Tasviriy va amaliy san’at. Bugungi O’zbekiston hududi, umuman, O’rta Osiyo qadimdan insoniyat istiqomat qilgan maskan bo’lganini turli madaniy qatlamlar tasdiklaydi. Anov madaniyatidagi amaliy va tasviriy san’at namunalari o’troq aholining turmush tarzini tasavvur qilishga imkon beradi. Bu madaniyatga mansub yodgorliklar Ashxobod yaqinidan topilgan va atrof hududlarga, jumladan, O’zbekiston hududiga ham tarqalgan. Anov madaniyatini 1904 yili amerikalik olim R. Pyompelli kashf qildi. Anov madaniyatini u neolit davriga mansub deb qaraydi va miloddan oldingi IX ming yillikka borib taqalishini aytadi. Bu madaniyatga oid ashyolar urug’chilik jamiyatiga xos ma’naviy va moddiy yodgorliklardan iborat. Bu davrdagi san’at ibtidoiy san’at ko’rinishini ifoda etadi. SHunga qaramay, sopol idishlarning o’ziga xos ko’rinishi dikqatga sazovor. Sopol idishlarning sirti naqsh bilan bezitilgan va qandaydir uchi o’tkir asbob bilan chizilgan. Anov madaniyatiga mansub idishlarning aksariyati yo geometrik shaklda yoki to’lqinsimon chizik bilan uchburchak va to’rtburchak shaklda bezatilgan. Ba’zi idishlarning chetlarida naqsh bor. Bunday naqshli buyumlar Samarqanddagi Afrosiyob shaharchasidan, qadimgi Marvdan va O’rta Osiyoning turli hududlaridan topilgan. Bu topilmalar qadimgi madaniyatning o’choqlari borligidan guvohlik beradi. Idishlardagi naqshlar va shakllar shunchaki bezak uchun qilinmagan, balki bularda magik tasavvurlar o’z ifodasini topgan: yo fazoni qanday tasavvur qilganlarini ifoda etganlar yoki kundalik hayot bilan bog’liq udumlarni ko’rsatganlar. Umuman, ibtidoiy davrdagi biron shakl yoki surat faqat bezak uchun qilinmagan, balki uning ostida albatta biron mifologik tasavvur yotadi.
Anov madaniyatiga oid muhim topimalardan biri, idishlardan tashqari, ayollar haykalchalari, odam va qush boshli qanoti bor sher tasvirlangan tosh muhrdir. Bu madaniy qatlamni Anov madaniyatiga qadimgi xaldey va yunon madaniyatining ta’siri, deb qarovchilar ham bor. Afrosiyob devor suratidagi otlar ham qanotli shaklda tasvirlangan.
Makedoniyalik Iskandar qo’shinlari - ellinlar O’rta Osiyoni istilo qilgandan keyin, bu o’lkada yunon madaniyatining izlarini ko’ramiz. O’rta Osiyo Salavkiylar davlati qo’l ostiga kirgach, mil.aB. III asrda O’rta Osiyo, SHimoliy eron va Afg’oniston hududida mustaqil davlatlar-sharqda Baqtriya davlati, g’arbda Parfiya davlati barpo bo’ldi.
Ayniksa, Baqtriya davlatida yunon madaniyati kuchli iz qoldirdi. Jumladan, budda haykallarida yunon haykaltaroshligi uslubiga xos unsurlar mavjud. Parfiya madaniyati ancha murakkab. Rim imperiyasiga (mil. aB. I asr) raqobat qila oladigan qudratli davlat Parfiya bo’lib, O’rta yer dengizi, Kichik Osiyo, Turkmaniston va O’zbekiston hududlari shu davlatga qarashli edi. Bu yerda ko’zga tashlanadigan madaniy qatlam - bu o’lkadagi me’morchilik yodgorliklaridir. Mustahkam qal’alar va shaharlar barpo qilishga Parfiya davlati alohida e’tibor berdi. Qolaversa, iktisodiy yuksalish ham bunga imkon berdi. YUliy TSezar bilan bir vaqtda konsul bo’lgan, Spartak qo’zg’olonini bostirgan lashkarboshi Mark Krass Rim – Parfiya urushida yengilib, halokatga uchradi. Neron davrida ham Rim legionlari Parfiyadan mag’lubiyatga uchragan.
Qadimiy yozma manbalar O’rta Osiyoning turli hududlarida me’morchilik yodgorliklaridan tashqari, yuksak badiiy hunarmandchilik namunalari borligini tasdiklaydi. Jumladan, milodiy I asrga oid Xan yilnomasida Xitoy sayyohi o’sha paytda hozirgi O’zbekiston hududini ham o’z ichiga olgan Katta YUechji va Gibin to’g’risida shunday yozadi: “Xunlar katta yuechjilarni tor–mor keltirgandan keyin, katta yuechji g’arbda Daxiya davlatini bosib oldi (Buxoro ham Daxiya davlati tarkibiga kirgan - N.R.). Osmon o’g’li (ya’ni Xitoy imperatori - N.R.) olgan ma’lumotlarga ko’ra, Dovon, Daxiya va Ansi katta davlatlardir. Bu davlatlarda noyob buyumlar bor. U yerda o’troq hayot kechiradilar. Hunarmandchilik buyumlari o’rta shohliklar hunarmandchilik buyumlari bilan o’xshashdir”4 Gibin - Kobuliston, katta yuechji - massagetlar bo’lib, hozirgi O’zbekiston hududini o’z ichiga olgan.
Faqat shugina emas. yer ostidan arxeologlar tosh va sopoldan yasalgan haykallar, devoriy suratlarning qoldiklari, badiiy bezalgan buyumlarni ko’p topganlar. YUnon istilosigacha ham O’zbekiston hududida an’anaviy tasviriy san’at amalda edi. “Amudaryo xazinasi” deb nom olgan buyumlar amaliy san’atning o’ziga xosligini ko’rsatuvchi dalildir. YUnon muarrixlarining yozishicha, Makedoniyalik Iskandar yurishlari paytida O’rta Osiyodagi ibodatxonalarda, saroylarda, uylarda Zariadr va Odatida rivoyati syujetlariga ishlangan tasvirlarni uchratganlar.
YUnon istilosidan keyin O’zbekiston tuprog’iga ellinistiq madaniyat ta’sirlari kirib kela boshladi. Dastlab o’zgarishsiz holda kirib keldi. Termiz, Samarqand va boshqa shaharlarda topilgan taroqlarda dubulg’a kiygan jangchi tasvirlangan. Taroq toshdan yasalgan. Bu tasvirlarning ko’pchiligida Iskandar tasvirlangan. Bu topilmalarning sanasi mil. aB. IV–III asrlarga oid. SHuningdek, bu davr tangalaridagi yunon hukmdorlarining tasvirlari ham YUnon–Baqtriya madaniyatining qadimgi O’zbekiston hududida ravnaq topganidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |