2-joriy nazorat



Download 26,93 Kb.
bet6/12
Sana11.02.2022
Hajmi26,93 Kb.
#442234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-joriy

Umumbashariy g‘oyalar. Umumbashariy g‘oyalar deb insoniyatni har xil ofat va kulfatlardan saqlab qolishga qaratilgan fikrlar majmuiga aytiladi. Bunga tinchliksevarlik, o‘zaro hamkorlik, birodarlik, bag‘rikenglik, optimizm va boshqalar kiradi.
Bu bilan g‘oyalarni tasniflash tugamaydi, hayot o‘zgarishi bilan yangi g‘oyalar paydo bo‘ladi, shakllanadi, rivojlanadi vaqti kelib esa boshqa g‘oyalarga o‘zining o‘rnini bo‘shatib beradi. Faqatgina, umuminsoniy va umumbashariy g‘oyalar darajasiga ko’tarilganlarigina umrboqiy bo‘lib qoladi. Bizning milliy g‘oyamiz ana shunday umuminsoniy va umumbashariy g‘oyalar jumlasiga kiradi.
2. Istiqlol, demokratiya va taraqqiyot — o‘zaro bog‘liq tushunchalar. Chunki agar milliy mustaqillik bo‘lmasa, erkinlik ham, erkin rivojlanish ham bo‘lmaydi. Shaxs erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha emaye. Shu bois O‘zbekiston o‘tgan asr boshlarida istiqlolni qo‘lga kiritganda bir-biri bilan bog‘liq 2 vazifa kun tartibida turardi: biri — mustaqillikni mustahkamlash bo‘lsa, ikkinchisi — bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda bu ikki jarayon muvaffaqiyat bilan davom etmoqda va mamlakatimiz tobora iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar safiga kirib bormoqda. Yana shu narsa ham aniq bo‘ldiki, iqtisodiy taraqqiyot ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy yuksalish bilan uzviy aloqada kechishi shart ekan.
Davlatni shunchaki ma’muriy instrument, boshkaruv apparati, deb talqin etish yetarli emas. Bu ta’rif demokratiya sharoitida ham milliy birlik va xalqning ma’naviy yaxlitligi, demak, uyushib, jipslashib, rivojlanish yo‘liga chiqishiga xalaqit beradi. Qolaversa, taraqqiyot ham, demokratiya ham o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Mamlakat xavfsizligini, osoyishtaligini ta’minlash, siyosiy manfaatlar to‘qnashuvida dadil turib, milliy manfaatni himoya qilish davlat zimmasidadir.
Demokratiya sharoitida, albatta davlat va uning tarkibiy qismi bo‘lgan hokimiyatga munosabat o‘zgaradi. Chunki hokimiyat jamiyat nazorati ostida bo‘ladi. Saylash va saylanish mexanizmining amal qilishi, davlat rahbarlarining hisob berib turishi, matbuot erkinligi, jamoat tashkilotlarining faolligi _ bularning hammasi davlatning mutlaq g‘oyalarga berilishiga yo‘l qo‘ymaydi. YA’ni, shaxs, jamiyat va davlat o‘zaro yaqinlashib boradi, bir-biriga hisob berish kuchayadi. Natijada shaxs va davlat manfaatlari uyg‘unlashib boradi
Milliy g‘oya — milliy rivojlanish lokomotivi. Bunda davlatchilik g‘oyasi, davlat va uning rahbariga hurmat, milliy davlat salohiyati bilan faxrlanish ham muhim o‘rin tutadi. "Bu — mening xalqim, bu — mening "Vatanim", deb faxrlangan odam "Bu — mening davlatim" deya faxrlana olishi ham keraк. Davlat bir organizm sifatida o‘zini takomillashtirib, demokratik jamiyatni tashkil etuvchi kuch sifatida har doim millat ravnaqiga rahnamo bo‘lib turadi. O‘zbekistonning istiqlol davridagi rivojlanishi, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li buni isbotlab turibdi.
Demak, milliy rivojlanish omillari quyidagilardan iborat:
1.Milliy g‘oyaga asoslangan bunyodkorlik, fidoyilik va vatanparvarlik.
2.Milliy-ma’naviy yuksalish va ilmiy salohiyat, madaniy darajaning balandligi.
3.Milliy yakdillik, siyosiy barqarorlik.
4.Mustahkam milliy davlatchilik asoslarining mavjudligi.
5.Milliy o‘zlikni anglashning yuksak darajada bo‘lishi va boshkalar.
Milliy g‘oya demokratiya va milliy davlatchilikning negizlarini tashkil etadi. Siyosiy va iqtisodiy hayotni erkinlashtirish degan gap jamoat tizimlarini, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirish demakdir. Fuqarolar o‘z haq-huquqini tanimasdan, faollashmasdan, siyosiy ongi oshmasdan, chinakamiga vatanparvar, fidoyi bo‘lmasdan bu vazifalarni ado eta olmaydi. Bu ulkan vazifani bajarish uchun har bir fuqaro fuqarolik burchini anglagan, kurashchan va faol bo‘lishi lozim.
Erkin fuqaro va ozod shaxs quyidagi to‘rt jihatni, ya’ni:
1) haq-huquqini taniydigan va buning uchun kurashadigan;
2) o‘z kuchi va imkoniyatlarini ishga solib uning samarasini ko‘radigan;
3) atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira oladigan;
4) shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘un holda ko‘rib, faoliyat yuritadigan bo‘lishi lozim.
Shunday qilib, milliy g‘oya hayotiy va istiqbolli g‘oyadir. U taraqqiyotga va mamlakat fuqarolarini chinakam hamjihatlikka, ma’rifatga olib boradigan insonparvar va taraqqiyparvar g‘oyadir.
Milliy g‘oya, erkin fuqaro va demokratiya — yuqori darajada rivojlangan kishilar jamiyati, insoniyat erishgan buyuk ne’mat, ko‘pchilikka ma’qul yashash tarzidir. Ammo uning amalga eshishi barcha mamlakatlarda bir xil emas. Har bir mamlakat demokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyillarini o‘z milliy qadriyatlari zaminida, o‘z xalqining uzoq tarixi davomida shakllangan an’analari bilan qo‘shib qabul qilganini bilamiz
Demokratiyaning birdan-bir, yagona retsepti yo‘q. Uning maqsadi millatlarga va jamiyatlarga o‘z ixtiyorlariga muvofik, hayot kechirish imkoniyatini berishdadir. Demokratiya turli millatda turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin uning asosiy bir sharti bor: millat va jamiyat orasidagi mas’uliyatga sheriklashib, shunga muvofik, ravishda ish qonunlariga bo‘ysunish kerak bo‘ladi. Davlat ishida mas’uliyat hissining umumiyligi xalqning madaniy kamolotiga bog‘liq tarbiya va odat masalasi hamdir.
Bugungi sharqona demokratiyada qadr, oqibat, andisha, kattalarga hurmat, ona zaminni ardoqlash borasida o‘ziga xoslik yaqqol namoyon bo‘ladi. Bular esa milliy g‘oya amal qilishida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

3. 2017 yil O‘zbekistonning tarixiy taraqqiyot va rivojlanishida butunlay yangi bosqichni boshlab berdi. Bu bevosita zamon bilan hamnafas, hozirgi sivilizatsiya talablariga javob beradigan, bugungi kun milliy va dunyoviy ehtiyojlarini nazarda tutgan, jahon davlatchiligi ilg‘or tajribalari bilan milliy xususiyatlarimiz, qadriyatlarimiz, davlatchilik usul va uslublarimiz bilan uyg‘unlashib ketgan, sintezlashgan kuchli va qudratli siyosiy tafakkur bilan bog‘liq. “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ayni ana shu zamonaviy tafakkurni mamlakatni modernizatsiya qilish, jamiyatni rivojlantirish, boshqaruvni erkinlashtirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish bilan birga xalqaro maydonda O‘zbekistonning o‘z so‘zi, qat’iy xulosasi, umumsayyoraviy masalalarni hal qilishda, ichki va tashqi siyosatda o‘zgarmas, izchil pozytsiyaning mavjudligi bilan alohida ajralib turadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Bu Farmon har tomonlama taraqqiyotning muhim asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Farmonda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari belgilangandi. Mazkur yo‘nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat:

Download 26,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish