2-ma’ruza. О‘simliklar kimyoviy tarkibi va oziqlanishi Reja Kimyoviy tarkibi bо‘yicha о‘simliklarni tarqalishi О‘simliklarning organic tarkibi


О‘simliklar ildiz tizimining massasi (I) va shimish yuzasi (II) о‘rtasidagi munosabat



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana22.04.2022
Hajmi0,79 Mb.
#573705
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4- маъруза матни (4)

О‘simliklar ildiz tizimining massasi (I) va shimish yuzasi (II) о‘rtasidagi munosabat

Birinchi konus tо‘ntarilgan kо‘rinishda bо‘lib, ildizning shakli va massasini ifodalaydi
ya’ni ildiz massasi tuproqning yuza qatlamlaridan pastki qatlamlarga qarab kamayib boradi. 
Ikkinchi konus tо‘g‘ri xolatda joylashgan bо‘lib, ildizning shimish yuzasini ifodalaydi. 
Ildizning tik va yonlama tarqalishi, massasi va xajmini bilish ekinlarning qator oralariga ishlov 
berish, о‘g‘itlash va sug‘orishni tо‘g‘ri tashkil qilishda muxim amaliy axamiyatga ega. 
О‘simliklarni oziq moddalarini о‘zlashtirish jarayonini tugri tushunish uchun ildizning birlamchi 
tuzilishini kuzdan kechirib chiqish lozim. 
Ildiz odatda ildiz qini bilan ximoyalangan uchidan boshlab о‘sadi. Ildiz qinchasi о‘zidan 
yelimsimon shilimshiq moddalar ajratadi, qaysiki ildizni tuproqning quruq va qattiq zarrachalari 
orasidan о‘tishini osonlashtiradi. Ildiz qinchasiga bevosita yaqin joyda (taxminan 1 mm dan 
keyin) – bо‘linishi zonasi boshlanadi. Bu zona meristema xujayralaridan tuzilgan bо‘lib uzunligi 
1–2 mm ga yetadi. Undan yuqoriroqda chо‘zilish zonasi joylashgan. Bu yerda xujayralar buyiga 
chuziladi va xajman kattalashadi. Chuzilish natijasida xujayralarning uzunligi boshlang‘ich 
uzunlikka nisbatan 10–20 marta oshadi. CHо‘zilish zonasida (uzunligi 3–4 mm) ildizning 
о‘tkazash tizimi shakllana boshlaydi, elakchasimon naychalar va ksilema yuzaga keladi. Ksilema 
orqali suv, yutilgan ionlar va ildizda sintezlangan organik moddalarning bir qismi о‘simlikning 
yer usti qismiga uzatiladi. 
CHо‘zilish zonasining chegarasidan boshlab ildiz tukchalari bilan qoplangan 
xujayralarning 
differensiatsiyalanish zonasi
boshlanadi. Bu yerda ksilema va о‘tkazish tizimi 
tula shakllanadi. Ildizning о‘suvchi qismi uning boshqa qismlaridan farqli ularoq, suv va oziq 
elementlarini oson о‘tkazuvchi kutikulasiz sellyuloza qobig‘i bilan о‘ralgan bо‘ladi. 
Ildiz tukchalari ildizni shimish yuzasini 20-30 va xatto bir necha yuz marta oshiradi. Ildiz 
tukchalarining soni turli ekinlarda turlicha. Masalan makkajо‘xori ildizining 1 mm
2
yuzasida 425 
ta, rus nо‘xatida 230 ta ildiz tukchasi bо‘lishi aniqlangan. 


Ildiz tuzilishi. I-ildiz qini, II-bо‘linish zonasi, 
III-chо‘zilish zonasi, IY-ildiz tukchalari zonasi, Y-ksilema,YI–floema 
Ildiz tukchalari uzunligi 80 – 1500 mkm bо‘lgan о‘simtalardir. Bitta о‘simlikda bir necha 
о‘n mln. dona ildiz tukchalari shakllanadi, natijada ildizning umumiy uzunligi va yuzasi juda 
katta raqamlarni tashkil qiladi. 
Turli о‘simliklarda ildiz va ildiz tukchalarining rivojlanishi 
(Xamdamov N va b.) 
Ekin turi 
Ildizlar 
Ildiz tukchalari 
Tuproqni 
ildiz 
bilan qamralgan 
qismi, % 
Uzun 
ligi, m 
Yuzasi, sm
2
Soni, mln. Uzunligi, m 
Yuzasi, 
sm
2
Suli 
4,5 
216 
6,3 
743,7 
3419 
0,55 
Javdar 
6,4 
503 
12,5 
1549,4 
7677 
0,85 
Soya 
2,9 
406 
6,1 
59,9 
277 
0,91 
Kunga 
boqar 
38,4 
2129 
51,9 
5166,3 
15806 
2,8 
О‘simliklarning ildiz tizimi bir qator funksiyalarni bajarishga moslashgan bо‘lib, suv va 
unda erigan moddalarni yutish, turli-tuman organik birikmalarni sintezlash, о‘zidan xar xil 
moddalarni tuproqqa ajratish, shuningdek, tuproqlarni organik moddalar bilan boyitish shular 
jumlasidandir. 
Ildiz tizimining suvni va unda erigan moddalarni yutishi juda murakkab jarayon. Uni 
qandaydir bitta taxmin yoki nazariya asosida tushuntirib bо‘lmaydi. Darslikning “
Oziq 
elementlarning yutilishiga doir nazariyalar
” nomli bо‘limida bu muammoga atroflicha 
tо‘xtalamiz. 
Yaqin-yaqingacha organik moddalar о‘simliklarning yer ustki qismida sintezlanadi deb 
xisoblanar edi. Xozirgi kunga kelib о‘simliklarning ildiz tizimida tarkibi va sifati jixatidan rang-
barang murakkab organik birikmalar sintezlanishi, ularning bir qismi о‘simliklarning yer ustki 
qismiga uzatilishi, bir qismi esa bevosita ildizning о‘zida sarflanishi isbotlangan. 


Nishonlangan atomlar usulini qо‘llash asosida oshqovoq о‘simligida fotosintez maxsulotining 8-
45% i ildizga uzatilishi va ularning ildizda azot bilan birikishidan aminokislotalar xosil bо‘lishi 
aniqlangan. Oshqovoq ildizida 20 ta, g‘о‘za ildizida esa 17 ta aminokislota sintezlanadi. 
Ildiz tizimi fermentlar, nuklein kislotalar, oshlovchi moddalar, fosfororganik birikmalar, 
porfirinlar kabi murakkab organik moddalar sintezida ishtirok etadi. 
Ayrim о‘simliklarning ildizida о‘ziga xos moddalar sintezlanishi kuzatilgan. Masalan, 
kanakunjutda
retsipin, 
lyupinda 
lyupanin, 
tamakida
 nikotin
sintezlanadi. О‘simliklar tuproqdan 
suv va suvda erigan moddalarni suribgina qolmasdan, unga kо‘p miqdorda turli-tuman 
moddalarni ajratib chiqaradi. 
Respublikamizda olib borilgan tadqiqotlar asosida ildiz tizimi о‘zidan karbonat kislotadan 
tashqari aminli birikmalar, organik kislotalar, qand moddalar, fermentlar, fosfor, oltingugurt
kaliy, kalsiy, magniy kabilarni ajratishi aniqlangan. 
Ildiz ajratmalari tuproqni oziq elementlar bilan boyitish, qiyin eriydigan birikmalarni о‘simliklar 
о‘zlashtiradigan shaklga о‘tkazish jarayonlarida, shuningdek, tuproq mikroorganizmlari xayotida 
muxim axamiyatga ega. 
Oziqlanishga ta’sir etuvchi tashqi omillarning meyordan u yoki bu tomonga sezilarli 
ogishi ildiz ajratmalar miqdorining ortishi va о‘simliklar oziqlanishining yomonlashishiga sabab 
bо‘lishi mumkin. 
О‘simliklarning ildiz tizimi tuproq unumdorligini oshirishda xam muxim о‘rin tutadi. 
Ayniqsa, bu borada dukkakli ekinlarning roli beqiyosdir. Tadqiqotlar asosida uch yillik bedaning 
ildizi 135 kgg‘ga azot tо‘plashi aniqlangan. I.I.Madraimovning ta’kidlashicha, beda о‘simligi 
xayotining birinchi, ikkinchi va uchinchi yillarida mos ravishda 65,2; 86,4 va 102,2 sg‘ga ildiz 
va angiz qoldiqlarini qoldiradi, qaysiki tuproqni organik moddalar bilan boyitadi va 
unumdorligini oshiradi. 
Lipoiz nazariyasi
. 1897 yilda Overgon taklif qilgan ushbu nazariyada protoplazma 
membranasidagi lipoid komponentlar xujayraga kiradigan moddalarni eritadi va tezkor kimyoviy 
reaksiyalarni amalga oshishiga yordam beradi deb qaraladi. Nazariyada ilgari surilgan о‘simlik 
ildizi suv va oziqa moddalarni aloxida-aloxida yutadi degan fikr uni diffuz-osmatik nazariyadan 
ustunligini kо‘rsatadi. 
Ultrafiltrlanish nazariyasi.
Bu nazariyada о‘simlik ildizining shimish apparati nafis elak 
sifatida qaraladi. Tashqi eritmadagi moddalarning yutilishi tezligi bevosita teshikchalarning 
diametri va yutiladigan moddalarning kattaligi bilan bog‘liq. Agar teshikchalar diametri katta, 
molekulalar kichik bulsa, yutilishi jadal ketadi. Lekin ildiz tomonidan yutiladigan ayrim yirik 
diametrli organik moddalar molekulalarini ayni nazariya asosida tushuntirib bо‘lmaydi. Nazariya 
Ruland tomonidan asoslangan. 
Adsorbsiyalanish nazariyasi.
1928-1935 yillarda Traube moddalarning ildizga yutilishi ildiz yuza 
qatlamining kolloid xolati bilan bog‘liqligini va almashinish tabiatiga ega reaksiyalar oniy 
tezlikda sodir bо‘lishini aniqladi. 


Ildiz–tuproq eritmasi tizimida kechadigan adsorbsiyalanish jarayonlari 1935 yilda 
D.A.Sabinin va I.I.Kolosovlar tomonidan о‘rganilgan va xujayra protoplazmasining chegaraviy 
qatlamidagi moddalarda amfoterlik xususiyati mavjudligi aniqlangan. 
Masalan, oqsildagi ayni xususiyat aminikislotalarda asos va nordon guruxlar mavjudligi bois 
yuzaga keladi. Ildiz tolalari yuzasida manfiy va musbat zaryadlangan maydonchalar mavjudligi 
bir paytning о‘zida kation va anionlarning yutilishiga imkon beradi. 
Tashqi muxitdan moddalar yutilishining mazkur mexanizmi faqat oksilning amfoterlik xususiyati 
bilan bog‘liq bо‘lmasdan, nafas olish jarayonida organik moddalarning, ayniqsa uglevodlarning 
quyidagi reaksiya asosida oksidlanishi bilan bog‘liqdir: 
S
6
N
12
O
6

6 O
2

6 SO
2
Q 6 NON Q 674 kkal 1 mol 
Tuproqqa о‘g‘it sifatida kiritilgan tuzlar anion va kationlarga dissotsialanadi va о‘z 
navbatida о‘simliklarning nafas olishi jarayonida xosil bо‘ladigan N va NSO
3
ga almashinadi va 
ildizga adsorbsiyalanish nazariyasi asosida yutiladi. 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish