‘llaniladigan karbonatli tog‘ jinslarining hammasi standart bo‘yicha uch, ya’ni A, B va V klassga bo‘linadi. Bunday bo‘lishi uchun tog‘ jinslari tarkibida qancha karbonat, magniy karbonat va gil aralashma (SiO2, Al2O3 va Fe2O3 oksidlari) borligi asos qilib olingan. Quyida (9-jadval) ohaktoshning har klassiga nisbatan qo‘yiladigan talablar keltirilgan.
Ohaktosh mazkur erda sifati jihatidan qanchalik bir xilligiga qarab yoppasiga yoki tanlab-tanlab qaziladi. Ohaktosh sifati jihatidan ayrim uchastkalarda bir xil bo‘lgani yoki salgina farqqilgani taqdirdagina yalpi (yoppasiga) qaziladi. Sifati keskin farqqilsa, tanlab-tanlab qaziladi. Bunday qazishda ohakning tannarxi oshadi, shu bilan birga ishonchli bo‘lmay qoladi. Gap shundaki, qazish vaqtida ohaktoshning sifati yoki sifatsizligini rang va qattiqligiga qarab aniqlash mumkin. Buning uchun katta tajriba kerak. Shuning uchun ham ohaktosh, to‘plangan joylar sifati jihatidan bir-biridan keskin farqqilsa, ohak zavodi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan nisbatan yaxshiroqqon qidirish kerak bo‘ladi.
So‘ndirilmagan kesak-ohak ishlab chikarish uchun tarkibida kalsiy karbonat ko‘p bo‘lgan tog‘ jinslari (ohaktoshlar) dan foydalaniladi.Ohaktoshlar cho‘kindi tog‘ jinslari bo‘lib, kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalari jihatidan xilma-xil turlarga bo‘linadi. Biroq uning asosiy qismi kalsiy karbonatdan iborat.Boshqa moddalar, ya’ni (magniy karbonat, gil va har xil oksidlar) bo‘lishiga sabab shuki, ohaktoshlar cho‘kindi holda hosil bo‘ladi; karbonatlar cho‘kkanida bu moddalar ham cho‘kkan. Aralashmalarning miqdoriga qarab ohaktoshlarning rangi oq rangdan qora rangacha boradi. Bitum va ko‘mir moddalar qo‘shilgan bo‘lsa ohaktosh qoramtir bo‘ladi. Sarig‘, qo‘ng‘ir, kul rang tusda bo‘lishi ohaktoshdagi temir va marganets aralashmalari ta’siridan; kimyoviy jihatdan sof kalsiy karbonat oppoq bo‘ladi.
Odatda ohaktoshlarga gil aralashmalari qo‘shilgan bo‘ladi. Shunga ko‘ra ohaktoshning quyidagi turlari uchraydi: sof ohaktosh (tarkibida 5% gacha gil aralashmalari bor): mergel (gil)li ohaktosh (tarkibida 5 dan 10% gacha gil zarrachalari bor); ohak-karbonat mergel (tarkibida 10 dan 30% gacha gil zarrachalari bor) va mergel (tarkibida 30 dan 50% gacha gil zarrachalari bor) ohaktosh.

Download 170,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish