2-Mavzu bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari. 1-topshiriq. «Davlat ta’lim stsndarti»



Download 483,26 Kb.
bet1/21
Sana01.01.2022
Hajmi483,26 Kb.
#299834
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
2 mavzu Topshiriq


2-Mavzu bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari.

1-topshiriq. «Davlat ta’lim stsndarti» qachon qabul qilingan?

16.08.1999da

2-topshiriq. Umumta’lim fanlari bo’yicha umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartining mazmuni nimalardan iborat



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMINING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

 LexUZ sharhi

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2020-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotadi.

Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 13-maydagi 204-son qarori bajarilishini ta’minlash, mazmunan yangi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini zamon talablari asosidagi davlat ta’lim standartlariga muvofiq tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan ishlab chiqilgan hamda 1998/1999 va 1999/2000 o‘quv yillarida tajriba-sinovdan o‘tkazilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standarti 1-ilovaga muvofiq;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari davlat ta’lim standarti 2-ilovaga muvofiq;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi diplomlarning davlat namunalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiya hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

1998/1999 va 1999/2000 o‘quv yillarida ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o‘tgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining o‘quv dasturlari va rejalarini belgilangan tartibda tasdiqlasin;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, o‘quv rejalari va dasturlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda ta’lim muassasalariga yetkazsin;

yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga asosan darsliklar va o‘quv adabiyotlarini yaratsin, ular o‘z vaqtida nashr etilishini, barcha ta’lim muassasalariga yetkazilishini va o‘quv jarayoniga joriy etilishini ta’minlasin;

2000/2001 o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlar yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlasin.

3.O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari, ular asosida yaratilgan darsliklar va o‘quv adabiyoti o‘z vaqtida chop etilishi hamda joylarga yetkazib berilishini ta’minlasinlar.

4. O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi buyurtmasiga muvofiq zarur miqdordagi diplom blanklarini chop etsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi taqdim etgan smeta asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga beriladigan diplom blanklarini chop etish uchun sarflanadigan mablag‘larni belgilangan tartibda ajratsin.

6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar, konsernlar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ijtimoiy hamkorlari to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Moliya vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda uch oy muddatda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining kasb faoliyati sohalarini va ularga haq to‘lash razryadlarini tasdiqlasin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.


Download 483,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish