2-maruza. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati


Buddaviylik davri madaniyati



Download 39,06 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2022
Hajmi39,06 Kb.
#595562
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-maruza.2

Buddaviylik davri madaniyati. Milodiy I asrda Baqtriyaning o’ng tomoniga buddaviylik kirib kela boshladi. SHu davrda buddaviylik e’tikodiga aloqador inshootlar asosiy o’rin egalladi. g’orlardagi Budda ibodatxonalari Ko’hna Termizdan, Qoratepadan va CHingiztepadan topilgan.
Buddaviylikning Baqtriya davlatiga kirib kelishi Kushonlar imperiyasining davlati chegaralari janubga tomon kengayib borgani bilan bog’liqdir. Xitoy manbalariga ko’ra, Kushonlar imperiyasi dastlab hozirgi Bekobod va Xo’jand o’rtasida barpo etilgan. Bu davlat tezlik bilan kengayib, milodiy I asr oxirlarida (tashkil bo’lgandan keyin taxminan ellik yillar o’tgach), Hindistongacha yetib bordi. SHubhasiz, ana shu tarixiy davrda Hindiston bilan Kushonlar imperiyasining madaniy aloqalari rivojlandi. Ana shu madaniy munosabatlarning mahsuli sifatida buddaviylik kirib keldi. Buddaviylik O’rta Osiyoda shunchalik mustahkam o’rnashdiki, qadimgi Vatanimizda ko’plab Budda budda ibodatxonalari barpo bo’ldi. YOzma manbalarning xabar berishicha, shu davrda eftalitlar poytaxti Badaxshonda sirti oltin bilan qoplangan Budda haykali qo’yilgan ibodaxonalar ko’p qurildi. VII asrda Xitoy sayyohi Syuan - TSzyan Termizda ko’plab Budda ibodatxonalarini, Budda haykalchalarini ko’rganini yozadi. Samarqandda ham bunday ibodatxonalar ko’p bo’lgan edi.
Ko’hna Termizdan Buddaning va bo’lg’usi Budda - Bo’disatvaning toshdan yasalgan haykalchalari topilgan. Bu haykalchalarning dikqatga sazovor tomoni – yunon-boxtariy san’ati uslubi an’analarini davom ettirganidir.
Buddaviylikni targ’ib qilish, omma orasida yoyishning muhim usullaridan biri sifatida yozma matnlar, rivoyatlar, afsonalar, she’rlar ham yaratildi, sanskrit tilidan qadimgi turkiy tilga asarlar tarjima qilindi. Buddaviylikni targ’ib qilishda bu usul amaliy va tasviriy san’at orqali ifodalangan g’oyalarni to’ldirdi. “Oltin yoruq” dostoni (IX asr) shulardan biridir. Bu asarning asl matni sanskrit tilida bo’lib, milodiy I asrda - Kushonlar imperiyasi davrida yaratilgan. Dostonda ilgari surilgan asosiy g’oya – buddaviylikdagi maxayana mazhabini ilgari surish va yoyish bo’lgan.
Buddaviylikning uchta mazhabi mavjud: xinayana, maxayana, vajryana. Bulardan maxyana mazhabi Janubiy O’zbekistonga Kushon imperiyasi hukmdori Kanishka davrida rasmiy diniy oqim sifatida kirib keldi. Maxyana mazhabining mohiyati shundan iboratki, unda najot topish g’oyasi asosiy o’rin egallaydi, Budda holatiga yetishish imkoniyati jamiki jonzotlarga beriladi. Maxayana mazhabida asosiy o’rinni Bo’disatva timsoli egallaydi. Bo’disatva faqat o’zi najot topib qolmaydi, balki jamiki sansara (“turli holatlar orqali o’tish”) holatlaridan najot topishi kerak bo’ladi.
“Oltin yoruq”dagi ikki afsona – “SHahzoda va Bars” bilan “Ku Tay” haqidagi afsonalarni kuzatar ekanmiz1, odamzodning vujudi, xulqi, kim bo’lishidan qat’iy nazar, ezgulikdan iborat bo’lmog’i, vujud kimgadir yoki nimagadir yaxshilik uchun xizmat qilmog’i lozim degan g’oya bor. Aksincha, odamlarga xizmat qilmaydigan odam tirik jasad, chirik bir narsa bilan barobar. Mag’astvi - Bo’disatva, ayni maxayana mazhabidagi jonzotlarning najot topishi uchun kurashib, o’z tanasini och ona yo’lbarsga qurbon qildi. Aslida maxayana ta’limoti Buddaning najotkorlik aqidasini ifoda etadi. Buddaning asosiy g’oyasi insonlarni va xayvonlarni qutqarishga mo’ljallangan. “Okean suvi bitta ta’mga-sho’r ta’mga ega bo’lganidek, mening ta’limotim ham bir yo’singa - qutqarishga mo’ljallangan, - deydi Budda. Odamzod bajarishi kerak bo’lgan eng muhim vazifa – atrof-muhitni nafs asirligidan, gunoxlardan qutqarishga erishishdir. Qo’rquvning yo’qolishi odamzodni ozod qiladi. U ozod bo’lgandagina o’z ozodligini biladi, qayta tirilishdan qutulganligini tushunadi, muqaddaslikka to’lik erishilgan va burchi bajarilgan bo’ladi, odam bu dunyoga qaytib kelmaydi”. Faqat jasad qaytib kelmaydi, bordi–yu, qaytib keladigan bo’lsa, qullikdan qutula olmaydi. Umuman, buddaviylikning asosiy maqsadi faqat odamzodning ozod bo’lishiga yo’l-yo’rik ko’rsatishdangina iborat bo’lmay, balki butun jonli mavjudotlarni qutqarishga mo’ljallangan. Irodaga ega bo’la olish va irodani birdan-bir maqsadga bo’ysundira olish buddaviylikning idealidir.
Avesto”davri madaniyati. “Avesto“ O’rta Osiyo tarixidagina emas, balki dunyo madaniyati tarixida muhim voqeadir. “Avesto“ to’g’risida so’z ketganda, albatta, Zardusht shaxsi va u yaratgan ta’limot to’g’risida so’z ketadi. Zardushtgacha ham Avesto ta’limoti bor edi. Lekin Zardushtning say’-xarakati bilan “Avesto” qudratli ta’limotga aylanadi.
“Avesto” Zardusht nomi bilan bog’lanar ekan, bu noyob asar bir davrning mahsuli emasligini ham ta’kidlamoq darkor. “Avesto” bir necha asrlar davomida shakllanib, yaxlit asar holiga kelgan. Bu jarayon dunyo madaniyati tarixida sinovlardan o’tgan tajriba bo’lib, “Avesto” ana shu tajribaning ilk mahsullaridan biridir. SHarqda bu jarayonning noyob namunalari kuzatiladi. Qadimgi Xitoydagi falsafiy risolalar, Bibliya ham shakllanganda, ana shu yo’lni - asrlar yo’lini bosib o’tgan. Ayni paytda bu jarayon “Avesto”ning asrlar osha ma’lum va mashhur bo’lganini yana bir bor tasdiklaydi.
“Avesto”ning ma’lum va mashhurligi Beruniyning “O’tmish asrlardan qolgan yodgorliklar“ (XI asr), Tabariyning “Tarixi Tabariy” (X asr) kabi asarlarida ham bayon qilingan. Beruniyning yozishicha, “Avesto”ning qo’lyozmasi o’n ikki ming molning terisiga oltin harflar bilan yozilgan ekan. Iskandar eronga bostirib kelgach, bu asarning eron podsholari xazinasida saqlanayotgan eng nodir nusxalarini olib, tib va astronomiyaga oid qismlarini xattotlarga ko’chirtirib, qolgan qismini katta gulxan yoqib, yondirib yuborgan. Ko’chirtirgan qismlarini yunon tiliga tarjima qildirgan. Sosoniylar sulolasining ilk hukmdori Ardasher Bobak Xirbadan nomli donishmandga “”Avesto”ni qayta tiklash vazifasini topshiradi. Xirbadan bir qancha zardshutiylikka e’tikod qiluvchi ulamolar bilan birga asarni qayta yozib olib, qaytadan tartib beradi. SHopur II davrida Ozarbod Mexrosin “Avesto”ning parokanda qismlarini to’plab, asardagi ko’plab nomlar, atamalarni sharhlab, “Zand Avesto” nomli kitob yaratadi. “Zand Avesto”ni bu ulkan asarning sharhi deb aytish mumkin.
“Avesto”ning eng qadimiy qatlami Gohlarni Zardushtning o’zi yozgan, deb aytiladi. Gohlar (ovrupocha - gatlar) - diniy qasida, munojot demakdir. Asarning eng qadimiy qatlamiga ko’ra shunday xulosa chiqarish mumkinki, zardushtiylik urug’chilik jamiyatida - hukmron tabaqa paydo bo’lgan davrda shakllana boshlagan. Jamiyatning keyingi bosqichlarida yana ham rivoj topdi. Ayniksa, Sosoniylar (mil. III–VI asrlar) sulolasi davrida yangicha ko’rinishda paydo bo’ldi. Lekin qanday bo’lmasin, Zardushtning ta’limoti o’z mohiyatini saqlab, yanada mukammallashdi. YAna shuni ta’kidlash kerakki, “Avesto”ning eng qadimiy qatlami Gohlar va YAshtlar notiklik san’ati bosqichining ilk davrida yuzaga kelgan. Notiklik san’ati, ayniksa, g’oyaviy kurashlar mahsuli sifatida yuqori cho’qqiga ko’tarilganini e’tirof etsak, Zardusht o’z davridagi kohinlar harakatiga va eski kultlarga qarshi chikqani, shu asosda o’z ta’limotini yaratgani yanada oydinlashadi. Zotan, g’oyaviy kurash jamiyatdagi ikki qarama–qarshi kuchlar o’rtasidagi kurashning natijasi sifatida yuzaga chikadi.

Download 39,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish