2-ma’ruza. Multimediya trafigi va multiservis tarmoqlari


Multiservis tarmoq xizmatlari



Download 1,44 Mb.
bet7/9
Sana20.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#682704
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-ma\'ruza

Multiservis tarmoq xizmatlari
Multiservis tarmoqlarning xizmatlari foydalanuvchilarga belgilangan xizmatlar yordamida taqdim etiladi, ularning klassifikatsiyasi maʼlum klassifikatsion belgilarga bog‘liq xolda bajarilishi mumkin. Xamma xizmatlarni interfaol va taqsimlanganlarga ajratish mumkin, o‘z navbatida ularning xar biri bir nechta xizmatdan iborat bo‘ladi.
Vaqt interfaol xizmatlari, ular quyidagilarni qamraydi:

  • simmetrik va asimmetrik axborot oqimlarni amalda real vaqt masshtabida uzatuvchi axborot xizmatlarini taqdim qiluvchi, dialog xizmatlari; 

  • axborotni oraliq saqlash (elektron, nutq yoki videopochta) yoki qayta ishlash tizimidan foydalanuvchi abonentlar orasida bevosita bo‘lmagan (jamlovchi xizmatlar) aloqa, xabarlarni almashtirish xizmati;

Axborotlarni taqsimlash xizmati (distributiv xizmatlar) foydalanuvchi tomonidan individual boshqarishli, yoki usiz bo‘lishi mumkin. Ular kontentni, xizmatlarga yetishish xuquqiga ega, lekin tarqatilayotgan kontent tarkibini o‘zgartirishga qobiliyatsiz, cheklanmagan sonli abonentlarga taqsimlashni taʼminlaydi.


Multiservis tarmog‘ini tashkil qilish

Multiservis tarmoqlarining arxitekturasi standartlashtirish bo‘yicha halqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan texnik yechimlarga ko‘p hollarda tayanadi. Bugungi kundagi muhim masalalardan biri bo‘lib barcha tarmoq texnologiyalarini keyingi avlod multiservis tarmoqlarining yagona arxitektura konsepsiyasiga sifatli transformatsiyalash strategiyasini ishlab chiqish hisoblanadi.


Anʼanaviy tarmoqlarni transformatsiyalash strategiyasi sohasida eng ko‘rsatkichli tashabbuslar bo‘lib Multiservice Switching Forum (MSF) va International Softswitch Consortium (ISC) tashkilotlarning ishi hisoblanadi. Ikkala tashkilotlar ovoz, maʼlumotlarni uzatish xizmatlarini ko‘rsatish va axborot tuzilmaning multimediasini rivojlantirish masalalarini hal etish uchun kuchni ko‘rsata oladi. Biroq ISC multiservis arxitekturasini va IP-texnologiyalar bazasida ilovalarni rivojlantirish to‘g‘risidagi o‘z qarashlarni asoslagan vaqtda MSF tashkiloti ATM texnologiyasi bazasida taqsimlangan multiservis axborot tuzilmasini rivojlantirish g‘oyasiga qaratdi. Multiservis tarmog‘ining optimal arxitekturasini aniqlash uchun turli axborot tizimlariga xizmat ko‘rsatadigan multiservis tarmoqlariga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni, shuningdek uning ishlashini hisobga olgan holda quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

      • MT turli xil, multimedia trafik (maʼlumotlar, ovoz, video) uzatilishi taʼminlashi kerak;

      • MT multimedia trafikni uzatishda servisning talab etiladigan sifatini taʼminlashi kerak;

      • MT korporativ buyurtmachilar uchun virtual xususiy tarmoqlarni qurish imkoniyatini o‘z ichiga olishi kerak;

      • MT oxirgi foydalanuvchilarning tarmoq resurslaridan yuqori tezlikli foydalana olishni taʼminlashi kerak;

      • MT o‘z komponentlarini takrorlash imkoniyati va ularni operativ almashtirish imkoniyati hisobiga ishonchli ishlashini taʼminlashi kerak.

Multiservis tarmog‘iga quyiladigan bunday yuqori talablar uning ayrim tuzilish prinsiplari va metodlarini yaratishni ko‘zda tutadi. Tarmoqlar tuzilishining umumiy amaliyotinidan kelib chiqib, maʼlumotlar uzatishning har qanday zamonaviy tarmog‘i quyidagi asosiy pog‘onalarga ajratilgan (2-rasm):
Tayanch – obyektlar o‘rtasidagi transport xizmatlarini o‘z ichiga oladigan tarmoqning yuqori unumli yadro. Tayanch daraja paketlarni yuqori tezlikli uzatish maqsadida loyihalashtiriladi. Ushbu darajalarda tayanch darajaning unumdorligini kamaytirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan paketlari (filtratsiya yoki foydalana olish darajasi kabi paketlar) bo‘lgan har qanday manipulyatsiya ko‘zda tutilmaydi;
Oraliq – turli tabiatli axborot, adresatsiyalashning, trafikni boshqarishning, ko‘rsatiladigan xizmatlarning kafolatli sifatini (QoS) taʼminlashning ayrim parametrlari, keng eshittirishli habarlar parametrlari, havfsizlik siyosati va boshqalar integratsiyalanishini belgilaydigan daraja;

2-rasm Multiservis tarmoqning tuzilishi




Foydalanuvchi (foydalana olish) – korporativ foydalanuvchilar ko‘zda tutiladigan oxirgi foydalanuvchilar tomonidan maʼlumotlarni uzatish tarmog‘ida foydalan olishni o‘z ichiga oladigan tizim.
Tarmoqni loyihalashtirish oldida multimedia maʼlumotlarni uzatishning qaytarishga chidamliligiga qo‘yiladigan talablar va sifatini qo‘yadigan ushbu model quyidagi yondashuvni ko‘zda tutadi. Avval tizimning bir bog‘lamasidan boshqasiga axborotni ishonchli yetkazishni, asosiy aloqa kanallari ishlamay qolganda yoki ularning katta yuklanganligida axborotni uzatish yo‘llarini avtomatik tarzda tanlashni, shuningdek maʼlumotlar va ovozni bir vaqtda uzatish uchun servisning kerakli darajasini taʼminlaydigan maʼlumotlar uzatishning tayanch tarmog‘ini loyihalash amalga oshiriladi. l

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish