2-maruza mashg’uloti. Mavzu: Tabiatshunoslik o’qituvchisi ( kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma’naviy-ahloqiy sifatlari, g’oyaviy –siyosiy yetukligi) ga qo’yiladigan umumiy talablar



Download 77,53 Kb.
bet1/3
Sana13.06.2022
Hajmi77,53 Kb.
#664772
  1   2   3
Bog'liq
2-maruza mashg’uloti............


2-maruza mashg’uloti.
Mavzu: Tabiatshunoslik o’qituvchisi ( kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma’naviy-ahloqiy sifatlari, g’oyaviy –siyosiy yetukligi) ga qo’yiladigan umumiy talablar.Tabiatshunoslik fani bo’yicha o’quvchilar bilimlarini nazorat qilish va baholash. 4-sinf “Tabiatshunoslik” darsligi bilan tanishish va tahlil. Oz komplektlangan maktablarda integrasiyalashgan darslar.
Tabiatshunoslik darslariga qo’yiladigan umumiy talablar.
Tabiatshunoslik darslariga qo’yiladigan umumiy talablar quyidagi vazifalardan kelib chiqadi:
-o’quvchilarni tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar to’g’risida, o’z o’lkasining tabiati to’g’risida, vatanimiz tabiatining xilma-xilligi to’g’risida, yerning shakli va relefi to’g’risida, odam organizmi va uning salomatligini muhofaza qilish to’g’risida bilimlar bilan qurollantirish;
- yuqori sinflarda, botanika, zoologiya va odam va uning salomatligi fanlari bo’yicha o’quv materialini o’zlashtirib olishga tayyorlashga yordam beruvchi puxta bilim va ko’nikmalarni shakllantirish;
- o’qitishning tarbiyaviy samaradorligini oshirish;
- rivojlanishning har tomonlama garmonik bo’lishiga erishish;
- tabiatshunoslik xarakteridagi kitob va jurnallardan bilimlar ola bilish uquvlarini hosil qilish;
- tabiatshunoslikni o’rganishga qiziqishni shakllan­tirish;
- mehnatsevarlikni, maktabda va o’quv-tajriba maydonchasida mehnat qilish hoxishini shakllantirish.
Talablarning bu guruhlarini shartli ravishda ta‘lim-tarbiyaviy, didaktik psixologik va gigiyenik talablarga birlashtirish mumkin. Ularning har biri ustida to’xtab o’tamiz.
Tarbiyaviy talablar. Tabiatshunoslik darslari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, o’quvchilarning g’oyaviy-siyosiy, mehnat, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyasi birligini ta‘minlaydi.
Ayniqsa, tabiatshunoslik darslari ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun boy material hisoblanadi. Shuni hisobga olib va ta‘lim hamda tarbiyaning ajralmas birligi tamoyiliga asoslanib, kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida dunyoga moddiy qarashni shakl­lantirish uchun har handay imkoniyatlardan foyda­lanish zarur. Shunga ko’ra o’qituvchi har bir tabi­atshunoslik darsiga tayyorlanishda dasturga va meto­dik qurollarga tayanib, shu darsda o’quvchilarda qaysi asosiy bilimlar, uquv hamda ko’nikmalar shakllantirilishini, qanday tarbiyaviy g’oyalar ular ongiga yetkazilishini, dars ularning idrokiy qiziqishlarini rivojlantirishga qanday yordam ko’rsatishini sinchiklab o’ylab olishi kerak.
Tabiatshunoslik darslarida, shuningdek, yosh avlodga estetik tarbiya berish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Tabiat insonni ruhan boyitadi, uning bilan muloqotda bo’lish kishilarda yuqori ma‘naviy sifatlarning shakllanishiga yordam beradi. Bolalarni tabiat go’zalligini ko’ra olish va qadrlashga o’rgatish zarur. Shunga ko’ra tabiat ob‘ektlarini o’rganishda o’quvchilar e‘tiborini tabiatdagi uyg’unlikka, uning shakllarining nafisligiga, estetik zavq beruvchi go’zallikni ta‘kidlamoq va shu asosda estetik tasavvur va tushunchalar bermoq lozim.

Download 77,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish