2-Ma`ruza: Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning hususiyatlari va inson organizmiga ta’siri Reja



Download 44,72 Kb.
bet1/17
Sana11.03.2022
Hajmi44,72 Kb.
#489568
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
HFX 2-maruza


2-Ma`ruza: Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni
Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning hususiyatlari
va inson organizmiga ta’siri
Reja:
1. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta`minlash bo`yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar, me`yoriy hujjatlar, nazorat qilish tizimlari va talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar
2. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta`minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish, mablag` bilan ta`minlash.
3. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o`qitish, faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, tahlil qilish, oldini olish tadbirlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
Tayanch so`zlar: mehnat muhofazasi, atrof muhit muhofazasi, sektor,
moliyalashtirish, tabiiy resurslar, yo`riqnoma.

1. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta`minlash bo`yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar, me`yoriy hujjatlar, nazorat qilish tizimlari va talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar.


Tabiatni muhofaza qilishga huquqiy yondoshishning umumiy printsiplari barcha davlatlarni bir vaqtda va tabiatni saqlashning oqilona qonunchiligiga ega bo`lishini taqoza etadi. SHu sababli har bir mamlakatda tabiatni, ekologik muhitni buzish orqali odamlar sogligiga etkazilgan zararlar uchun tovon to`lash bo`yicha va boshqa qonunlar qabul qilinishi zarur. Bu qonun jismoniy shaxslar uchun ham, xo`jalik faoliyati yurituvchi istalgan shakldagi sub`ektga ham bir xil darajada ta`sir etishi lozim.


Ekologik masalalarni echimini amalga oshirilishi maxsus davlat organlariga va aholisining faoliyatiga ham bog’liq bo`ladi. Bunday faoliyatni maqsadi – tabiiy imkoniyatlardan ratsional foydalanish, atrof-muhitni ifloslantirilishiga barham berish, mamlakat barcha jamoatchiligini ekologik bilimlarga o`qitish va tarbiyalash hisoblanadi.
Tevarak atrof, tabiiy-muhitini huquqiy jihatdan muhofazalash deganda muhofaza ob`ekti va uni ta`minlovchi tadbirlar hisoblanadigan me`yoriy aktlarni tayyorlash asoslash va amalda qo`llash tushuniladi. Bu tadbirlar jamiyat va tabiat o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadigan ekologik huquqni tashkil etadi.
Atrof muhitni himoya qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish murakkab va ko`p rejali muammolardir. Bu muammolarni echimlari inson va tabiatni o`zaro munosabatlarini tartibga solinishi, ularni ma`lum qonuniyatlarga, yo`riqnomaga va qoidalarga bo`ysunishi bilan bog’liqdir. Bizning mamlakatimizda bunday sistema qonunchilik tartibida o`rnatilgan.
Tabiatni huquqiy himoyalash davlat tomonidan o`rnatilgan huquqiy me`yorlar majmui bo`lib, huquqiy munosabatlarni amalga oshirish natijasida paydo bo`ladi va ular tabiiy muhitni saqlash bo`yicha tadbirlarga tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, hozirgi va kelajak avlodlar manfaati uchun insonni o`rab turgan atrof muhitni, borliqni sog’lomlashtirilishiga qaratiladi. Davlat tadbirlarining bu sistemalari insonlar hayoti uchun zarur bo`lgan qulay sharoitlarni yaratish, saqlash va tiklashga va moddiy boyliklar ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo`naltirilgan va huquqiy mustahkamlangan.
O`zbekistonda tabiatni huquqiy muhofazalash sistemasiga quyidagi qonuniy tadbirlar kiradi:
1. Tabiiy resurslardan foydalanish, saqlash va rivojlantirish bo`yicha munosabatlarni huquqiy tartibga solish;
2. Kadrlarni o`qitish va tarbiyalashni tashkil etish, tabiatni muhofazalash ishlarini moddiy texnik taminlash va moliyalashtirish;
3. Tabiatni muhofazalash talablari bajarilishi yuzasidan davlat va jamoat nazoratini o`rnatish;
4. Tartib buzarlarning qonuniy javobgarligi.
Ekologik qonunchilikka ko`ra tabiiy muhit huquqiy muhofaza ob`ekti hisoblanadi va u insondan tashqarida unga bog’liq bulmagan holda mavjud bo`lib, tabiat insonni yashash sharti va vositasidir.
Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta`minlash bo`yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me`yoriy hujjatlar tizimi.
Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlashningrivojlanishida ulug’ bobokolonlarimiz – Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahriddin Muhammad Bobur va rus olimlaridan M.V.Lomonosov, zamondoshlarimizdan N.D.Zolotnitsskiy, N.V.Solovyov, D.A.Kelbert, V.L.Gintillo, M.I.Grimitlin, M.N.Nabiev, T.I.Iskandarov va boshqalarning hissalari kattadir.
1992 yilning 8-dekabrida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida ulkan siyosiy voqea bo`ldi. Hech bir davlat o`zining Asosiy qonunida davlat va jamiyat qurilishining tamoyillarini, fuqaroning huquq va erkinliklarini, jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy asoslari hamda strategik yo`nalishlarini mustahkamlamasdan turib, demokratik, huquqiy suveren davlat bo`la olmaydi. Respublikamiz konstitutsiyasi demokratik, xalqaro miqyosda e`tibor berilgan me`yor va talablarga javob beradi deyishga to`la asosimiz bor.
Ish joylaridagi sharoit mehnat muhofazasiga taalluqli xalqaro standartlar talablariga javob bergan holda mehnat xavfsiz va samarali bo`lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish va ijtimoiy barqarorlikni etarli emasligi ishchilarni ishlash bo`yicha huquqlariga, ularning mehnatini muhofazalash, talab darajasidagi ish sharoitlarini yaratishga oid muammolarni ko`payishiga sabab bo`ldi. Barcha hamdo`stlik mamlakatlaridagi kabi O`zbekistonda ham so`ngi yillarda deyarli ko`pchilik xalq xo`jaligi sohalarida mehnat sharoiti yomonlashuvi tendentsiyasi kuzatildi. Ishlab chiqarishda yangi tashkil etilayotgan xususiy sektorlarning unumini ortishi bu sohadagi ko`rsatkichlarni yanada pasayishiga sabab bo`ldi. Bunday ishlab chiqarishda band bo`lgan ishchilar mehnatini muhofazalash, ularga talab darajasida mehnat sharoitini yaratish haqida ushbu soha mas`ullari turli sabablarga ko`ra etarlicha e`tibor qarata olmayapti deb bo`lmaydi.
Ularning ayrimlari bu sohada etarli bilim va tajribaga ega bo`lmasa, ayrimlari bu haqda umuman tushunchaga ega emas desak mubolag’a bo`lmaydi. CHunki, bunday ishlab chiqarish sub`ektlarini chiqarish rahbarlar, ish yurituvchilar, ish boshilarining ichida o`rta ma`lumotli, o`rta maxsus ma`lumotli rahbarlar ham etarli. Ba`zan mutaxassisliklari ishlab chiqarish yo`nalishiga to`g’ri kelmaydigan xodimlar ham ular ichida uchrab turadi. YUqorida aytilgan kamchiliklardan tashqari mutasaddi tashkilotlar tomonidan bunday ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatlari etarlicha, samarali nazorat qilinayapti deyish kiyin. Ishchilarni ishlab chiqarishda hayot faoliyati xavfsizligini taminlash bo`yicha asosiy me`yoriy qonunchilik aktlarining qabul qilinishi bilan hozirgi vaqtda bu muammolar holat birmuncha ijobiy tomonga o`zgarmoqda.
Xavfsiz mehnat qilish huquqi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 37-moddasida mustahkamlab qo`yilgan.
Mehnat muhofazasi bo`yicha korxonalardagi, muassasalardagi asosiy qonunchilik aktlari O`zbekiston Respublikasining mehnat kodeksi, fuqarolik kodeksi va mehnatni muhofaza qilish to`g’risidagi qonunlari hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-maydan kuchga kiritilgan Mehnatni muhofaza qilish to`g’risidagi Qonuni ishchilar va ish beruvchilar o`rtasidagi mehnatni muhofaza qilishga oid munosabatlarni tartibga solishni huquqiy asoslarini belgilaydi.
Hozirgi vaqtda har bir mamlakatda atrof borliq muhitini himoyalash uchun tabiatni saqlash bo`yicha qonunchilik ishlab chiqarishda va xalqaro mamlakat ichkarisida va xalqaro huquq doirasidagi tabiat muhofazasi huquqiy bo`limlari o`z aksini topgan va u tabiiy resurslarni va hayotni asrash muhitini huquqiy asosi hisoblanadi.
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) 1992 yil iyun’ oyida Rio-de-Janeyroda atrof muhit va uning rivojlanishi bo`yicha bo`lib o`tgan konferentsiyada tabiatni himoyalashga huquqiy yondoshishning 2 ta asosiy printsipini Qonuniy mustahkamlab qo`ydi:
1. Har bir mamlakatning atrof muhitni himoyalash bo`yicha samarali qonunchilikni yo`lga qo`yishi. Ular tomonidan ilgari so`riladigan me`yorlar, masalalar va yo`nalishlar atrof muhit va uni rivojlanishi, amalga oshiriladigan ishlar atrof muhitni muhofazasi bo`yicha real holatni aks ettirishi;
2. Har bir mamlakat atrof muhitni ifloslantirilganlik uchun javobgarlik boshqa ekologik zarar etkazganlik uchun zarar ko`rganlarga tovon to`lash bo`yicha milliy qonunchilikni ishlab chiqishi kerak.
Tabiatni muhofaza qilishga huquqiy yondoshishning umumiy printsiplari barcha davlatlarni bir vaqtda va tabiatni saqlashning oqilona qonunchiligiga ega bo`lishini taqoza etadi. SHu sababli har bir mamlakatda tabiatni, ekologik muhitni buzish orqali odamlar sogligiga etkazilgan zararlar uchun tovon to`lash bo`yicha va boshqa qonunlar qabul qilinishi zarur. Bu qonun jismoniy shaxslar uchun ham, xo`jalik faoliyati yurituvchi istalgan shakldagi sub`ektga ham bir xil darajada ta`sir etishi lozim.
Ekologik masalalarni echimini amalga oshirilishi maxsus davlat organlari xuddi shuningdek aholisi faoliyatiga ham bog’liq bo`ladi. Bunday faoliyatni maqsadi tabiiy imkoniyatlardan ratsional foydalanish, atrof muhitni ifloslantirilishiga barham berish, mamlakat barcha jamoatchiligini ekologik bilimlarga o`qitish va tarbiyalash hisoblanadi.
Tevarak atrof tabiat muhitini huquqiy jihatdan muhofazalash deganda muhofaza ob`ekti va uni ta`minlovchi tadbirlar hisoblanadigan me`yoriy aktlarni tayyorlash asoslash va amalda qo`llash tushuniladi. Bu tadbirlar jamiat va tabiat o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadigan ekologik huquqni tashkil etadi.
Atrof muhitni himoya qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish murakkab va ko`p rejali muammolardir. Bu muammolarni echimlari inson va tabiatni o`zaro munosabatlarini tartibga solinishi, ularni ma`lum Qonuniyatlarga, yo`riqnomaga va qoidalarga bo`ysunishi bilan aloqadordir. Bizning mamlakatimizda bunday sistema qonunchilik tartibida o`rnatilgan.

Download 44,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish