2-Mavzu: Integrallashgan dasturiy vositalar, foydalanuvchining amaliy dasturiy ta'minoti Reja



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana30.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#191533
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-Mavzu Integrallashgan dasturiy vositalar, foydalanuvchining a



2-Mavzu: Integrallashgan dasturiy vositalar, foydalanuvchining amaliy 

dasturiy ta'minoti 

Reja: 

1.  Integrallashgan dasturiy vositalar. 

2.  Foydalanuvchining amaliy dasturiy ta'minoti 

 

Tayanch tushunchalar: dasturiy vosita, integratsiya, integrallashgan dasturiy 

vosita,  ta’minot,  sistemali  dasturiy  ta’minot,  amaliy  dastur,  uskunaviy  dasturiy 

ta’minot, pedagogik dasturiy vositalar. 

 

1. Integrallashgan dasturiy vositalar.  

Ushbu turdagi dasturiyvositalar orasida eng keng tarqalganlari ofis dasturlar 

paketi,  xususan    Microsoft  Office  (ishlab  chiqaruvchi  Microsoft)dan  iborat.  U 

ofisni ishlashida o‘chrashi mumkin bo‘lgan turli-tuman axborotlarni qayta ishlash 

uchun  yagona  muhit  tashkil  qiluvchi  bir  necha  ilovalarni  o‘ziga  oladi.    Uning 

tarkibiga quyidagilar kiradi: 

1. Microsoft Word matnli protsessor; 

2. Microsoft Excel elektron jadvallar; 

3. Microsoft powerpoint taqdimotlarni tayyorlash va namoyish etish paketi;  

4. Microsoft Outlook ishni tashkilotchisi va rejalashtiruvchisi; 

5. (SUBD) Microsoft Access ma’lumotlar bazalarni boshqarish sistemasi; 

va boshqalar. 

Yuqorida  sanalgan  ilovalar  integrallashgan.  Bu  Microsoft  Office  tarkibiga 

kiruvchi barcha dasturlar ma’lumotlarni qulay almashinish imkoniyatlari borligini 

anglatadi.   

Masalan,  agar  qandaydir  davr  natijalariga  ko‘ra  ilyustratsiyaga  ega  bo‘lgan  

moliyaviy hisobot tayyorlash zarur bo‘lsa, u holda ma’lumotlarni  Microsoft Excel 

da qayta ishlash uchun Microsoft Access dan import qilish, ular asosida grafik va 

diagrammalar yasash va keyin ularni Microsoft Word da yaratilgan hujjat matniga 

joylashtirish  mumkin.  Diagrammani      siljitish  Microsoft  Windows  almashirish 

buferiga  nushalash  va  ilovaning  asosiy  menyusi  orqali,  uskunalar  paneli  orqali, 

issiq  tugmalar  orqali  yoki  sichqonchani  o‘ng  tugmasiga  bosilganda  paydo 

bo‘ladigan  kontekstli  menyu  orqali  amalga  oshirilishi  mumkin.  Va  nihoyat,  har 

qanday boshqa ob’ekt kabi, soddagina bir ilovada sichqoncha yordamida “ushlab” 

va  boshqa  mos  keladigan  joyga  ("Drag  and  Drop"  tartib)  “o‘tkazib”    hujjat  bilan 

“bog‘lash”  mumkin.  Microsoft  Office  ilovalari  ixtiyoriy  ilovalar  orasida  har 

qanday ma’lumotlar bilan almashinish imkoniyatini beradi.   

Alohida 


ob’ektlarni  bir  ilovadan  boshqasiga  o‘tkazishda  oddiy 

nushalash/qo‘yish  amallaridan  tashqari  asl  ob’ektni  va  uning  nushasini  bog‘lash 




mexanizmini  foydalanish  mumkin.  Bu  holda  Excel  jadvalida  dastlabki 

ma’lumotlarni  o‘zgartirishda, ular asosida yasalgan diagramma o‘zgaradi, u bilan 

esa,  Microsoft Word hujjatdagi diagrammaning nushasi ham o‘zgaradi. Masalan, 

ma’lumotlarni  Access  berilganlar  bazasidan  olinishi  mumkin.  Ular  avtomatik 

yangilanadi  va  bunday  hujjat  bilan  tanishmoqchi  bo‘lgan  ixtiyoriy  xohlovchilar 

eng oxirgi raqamlarni ko‘radilar.   

Microsoft  Office  oilasi  barcha  ilovalarga  umumiy  bo‘lgan  uskunalar 

to‘plamiga  egadir.  Ular  to‘g‘ri  yozuvni  grammatikasini  tekshirish,  rasm  solish 

uchun 

vosita

rangli 


sarlavhalarni 

yaratish 

uchun 

uskuna

tashkiliy 

diagrammalarning muharriri, matematik formulalarni  muharrirlash uchun uskuna

fototasvirlar  muharriri,  rasmlar  kutubxonasi  va  sh.k.larni  o‘zi  ichiga  oladi. 

Bularga, shuningdek uskunalar paneli, hatto Microsoft Office ixtiyoriy ilovasining 

standart elementlari bo‘lgan  menyular ham kiradi. 

Microsoft  Officening  97  versiyasidan  boshlab,  unga    Microsoft  Outlook  

ilova  kirgan.  Bu  ilova  shaxsiy  faoliyatni  tashkil  etish  va  rejalashtirish  uchun 

uskunadan iborat.  Microsoft  Outlook  elektron  pochta,  kontaktlar  bo‘yicha  bazani, 

kalendar  va  boshqalarni  o‘ziga  oladi.  Lekin,  eng  asosisiysi  –  ular  bilan  ishlashni 

tashkil  etuvchisi  sifatida  chiqib,  barcha  ilovalarni  bog‘laydi.  Microsoft  Outlook 

yordamida,  uning  tavsifiga  uzatib  boruvchi  hujjat  qo‘shib,  uchrashuvni  belgilash 

mumkin.  Bu,  muhokama  qilinishi  rejalashtiriladigan  Microsoft  Word  formatdagi 

savollar  ro‘yxati  yoki  Microsoft  Excel  formatdagi  natijalar  haqidagi  hisobot 

bo‘lishi  mumkin.  Tuzilgan  hujjatni  elektron  pochta  bo‘yicha  yoki  faks-ma’lumot 

ko‘rinishida jo‘natish mumkin.   

Microsoft  Office,  Windows  95  versiyasidan  boshlab,  operatsion  sistema 

bilan  integrallashgan  va  uning  barcha  imkoniyatlarini  foydalaniladilar.  Tarmoqli 

operatsion  sistmalarda  ishlab,    Microsoft  Office  ilovalari  bir  necha 

foydalanuvchilar  birgalikda  umumiy  hujjat  ustida  guruhiy  ishlashini  qo‘llab-

quvvatlaydilar. 

Materillarni 

foydalanish 

imkoniyatlari  nafaqat  ishchi  stantsiyaning 

lokal  disklarida,  balki  qo‘shni  kompyuter 

yoki tarmoq serverida ham mavjud.   

Microsoft  Excel  elektron  jadval  yoki 

Microsoft  Access  ma’lumotlar  bazasidan  bir 

vaqtni  o‘zida  bir  necha  kishi  foydalanishi 

mumkin. Microsoft Word bir vaqtni o‘zida turli qismlaridan foydalanishi mumkin 

bo‘lgan 

hujjat 


yaratish 

imkoniyatini 

beradi. 

Microsoft 

PowerPoint 

videoanjumanlar  o‘tkazish  imkoniyatini  beradi.  Bunda  taqdimot  bir  vaqtni  o‘zida 

barcha anjuman ishtirokchilarning ekranlarida namoyish qilinadi.   



Bundan  tashqari,  Microsoft  Officening  barcha  ilovalari    elektron  pochta 

bilan  ishlashni  qo‘llab-quvvatlaydi.  Bir  necha  foydalanuvchi  korrektura  qilishi 

talab  etiladigan  hujjat  ustida  ishlash  mobaynida      hujjatni  ularga  birin-ketin 

jo‘natishi  mumkin.  Ishtirokchilardan  biri  tuzatishlarini  qilib  bo‘lgan  zahotiyoq, 

hujjat  keyingi  kishiga  jo‘natiladi.  Hujjat  barcha  ko‘rsatilgan  ishtirokchilarni 

aylanib  o‘tgandan  so‘ng,  dastlab  jo‘natgan  foydalanuvchiga  qaytib  keladi.  Bunda 

barcha  belgi  va  o‘zgartirishlar  hamkorlikda  ishlagan  har  bir  ishtirokchi  uchun 

alohida  ranglar  bilan  akslanadi.  O‘zgartirishlarni  ko‘rib  chiqish  va  ularning  qaysi 

birlarini qabul qilish, qaysilarini bekor qilishni hal etish mumkin. 

Hujjatlarni  tayyorlashda  ko‘pincha,  yoki  ma’lumotlar  bazasi  faylida,  yoki 

ma’lumotlar bazasi serverida(bu, masalan  Microsoft SQL Server bo‘lishi mumkin) 

axborot  zarurati  paydo  bo‘ladi.  Odatda  bunday  hollarda  ODBC



1)

  mexanizmini 

qo‘llab-quvvatlovchi  maxsus  ilova-mijozlar  foydalaniladi.  U  ixtiyoriy  ilova  – 

mijozdan uning qo‘llab-quvvatlaydigan ixtiyoriy ilova –mijozi orqali ma’lumotlar 

olish  imkoniyatini  ta’minlaydi.  ODBC  mexanizmi  oilalarga  kiruvchi  barcha 

ilovalarga  kirishi  mumkin  bo‘lgan  Microsoft  Office  standart  elementlarning 

biridan iborat.    

Microsoft  Office  ilovalari    funktsiyalarni  keng  to‘plamiga  ega  bo‘lib,  ular 

foydalanuvchilarning 

turli 


toifalariga 

mo‘ljallangan.    Lekin,  u  turli 

foydalanuvchilar  talab  qiladigan  absolyut  maxsus  funktsiyalarning  barchasini 

qamrab olishi mumkin emas. Microsoft Office da  Microsoft Visual Basic univesal 

dasturlash  tili  o‘rnatilgan.  Uni  foydalanib,  malakali  foydalanuvchi  aniq  tashkilot 

yoki bo‘limlar talabiga javob beradigan  shaxsiy ilovasini yaratishi mumkin. Visual 

Basic  tilida  bir  hil  dastur  Microsoft  Officening  ixtiyoriy  ilovasidagi  ob’ekt  va 

hujjatlarni foydalanishi mumkin.   




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish