2-mavzu: Areal haqida tushuncha Reja: Areal haqida tushuncha



Download 47 Kb.
Sana04.06.2022
Hajmi47 Kb.
#636966
Bog'liq
2-MAVZU


2-MAVZU: Areal haqida tushuncha


Reja:


1. Areal haqida tushuncha.
2.Tur, turkum oila va boshqa taksonomik birliklarning areallari
3. Uzluksiz va uzilgan (bo’lingan) areallarni o’rganish
Tayanch so’z va iboralar: O’simliklar geografiyasi fanida areal tushunchasi. O’simliklarning yer yuzida taqsimlanishi


Areal- Areal muayyan tur uchraydigan quruqlikning yoki suv havzasining qismidir. Maqsadga ko'ra tur, turkum, oila va boshqa sistematik birliklardagi o’simliklarning areallarini o'rganish mumkin. Har qanday botanika-geografik ilmiy tadqiqotning asosida o'rganiladigan turlarning areallarini aniqlash, ularning kelib chiqishi, faoliyati va rivojlanishini areal ichida o'rganilayotgan turning tarqalishi qonuniyatlarini o'rganish yotadi. Arealni o'rganish qulay bo' lishi uchun geografik xaritada ifodalaniladi. Xaritada o'rganilayotgan turning uchragan maydoni belgilanib chiqiladi. Ayniqsa, eng chekka joylariga e’tibor berilib, keyinchalik ular yaxlit chiziqlar bilan birlashtiriladi. Shunday qilib, ma’lum turning tarqalish maydoni, ya’ni areali aks ettiriladi. Har bir o simlik turi ma’lum xududda kelib chiqqan bo lib, uni kelib chiqish markazi deb ataladi. Ana shu markazdan u boshqa joylarga tarqaladi. Ayrim turlarning areallarini o'lchami bir xil emas, aksincha ular har xil o'lchamlarda bo'Iadi. Kosmopolit o'simliklaming areallari Yer yuzasining barcha qismlarini egallaydi. Kosmopolit turlar ko'pincha suvda yashovchi turlar (qamish, rdest, bulduruq o't) hisoblanib, buning sababi suv muhitining o'ziga xosligi bilan tushuntirilishi mumkin. Shuningdek, begona o'tlar (zubturum, oq sho'ra, qoqi o't, yulduz o't) insonning xo'jalik faoliyati natijasida keng tarqalgan. Aksincha ba’zi bir turlar quruqlikdaning ayrim qismlarida uchratilib boshqa joylarda takror uchramaydi. Ularni endem turlar deyiladi. Bularga misol qilib Piskom piyozi, Omonqoton lolasi, Chimyon shashiri va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Areal odatda ikki turga ajratiladi: uzluksiz va uzilgan areallar. Uzluksiz areal ma’lum bir yaxlit hududni egallagan bo'lib, uzilgan areal esa urug' yoki sporalari bilan almashinish imkoniyatiga ega bo'Imagan bir-biridan ajralgan, ya’ni bir necha hududda tarqalgan tur arealidir. Masalan, Sharq chinori Xisor tizmasida Sangardak, To'polon, Qashqadaryo, Obizarang daryolarining havzalarida tarqalish bilan birga 0'rtaer dengizida - Bolqon yarim orolidan Ximolaygacha tarqalgan. Sharq chinori areali uzilgan areal deb qaraladi. Qayindoshlar oilasining vakillari butun Evropa va Shimoliy Amerikada uchraydi. Ushbu misolda biz uzluksiz arealni ko'ramiz. Uzilgan areallar odatda mahalliy individlarning qirilishi natijasida yaxlit areallami o'zgarishidan kelib chiqadi. Shuningdek, uzilgan areallarni kelib chiqishida tarixiy omil ham muhim ro’l o'ynaydi. Areal chegarasida individlar bir tekis tarqalmaydi. Ular ba’zi joylarda to'da-to'da bo’lib uchrasa, ikkinchi bir joyda siyrak va uchinchi joyda mutlaqo uchramasligi mumkin. Ushbu areal ichida individlaming tarqalishi turning topografiyasi deb yuritiladi. 0'rganilayotgan tur egallagan qulay yashash joylari arealning maydonchalari deyiladi. Arealning har xil maydonchalari ba’zan muayyan turning tur shakllari, ekotiplari, xemorasalar va hokazolarga ajratiladi. Areallarni o'rganish o’simliklarni yer sharida geografik tarqalishni bilib olishga yordam beradi. Ba’zi oilalar faqat tropiklarda, ikkinchi bir oilalar esa tropikdan tashqarida, ba’zilari esa faqat Amerika yoki Avstraliyada uchraydi.
Uzluksiz arealli o’simlik yer sharining biror hududida ma'lum hajmdagi maydonni egallagan. Bu O’simliklarning areali tashqi ta'sirlar natijasida ajralib qolmagan.
Uzilgan (bo’lingan) areallarni o’rganish. Uzilgan areallar biron-bir sababga yoki tashqi muhitning noqulay iqlim sharoiti natijasida bir-biridan ma'lum masofalarga ajralib qolgan o’simlik areallaridir.
Savollar:
1. Geobotanika fani nimani o‘rganadi?
2. Fitotsenoz deganda nimani tushunasiz?
3. Agrofitotsenoz degandachi?
4. Dominant tur deganda nimani tushunasiz?
5. Yarus (qavatlilik) degandachi?
6. Geobotanikada qanday taksonomik birliklar qo‘llaniladi?
Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish