2-ma’ruza. О‘simliklar kimyoviy tarkibi va oziqlanishi Reja Kimyoviy tarkibi bо‘yicha о‘simliklarni tarqalishi О‘simliklarning organic tarkibi


Oziq elementlarning yutilishiga doir nazariyalar



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana22.04.2022
Hajmi0,79 Mb.
#573705
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4- маъруза матни (4)

Oziq elementlarning yutilishiga doir nazariyalar 
Oziqa elementlarning xujayraga kirib borish yо‘llarini taxminan quyidagicha ifodalash 
mumkin : 
-molekulalarning xujayradagi “erkin bо‘shliq”qa diffuziya asosida sust yutilishi; 
-sitoplazma yuzasi va pektin–sellyuloza membranalarda fizikaviy – kimyoviy adsorbsiyalanish; 
- metabolik yо‘l bilan molekulalarning biriktirilishi asosida yutilish; 
- turli tashuvchilar yordamida yutilish; 
- sitoplazma membranalarining faol xarakati; 
- pinotsitoz, fagotsitoz, sekretsiya va boshqalar. 
Oziqa elementlarini ildiz tomonidan yutilishini izoxlash uchun diffuz-osmotik, lipoid, 
ultrafiltrlanish, adsorbsiyalanish, erkin bо‘shliq, tashuvchi ionlar, ion nasoslari, pinotsitoz, 
elektrokimyoviy kabi nazariya va taxminlar yaratilgan. Ularning birontasi mustaqil ravishda 
oziqlanish jarayonini tо‘la tushuntirib bera olmaydi. 
О‘simliklarning oziqlanishiga oid nazariyalar о‘simliklar fiziologiyasiga oid qо‘llanmalarda 
batafsil yoritilgani bois biz ularga о‘g‘it qо‘llash muammolari asosida yondashamiz. 
Diffuz-osmotik nazariyasi
. Unda о‘simlik xujayrasi osmotik tizim sifatida qaraladi. Oziq 
moddalarning xujayraga kirishida xujayra shirasi va tashqi eritma konsentratsiyalari о‘rtasidagi 
farq muxim о‘rin tutadi. 
Nazariya XIX asr sо‘nggida Pfeffer tomonidan yaratilgan. Uning fikricha, oziqa 
moddalar diffuz ion xarakat natijasida xujayraga kiradi va qо‘shni xujayralarga uzatiladi. Lekin 
mineral tuz ionlari kattaligini 0,4–0,6 mm ga, xujayra devorlari kanallari radiusini 5–20 mm ga 
tengligiga e’tibor bersak va uni ildiz xamda tashqi oziq eritmasi о‘rtasida yagona tusik deb 


xisoblasak, diffuziya natijasida ionlar konsentratsiyasining shunchaki tenglashishi sodir bо‘lar 
edi. Vaxolangki, о‘simlik xujayrasidagi oziq moddalar konsentratsiyasi kо‘p xollarda tuproq 
eritmasi konsentratsiyasidan ancha yuqoridir. Shuningdek, tashqi eritma va ildiz xujayrasidagi 
oziq elementlar miqdorlarining nisbati xam bir-biriga mos kelmaydi. 
Ionlarning tuproq qattiq qismidan tuproq eritmasi tarkibiga о‘tishi jadal jarayon bо‘lib, 
ildiz tomonidan о‘zlashtirilishga nisbatan 250 marta tezroq sodir bо‘ladi. 
Ionlarning asosiy qismi suv yordamida kuchirilishi, diffuziya bu borada qisman 
axamiyatga molikligi tadqiqotlar asosida isbotlangan. Ildiz chegarasida suvning harakati qancha 
jadal bо‘lsa, tuproq eritmasining konsentratsiyasi shuncha yuqori bо‘ladi. Natijada о‘simlikning 
oziq moddalar bilan ta’minlanishi uchun yaxshi sharoit yuzaga keladi. Oziq moddalar eritmadan 
ildiz yuzasiga fizikaviy-kimyoviy adsorbsiyalanish asosida yutiladi. 
Oziq moddalarning ildiz xujayrasiga yutilishda sitoplazma muxim rol о‘ynaydi. Undagi 
oqsilsimon moddalar nordon va asosli guruxlar tutgani bois sitoplazmaning yuza qatlami 
(plazmolema) da musbat va manfiy zaryadlangan maydonchalar xosil bо‘ladi. Musbat 
zaryadlangan maydonchalarning tashqi qatlamida ON
-
manfiy zaryadlangan maydonchasida esa
N
Q
guruxlar jamlanadi va ular keyinchalik oziqa muxitidagi ionlar bilan almashinadi. 
Sitoplazma yuzasida bir paytning о‘zida kationlar (K
Q
, Na
Q
, NH
Q
4, 
Mg
Q2
va b.) va anionlar (RO
4
-
3
, NO
3
-
va b.) adsorbsiyalanishi mumkin. Yutilgan oziq moddalar tonoplastdan utgach, 
о‘simlikning о‘tkazish tizimiga tushadi. 
О‘simlik tanasida kechadigan 
nafas olish, moddalar almashinuvi, fotosintez, 
transpiratsiya
kabi jarayonlar mineral moddalarning yutilishi va siljishini ta’minlaydi. 
Protoplastning faoliyati natijasida mineral va organik birikmalarining kuchsiz konsentrlangan 
suvli eritmasi xujayra shirasi hosil bо‘ladi. Unda zaxira oziqa moddalar va osmotik faol 
birikmalarning tо‘planishi xujayra shirasining muxim fiziologik axamiyatga egaligidan dalolat 
beradi. 
О‘simliklarning ayrim moddalarini kо‘p yoki kam miqdorda о‘zlashtirishi va tо‘planishiga 
ildizning tanlab yutish qobiliyati deyiladi. О‘simliklar suyuq eritmalardan tuzni, konsentrlangan 
eritmalaridan esa suvni kо‘p va tez о‘zlashtiradi. 
Xar bir element xujayrada о‘ziga xos fiziologik biokimyoviy funksiyalarni bajaradi va uning 
о‘rnini boshqa bironta element (kimyoviy xossalari о‘xshash bо‘lsada) bosa olmaydi. 
О‘simliklar turli kation va anionlarni turlicha tezlikda va ma’lum nisbatlarda о‘zlashtiradi. Oziq 
elementlar yutilish jarayonida xujayrani uning organoidlaridan ajratib turuvchi membrana, 
sitoplazma membranasi, sitoplazma massasi va tonoplast kabi tо‘siqlarini yengib о‘tishi kerak. 
Oziq elementlarning о‘simlik ildizi tomonidan о‘zlashtirilishining boshlang‘ich bosqichlari 
yaxshi о‘rganilmagan va xozirgacha ionlar yutilishining yaxlit, universal mexanizmi 
yaratilmagan. 
Xujayraga suv, gazlar va yogda eriydigan moddalar oson sо‘riladi va chiqib ketadi. 
Aminokislotalar, monosaxaridlar, glitserin, yog‘ kislotalar bir muncha qiyin, disaxaridlar va 
kuchli elektrolitlar juda kiyin о‘zlashtiriladi. 



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish