2-laboratoriya mashgʻuloti. O‘quvchilarning til ko‘nikmalarini shakllantirish usullari Mashg‘ulotning maqsadi



Download 311,26 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi311,26 Kb.
#936213
Bog'liq
3-kurs metodika 2-laboratoriya


2-laboratoriya mashgʻuloti.

O‘quvchilarning til ko‘nikmalarini shakllantirish usullari
Mashg‘ulotning maqsadi:Talabalarda o`qib tushunish,tinglab tushunish,yozma va og‘zaki ko`nikmalarni shakllantirish usullari orqali ularda ko‘nikma va malaka hosil qilish.


Topshiriqlar

  1. Quyidagi rasm asosida matn yarating




Halollik – jannat mevasi,
Haromlik esa do‘zax kulfatidir

Qadim zamonda Abdusalom degan bir halol inson o‘tgan ekan. Uning yakkayu-yagona farzandi bo‘lib, u bolasini juda yaxshi ko‘rar, yeru-ko‘kka ishonmas ekan. Kunlar, yillar o‘tib bola katta pahlavon yigit bo‘libdi. Bir kuni u otasiga maslahat solibdi:
– Ey, ota! Endi nima kasb qilay?
Otasi: – Ey, o‘g‘lim. “Bo‘ynidan bog‘langan it ovga yaramas”, degan gap bor. Endi sen bir hunar yoki kasbni o‘zing tanla va shunga mehr qo‘y”.
Shunda o‘g‘li: – Eng yaxshi kasb – o‘g‘rilik bo‘lsa kerak, – debdi.
Otasi shunda debdi: – Mayli o‘g‘lim, o‘g‘rilik bo‘lsa o‘g‘rilik-da. Qo‘shnimizning qo‘yini o‘g‘irlab ko‘rchi. O‘g‘li qo‘shni xonadondagi bitta katta qo‘chqorni o‘g‘irlab olib kelibdi.
Otasi xursand bo‘libdi va: – O‘g‘lim, zo‘r ish qilding. Endi ikkimiz o‘zimizni tejaymiz va bir hafta uydan chiqmay, shu qo‘yni mazza qilib yeymiz, debdi. Xullas, astoydil bir hafta mazza qilib maishat qilishibdi. Qo‘yni yeb bo‘lgach, o‘zlarini tortishibdi.
O‘g‘il bir haftada uch kiloga ozibdi. Ota esa to‘rt kilo ko‘payibdi. O‘g‘il hayron bo‘lib otasiga boqibdi.
Ota kulib debdi: – Ey, nodon o‘g‘il! Bilib qo‘y, sen o‘g‘irlagan qo‘yning pulini men bir kun oldin qo‘shniga berib qo‘yganman. Shuning uchun men xotirjam semirdim. Ko‘rdingmi, sen o‘zingga halol kasb tanla. U dunyoing ham, bu dunyoing ham obod bo‘lur.
Halollik – jannat mevasi, haromlik esa do‘zax kulfatidir.

2-tоpshiriq: Mаtnni o ‘qing. Mаtn tаrkibidаgi hаr bir so‘zni (o‘z so‘z zahirangiz va lug‘аt yordаmidа) bоshqа mа’nоdоshi bilаn аlmаshtirib, mаtnni qаytа tuzishgа hаrаkаt qiling.
3-tоpshiriq: Mаtn mаzmunini o‘z so‘zingiz аsоsidа 4-5tа gаpdа yozmа ifоdаlаng.
4-tоpshiriq: “Hikmаtnоmа” kitоbidаn hаlоllik hаqidаgi mаqоllаrni tоping vа ulаrdаn mаtn mаzmunigа аynаn mоs kеlаdigаnini tаnlаb dаftаringizgа ko‘chiring
Download 311,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish