2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari


jadval Ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning asosiy tarmoqlar bo‘yicha tarkibi (%)7



Download 182,52 Kb.
bet6/18
Sana01.03.2022
Hajmi182,52 Kb.
#476827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari

jadval

Ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning asosiy tarmoqlar bo‘yicha tarkibi (%)7

Ko‘rsatkichlar

2008

2009

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

Sanoat

22,3

23,3

23,9

24

24

24,1

24,0

24,3

25,7

Qishloq xo‘jaligi

19,4

18,2

17,5

17,5

17,5

17,4

17,4

16,7

17,6

Qurilish

5,6

5,8

6,5

6,1

5,9

6,4

6,7

7,3

7,2

Xizmatlar sohasi

42,8

43,1

42,9

43,8

44,4

43,9

43,5

42,9

49,5

Sof soliqlar

9,9

9,6

9,2

8,6

8,2

8,2

8,6

8,8

8,7

Respublika yalpi ichki mahsulotining ishlab chiqarish tarkibi bo‘yicha sanoat mahsulotining nisbatan tezroq o‘sishi natijada uning yal- pi ichki mahsulotdagi ulushi 2008-yildagi 22,3 foiz o‘miga 2016-yil- da 25,7 foizni tashkil etdi. Shu davr ichida qishloq xo‘jaligi mah- sulotlari salmog‘ining 19,4 foizdan 17,6 foizga qadar pasayishi esa mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibining takomillashib, unda sanoat, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarining ulushi yildan-yilga oshib borayotganligini anglatadi. Ayni paytda yalpi ichki mahsulot tarkibidagi sof soliqlar hissasining 9,9 foizdan 8,7 foizga qadar qisqar- ganligi mamlakatimizdagi soliq yukining tobora pasayib borayotgan- ligini ko‘rsatadi.


Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda har yili bir qancha yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari ishga tushi- rilib, YalM hajmini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, 2015-yilda “Xorazm viloyatida «Jeneral motors - O‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyatida umumiy qiymati qariyb 6 million dollarlik loyiha asosi- da «Shevrolet Labo» kichik yuk mashinasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda yiliga fermyerlarimiz va xususiy tadbirkorlarimiz uchun juda zarur bo‘lgan 5 mingta ana shunday mashina ishlab chiqa- riladi. Shuni ta'kidlash joizki, ushbu model yangi «Xorazm avto» zavodida tayyorlanay otgan «Damas» va «Orlando» avtomobillaridan keyingi uchinchi turdagi avtomobil bo‘ldi.
Namangan viloyatining Pop tumanida 130 kilovatt quvvatga ega bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Hozircha bu loyi- ha sinovdan o‘tkazilmoqda. 2020-yilga borib mamlakatimizda har biri 100 megavatt quvvatga ega yana uchta quyosh elektr stansiyasini foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda”.
2016-yilda AO “GM Uzbekistan” korxonasida yengil avtomobil- ning “T-250” modelini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Jizzax sement zavodining ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirildi. Tallimarjon is- siqlik energiyasi ishlab chiqarish stansiyasida 900 MVt boTgan ikkita gaz-par qurilmasi ishga tushirildi. Angren TESda 150MVt quvatga ega boTgan ko‘mir bilan ishlaydigan energoblok ishga tushurildi.
Farg‘ona vodiysini mamlakatning boshqa hududlari bilan ishonch- li transport aloqasini bogTovchi, Qamchiq dovonidan 19,2 kilometr uzunlikdagi yer osti yoTi orqali o‘tuvchi yangi Angren-Pop elektr- lashtirilgan temir yo‘1 liniyasini qurildi. Mazkur temir yoTining foy- dalanishga topshirilishi bilan mamlakatimizni barcha hududlarini qam- rab oluvchi yagona toTiq temir yo‘1 tizimi yaratildi.
Toshkent-Buxoro va Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanadigan «Afrosiyob» yoTovchi elektr poezdlari qatnovi yoTga qo‘yildi. 291,5 km uzunlikdagi Samarkand-Buxoro temiryo‘1 qismini elektrlashtirish loyihasi yakunlandi. Havo kemalari parki 2 ta zamonaviy «Boeing 787-800 Dreamliner» samolyotlari bi- lan toTdirildi.3
YalM hajmini va uning o‘sib borishini ifodalashda uni to‘g‘ri hiso- blash muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillikdan oldingi davrda sobiq SSSRda va uning tarkibida boTgan hozirgi MDH davlatlarida mam- lakat bo‘yicha ishlab chiqarishda vujudga keltirilgan mahsulotlar yig‘indisi yalpi ijtimoiy mahsulot deb atalgan. Yalpi ijtimoiy mah- sulot ko‘rsatkichida yil mobaynida Yaratilgan moddiy ne'matlar yigTndisi hisobga olingan, unda xizmat ko‘rsatish sohalarida vu- judga keltirilgan ma'naviy ne’matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan. Lekin bir ishlab chiqarish tarmog‘idan chiqqan hozirgi vaqtda oraliq iste’moli deb atalmish xomashyo, materiallar, yonilg‘i va energiyalaming qiymati boshqa tarmoqlarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun'iy ravishda oshirib ko‘rsatilgan, iste'molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo‘lgan.
Yaratilgan mahsulot hajmi va tarkibini hisoblash va tahlil qilish- da ikki tomonlama naflilik (natural) va qiymat jihatidan yondashish maqsadga muvofiqdir.

Download 182,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish