2.3-rasm. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati
Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o‘rganish uning mazmunini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi va turli xil chalkashliklar, munozarali tortishuvlarga chek qo‘yadi. Jumladan, shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etay- ot-gan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko‘paymagan holda, qan- cha qiymatga ega bo‘lsa shuncha qiymat aniq mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o‘tkaziladi. Lekin ishlab chiqarishning oxirida qiymat ortiqcha bo‘lib chiqadi. Bu ishchi kuchi tomonidan Yaratilgan yangi qiymat evaziga sodir bo‘ladi.
Ishlab chiqarish vositalari naflilikni yaratishda to‘liq qatnashadi, qiymatning tashkil topishida esa qisman, ya’ni uning eskirgan qismi qatnashadi. Bu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar (masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishti- rishda tuproq unumdorligi, quyosh va shamol energiyasi) qiymatga ega emas, shuning uchun ular tovaming nafliligini hosil qilishda omil sifatida qatnashsada, lekin qiymatning tashkil topishida, uning ko‘payishida qatnashmaydi (2.4-rasm).
2.4-rasm. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatiningyaratilishida
ishlab chiqarish omillarining roli
Demak, ishlab chiqarilgan tovarlaming nafliligini yaratishda har uchala omil: tabiat, kapital, ishchi kuchi qatnashadi, qiymatning tash- kil topishida esa mehnat to‘liq, kapital esa qisman qatnashadi.
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning nati- jalarining ham ikki tomoni borligini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari
Ishlab chiqarish jarayonida turli omillaming bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishi va birikishi asosan turli xildagi korxonalarda amalga oshiriladi. Bunday korxonalar sonining o‘sishi va yiriklashuvi ayni paytda iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar turlari va hajmining o‘sishidan darak beradi. Jumladan, chuqur tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko‘zda tu- tilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me’yoriy-huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini ta'minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida tovar va xizmatlar hajmini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgan.
Yuzaki qaraganda, har bir korxonadagi (davlat, xususiy, qo‘shma korxona, fermer xo‘jaligi) individual ishlab chiqarish bir-biridan mustaqil, ajralgan holda amalga oshadiganga o‘xshab ko‘rinadi. Ammo xilma-xil tovarlar va resurslaming uzluksiz oqimida indivi- dual ishlab chiqarilgan tovarlar va mablag‘laming harakatlari bir-biri bilan qo‘shilib, o‘ralib-chatishib ketadi. Chunki alohida olingan indi- vidual ishlab chiqaruvchilaming faoliyati va ayrim mablag‘lar, mah- sulotlaming harakati o‘zaro bog‘langandir. Shu sababli, individual mehnatlar va tovarlar harakatining qo‘shilib ketishi, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, jami Yaratilgan tovar va xizmatlar-ning haraka- tini bildiradi. Demak, ijtimoiy ishlab chiqarish o‘zaro bogiangan va aloqada boigan barcha individual ishlab chiqarishlarning yigindisidir. Har bir individual ishlab chiqarish, uning sarmoyasi va resurslari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas bir boiagidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |