2-mavzu. Kompyuterning qurilmalari interfeysi


Nafas olish a'zolarining tuzilishi



Download 489,3 Kb.
bet2/2
Sana29.09.2021
Hajmi489,3 Kb.
#189173
1   2
Bog'liq
3-Mavzu taqdimoti

Nafas olish a'zolarining tuzilishi.
Nafas olish a'zolariga: burun bo'shlig'i, hiqildoq, kekirdak (traxeya), bronxlar, o'pkalar va plevra pardalari kiradi (1-rasm). Burun bo'shlig'i. Burun bo'shlig'i yuqori, pastki va ikkita yon devordan tashkil topgan. Burun bo'shlig'i o'rtasidan ikkiga bo'lingan. Uning ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan. Bu pardada juda ko'p mayda bezchalar bo'lib, ulardan shilimshiq suyuqlik ajraladi. Shilliq parda mayda qon tomirlari va nerv tolalariga boy.

Nafas a'zolarining tuzilisbi. 1- burun bo'shlig'i; 2- halqum; 3- hiqildoq; 4- kekirdak (traxeya); 5 bronxlar; 6- bronxiolalar (mayda bronxlar); 7- alveola pufakchalari; 8- alveola bo'shlig'i; 9- alveolalar atrolini o'rab turgan mayda kapillyar qon tomirlar; 10- plevra pardasi; 11- diafragma.

Burun bo'shlig'ining oldingi qismida mayda tukchalar bo'ladi. Ular nafas olinadigan havo tarkibidagi chang zarrachalarini tutib qolib, organizmni himoya qilish vazifasini bajaradi. Nafas olganda tashqi muhitdan kirgan havo burun bo'shlig'i orqali o'tganda iliydi, namlanadi va chang zarrachalaridan tozalanadi. Shundan keyin bu havo halqum orqali hiqildoqqa o'tadi. Hiqildoq. Hiqildoq IV-VI bo'yin umurtqalari ro'parasida joylashgan. U old tomondan til osti suyagi muskullari va teri, yon tomondan qon tomirlari va nerv tolalari hamda qalqonsimon bez bilan chegaralangan. Hiqildoq havo o'tkazuvchi nafas yo'li vazifasini bajarishdan tashqari, u tovush hosil qiladigan ovoz apparati hamdir. Uning ichki qavati tuldi shilimshiq pardadan iborat, devori esa tog'ay va muskullardan tashkil topgan. Ichki qavatining o'rtasida tovush boylamlari va muskullari joylashgan bo'lib, ularning harakati, qisqarishi va bo'shashishi natijasida ovoz teshiklari ochilishi yoki yopilishi orqali tovush hosil bo'ladi. Hiqildoq uzuksimon, qalqonsimon, hiqildoq usti kabi uchta yirik tog'aydan va uch juft mayda tog'aydan tashkil topgan. Hiqildoqda uch guruh muskullar bo'lib, ularning bir guruhi tovush teshigini kengaytiradi, ikkinchi guruhi toraytiradi, uchinchi gu¬ruhi tovush boylamlarini taranglashtiradi. Hiqildoqdan havo uning pastki qismiga tutashgan nafas yo'liga, ya'ni kekirdakka o'tadi. Kekirdak (traxeya) va bronxlar. Kekirdak hiqildoqning pastki qismidan, ya'ni VI-VII bo'yin umurtqalari ro'parasidan boshlanib, V ko'krak umurtqasi ro'parasigacha davom etadi va shu joyda o'ng va chap bronxlarga bo'linadi. Uning uzunligi odamning bo'yiga qarab, 9-13 srn gacha yetadi.


  • Ovoz apparati.

Yuqorida aytilganidek, asosiy ovoz apparati hiqildoqda joylashgan. Hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlari, muskullari bilan birga, ovoz hosil bo'lishida til, lablar, og'iz bo'shlig'i, burun 94 bo'shlig'i va uning yuz, peshona suyaklari orasida joylashgan qo'shimcha kovaklari, halqum, kekirdak, bronxlar va o'pkalar ham ishtirok etadi. Odam gapirmay turganda hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlarining teshigi ochiq holda bo'ladi (u uchburchak shaklda). Pichirlab so'zlaganda ham ovoz teshigi ochilgan holda bo'ladi. So'zlashganda, kuylaganda ovoz teshigi yopiladi va o'pkadan nafas bilan chiqariladigan havo katta kuch bilan ovoz boylamlariga ta'sir qilib, ulaming tebranishi natijasida ovoz hosil bo'ladi. Ovoz boy¬lamlari o'pkadan chiqariladigan havo ta'sirida bir sekundda 80 martadan 10 ming martagacha tebranishi mumkin. Tebranish qancha ko'p bo'lsa, ovoz shuncha kuchli bo'ladi (2-rasm). Ovozning o'tkirligi ovoz boylamlarining kalta yoki uzun bo'lishiga bog'liq. Ayollarda ulaming uzunligi o'rtacha 18-20, erkak¬larda 20-22 millimetr. Shuning uchun ayollaming ovozi o'tkir bo'ladi. Bundan tashqari, ovozning kuchi hamma odamda bir xil bo'lmaydi. Qo'shiqchilarda ovozning kuchi boshqalamikiga nisbatan ancha katta bo'ladi. Ba'zi qo'shiqchilar kuylaganda, shipgailingan qandilni teb¬ratib yuborganligi tarixda ma'lum. Maxsus tayyorgarlikdan o'tgan qo'shiqchilar xuddi tanbur yoki dutor simining turli joylaridan har xil ovoz chiqqanidek, ovoz boylamlarining turli qismlari¬dan har xil ovoz chiqarish qobiliyatiga ega bo'ladi.

Har bir kishining ovozi o'ziga xos xususiyatga ega. Hatto chaqaloqning yig'laganidagi ovozi ham o'ziga xos ohangga, JnJsusiyatga ega bo'ladi va shu orqali ona o'z bolasining ovozini boshqa chaqaloqlar ovozidan farq qiladi. Albatta hayot davomida odamning turli yosh davrlarida ovoz ma'lum darajada o'zgaradi. Ayniqsa, o'smirlarda (12-18 yoshda) ovozning o'zgarishi juda sezilarli darajada bo'ladi. Chunki shu yoshda hiqildoq va ovoz boylamlarining uzunligi o'g'il bolalarda ikki, qizlarda bir yarim baravar ortadi. Buning natijasida, ayniqsa, o'smir yoshdagi o'g'il bolalarda ovoz qo'pollashib, do'rillab qoladi. Bundan havotirlanmaslik kerak. Bu fiziologik xususiyatga ega bo'lib, o'smirlik davri o'tgandan keyin ovoz normal holga keladi. Lekin o'smirlik davrida ba'zi gigiena qoidalariga amal qilish zarur, ya'ni qattiq gapirmaslik, baqirmaslik, kuchli ovoz bilan ashula aytmaslik, chekmaslik, spirtli ichimliklar iste'mol qilmaslik, shamollashdan saqlanish, achchiq taomlarga ruju qilmaslik kerak va hokazo.


E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!


Download 489,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish