2-mavzu. Mahsulot sifatini nazorati qilish tizimi



Download 3,82 Mb.
bet13/48
Sana07.04.2022
Hajmi3,82 Mb.
#534157
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48
Nazorat savollari



  1. Mahsulot nima va uning qanday turlarini bilasiz?

  2. Mahsulot sifati deganda nimani tushunasiz?

  3. Sanoat mahsulotlarining qanday turlarini bilasiz?

  4. Mahsulot sifatining ko’rsatkichlari va ularni baholashning qanday usullari mavjud?

  5. Mahsulotlar sifatining ko’rsatkichlari deganda nima tushuniladi?

  6. Sifat halqasini nima va unga misol keltiring?

  7. Mahsulot sifatini nazorat qilishni tushuntiring?

  8. Sanoat mahsulotlari qanday tasniflanadi?

4-MAVZU. MAHSULOTLAR SIFATINI NAZORAT QILISH TURLARINING SINFLANISHI VA TEXNIKAVIY NAZORAT.

4.1 Mahsulotlar sifatini nazorat qilish turlarining sinflanishi va texnikaviy nazorat.


4.2 Mahsulot sifati nazorati va texnikaviy nazorat. Mahsulot sifatini nazorat qilish turlarining sinflanishi
4.1 Mahsulotlar sifatini nazorat qilish turlarining sinflanishi va texnikaviy nazorat.
Korxonalarda sifat nazorati bo’linmalarining roli va vazifalari.
Xo’jalik yuritishning bozor sharoitlarida korxonalardagi mahsulot sifatini nazorat qilish xizmatining roli ishlab chiqarishda brakning oldini olishni ta’minlashda sezilarli darajada oshadi, ularamalga oshirilayotgan tekshirish natijalarining ishonchliligi va xolisligi, iste’molchilarga past sifatli mahsulot yetkazib berishning oldini olish uchun javobgarligi kuchayadi.
Korxonalarning tegishli bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladigan sifat nazorati sifatni boshqarishning boshqa sub’ektlari tomonidan nazoratga nisbatan birlamchi (vaqt bo’yicha oldingi) hisoblanadi. Bu holat shuningdek korxonalarda texnik nazorat bo’limlari (boshqarmalari) faoliyatini birinchi navbatda takomillashtirish zarurligidan dalolat beradi.
Korxona texnik nazorat bo’limi (TNB) tomonidan amalga oshiriladigan sifat nazorati operatsiyalari buyumlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonining, shuningdek ularni o’rab-joylash, transportda tashish, saqlash va iste’molchilarga jo’natishning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Korxona (tsex, uchastka) ning nazorat xizmati xodimlari tomonidan buyumlarni ishlab chiqarish jarayonida yoki ularga ishlov berishning ayrim bosqichlari tugallangandan so’ng zaruriy tekshirish operatsiyalarini o’tkazmay turib buyumlar to’laligicha tayyorlangan deb hisoblanmaydi va shuning uchun xaridorlarga jo’natilishi mumkin. Aynan shu vaziyat texnik nazorat bo’limlarining tayyorlangan mahsulotni sotish va korxona foydasining shakllanish jarayonlaridagi alohida rolini belgilab beradi.
Nazorat qilinadigan ob’ektlarga, jarayonlarga va hodisalarga (vaqt va masofa jihatidan) bevosita yaqinlik nazorat xizmati xodimlariga quyidagilar uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratib beradi:

  • nazoratning maqbul rejalarini ishlab chiqish;

  • brakning oldini olish;

  • ko’zda tutilgan barcha nazorat operatsiyalarini zaruriy hajmda o’z vaqtida o’tkazish;

  • nazorat ob’ektlarining ishlash sharoitlarini maqsadli ravishda tezkor o’zgartirish.

Sifatni texnik nazorat qilish xizmatlari hozirgi vaqtda deyarli barcha sanoat korxonalarida ishlab turibdi. Aynan sifatni nazorat qiladigan boshqarma bo’limlari buyumlar sifatini malakali va har tomonlama baholash uchun eng muhim moddiy-texnika bazasiga (sinash uskunalari, nazorat-o’lchov priborlari, jihozlari, binolar va h.k) ega.


Korxonalarda sifat nazorati xizmatining funktsional tarkibi
Ko’plab vatanimiz korxonalarida shakllantiril-gan mahsulot sifatini nazorat qilish tizimi, odatda, boshqaruvning bir nechta darajasiga (korxona–tsex–uchastka–ish joyi) ega bo’ladi.
Shunga muvofiq ravishda korxonalarda nazorat xizmatlari va ular bo’linmalarining quyidagi ierarxiyasi yuzaga kelgan: texnik nazorat bo’limi yoki boshqarmasi (korxona – tsexning texnik nazorat byurosi – uchastka nazoratchilari brigadasi – nazoratchi-ishchi).
Mahsulot sifatini nazorat qilish vazifalarining turli-tumanligi va buyumlarni ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida tegishli tekshirish-lardan o’tkazish zaruriyati nazorat xizmati tarkibida sifat nazorati bo’yicha ishlarning alohida turlarini bajaradigan maxsus funktsional bo’linmalar bo’lishini shart qilib qo’yadi.
Odatda korxonaning texnik nazorat bo’limlari va boshqarmalari tarkibiga quyidagi ixtisoslashgan bo’linmalar kirishi mumkin:

  • uskunalarning texnik nazorati va aniqligini nazorat qilish;

  • texnologik jihozlarni nazorat qilish;

  • o’zida tayyorlangan asboblarning sifatini nazorat qilish;

  • kooperatsiya bo’yicha olinadigan mahsulot sifatini kirish vaqtida nazorat qilish;

  • tsex va uchastkalardagi buyumlar sifatini nazorat qilish;

  • tayyor mahsulotni qabul qilishda nazorat qilish;

  • buyumlar, bo’g’inlar va agregatlarning nazorat sinovlari;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot ishonchliligini tadqiq etish;

  • mahsulotning o’rab-joylanishi va omborlarda saqlanishini nazorat qilish;

  • buyumlar sifatini uni iste’molchi ishlatayotgan jarayonda va ishlatishning ayrim bosqichlari yakunlanganda nazorat qilish;

  • o’lchov texnikasini nazorat qilish;

  • chiziqiy va burchakli o’lchovlarni nazorat qilish;

  • juda aniq o’lchovlarni nazorat qilish;

  • defektoskopiya;

  • brakni izolyatsiyalash;

  • eksportga yetkazib berish uchun mo’ljallangan mahsulot sifatini nazorat qilish;

  • inspektsiya nazorati;

  • sifat nazoratining texnik va texnologik ta’minoti;

  • ishlab chiqarishdagi brakni hisobga olish, tahlil qilish va tasniflash;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotga iste’molchilarning e’tirozlari va reklamatsiyalarni tahlil qilish;

  • texnik nazoratning yangi (buzmaydigan, faol va boshqa) vosita va usullarini joriy etish;

  • nazorat-sinov uskunalari, o’lchov priborlari va jihozlarni ta’mirlash;

  • korxonada mahsulot sifatini boshqarish tizimini ishlab chiqish, joriy etish va ishlashini nazorat qilish.



Bo’linmalarning yuqorida keltirilgan ro’yxatini unga, odatda, texnik nazorat bo’limlari va boshqarmalari tarkibiga kirmaydigan, lekin sifat nazorati bo’yicha ishlarning umumiy holatiga bevosita va muhim ta’sir ko’rsatadigan laboratoriyalar, byuro va guruhlarni kiritish hisobiga ancha kengaytirish mumkin. Bunda, masalan, standartlashtirish xizmatining konstruktorlik nazorati bo’linmasi, korxonaning metrologik xizmatiga kiruvchi nazorat-o’lchov uskunalari, priborlar, asboblarni sozlash va tekshirish bo’linmasi va boshqalar nazarda tutiladi.
. Sifat nazorati xizmati ishidagi asosiy kamchiliklar
Korxonalarning texnik nazorat bo’limi xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan sifat nazorati natijalari ko’pincha asosli shubhalar uyg’otadi. Ba’zi korxonalarda tayyorlangan mahsulotni qabul qilishda texnik nazorat xizmati xodimlarining talabchanligi va xolisligi past darajadaligicha qolmoqda. Ichki brakni aniqlash bo’yicha ishlarning bo’shashtirib yuborilishi deyarli hamma joyda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga reklamatsiyalar sonining oshishiga olib keladi. Ko’p korxonalarda past sifatli mahsulotga reklamatsiya va e’tirozlardan ko’riladigan zarar summasi ishlab chiqarishdagi brakdan ko’riladigan zarur summasidan oshib ketadi.
Buyumlardagi yangi nuqsonlarning faqat mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan aniqlanishi korxona texnik nazorat xizmatining qoniqarsiz ishlashidan, xususan, nazorat qiluvchi bo’linmalar xodimlarining o’zlari xizmat ko’rsatayotgan ishlab chiqarish uchastkalarida brakni to’la aniqlashdan zaruriy manfaatdorligi va javobgarligi yo’qligidan dalolat beradi.
Ko’pgina korxonalarning mahsulot sifatini nazorat qilish xizmati tuzilmasida asosan sifatni nazorat qilishning texnik hamda texnologik jihatlarini ta’minlovchi bo’linmalar mavjud. Bunda texnik nazorat bo’limlari va boshqarmalarining tashkiliy-iqtisodiy va axborot funktsiyalari yetarli darajada rivojlanmagan. Ko’p korxonalarda sanab o’tilgan bo’linmalarning ishida quyidagi muammo va kamchiliklar mavjud:



  • nazorat xizmatlarining nazorat olib borishda o’tkazish qobiliyatining pastligi va xodimlar sonining yetarli emasligi, bu mahsulot ishlab chiqarish va sotish ishlari maromining buzilishiga, sifat nazorati bo’yicha ayrim ishlarning bajarilmasligiga, ishlab chiqarishning nazoratsiz uchastkalari paydo bo’lishiga olib keladi;

  • texnik jihatdan kuchli qurollanmaganligi va metrolik ta’minotning takomillashmaganligi;

  • o’lchash uslubiyatlarining takomillashmaganligi, sifatni baholash bo’yicha ishlarda takrorlanishlar va parallellikning mavjudligi;

  • korxona sifat nazorati xizmati xodimlari ish haqining nisbatan pastligi;

  • nazorat xizmati xodimlarini boshqarish tizimining o’ylanmaganligi, bu xodimlarning brakni o’z vaqtida to’la aniqlashdan manfaatdor emasligiga olib keladi;

  • nazoratchilar razryadining malaka bo’yicha bajariladigan nazorat ishlari razryadiga nomuvofiqligi;

  • korxona texnik nazorat bo’limi (TNB) xodimlarining umumiy ma’lumot darajasi pastligi.



Tekshirishlarning yuqori darajada profilaktikligi, ishonchliligi va xolisligiga erishishga to’sqinlik qilayotgan texnik nazorat xizmati ishidagi qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish buyumlar sifati shakllanishi va uni baholash jarayonlariga har tomonlama ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Korxonalardagi mahsulot sifatini nazorat qilish xizmati ishidagi ko’plab kamchiliklar texnik nazorat bo’linmalari xodimlarining barqaror sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan ishlarning ayrim turlarini bajarmasligi, shuningdek tegishli xizmatlarning turli bo’linmalari va ayrim mutaxassislar o’rtasida texnik nazorat bo’yicha majburiyatlarning noto’g’ri taqsimlanishi, tekshirishlarning ishonchliligi va samaradorligini oshirish uchun moddiy va ma’naviy rag’batlarning yo’qligi, texnik nazorat bo’limlari va bo’linmalarining tashkiliy tuzilmasi oqilona va to’liq emasligi (uning tarkibida ko’pincha ko’plab muhim bo’linmalar bo’lmaydi) oqibatida kelib chiqadi.
Sifat nazorati xizmati faoliyatini takomillashtirish
Korxonalarning texnik nazorat bo’limi va boshqarmalari ishini maqbullashtirish, birinchi navbatda, nazorat xizmatlari doirasida quyidagi vazifalarni samarali hal qila oladigan bo’linmalarni yaratish, rivojlantirish va mustahkamlashni ko’zda tutishi kerak:

  • ishlab chiqarishda brakning oldini olish, tasdiqlangan texnologik jarayonlar buzilishining oldini olish, ish jarayonida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati yomonlashishiga olib keladigan to’xtab qolishlarning oldini olish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • TNB nazoratchilari ish unumi va mehnatining fondlar bilan qurollanganligi o’sishi, tekshirishlarning ob’ektivligi oshishi va nazorat xizmati xodimlari ishini yengillashtirishga yordam beradigan texnik nazoratning ilg’or usullari va vositalarini ishlab chiqish hamda joriy etish;

  • TNB xodimlarining shtat bo’yicha soni va amaldagi mehnat sarfi me’yorlarini qayta ko’rib chiqish maqsadida nazorat operatsiyalari sermehnatligini shakllantirish va shu asosda talab etiladigan nazoratchilar sonini aniqlash uchun barcha zarur axborotlarni davriy ravishda;

  • nazorat xizmati turli toifaga ega xodimlari mehnatining sifatini ob’ektiv hisobga olib borish va tabaqalashtirilgan tarzda kompleks baholash, mehnatni rag’batlantirish va javobgar-likning mos tizimini qo’llanish, nazorat natijalarining ishonchliligini aniqlash;

  • yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish shartlari (kooperatsiya bo’yicha yetkazib beriladigan xom ashyo, materiallar, yarimfabrikatlar, butlovchi buyumlar sifati va h.k., ishlovchilarning ish sifati, tsex va uchastkalardagi texnologik intizom holati va h.k.) va asosiy sharoitlarining haqiqiy holati va o’zgarishlari to’g’risidagi axborotga keyinchalik markazlashtirilgan tarzda avtomatlashtirilgan ishlov berish uchun zarur ma’lumotlarni, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining erishilgan darajasi to’g’risidagi axborotlarni tayyorlash;

  • asosiy ishlab chiqarishda band ishchilarning o’z-o’zini nazorat qilishini joriy etish bo’yicha ishlarni o’tkazish (xususan, o’z-o’zini nazorat qilishga o’tkazilgan texnologik operatsiyalar ro’yxatini tuzish, ish joylarini zaruriy nazorat-o’lchov priborlari, asboblari, uskunalar va hujjatlar bilan jihozlash, ishchilarni maxsus o’qitish, shaxsiy tamg’a bilan ishlashga o’tkazilgan xodimlar ishini tanlab nazorat qilish, ishlab chiqarishda o’z-o’zini nazorat qilishni joriy etish natijalarini baholash va h.k.);

  • ishlatish jarayonida mahsulot yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o’rtasida mahsulot sifati masalalari bo’yicha samarali axborot almashinish aloqasini tashkil etishni ko’zda tutadigan mahsulot sifati dinamikasi bo’yicha maxsus tadqiqotlar o’tkazish;

  • mahsulot sifatini nazorat qilish xizmati faoliyatini rejalashtirish va bu faoliyatning turli jihatlarini texnik - iqtisodiy tahlil qilish;

  • texnik nazorat xizmatining barcha tuzilmalari, bo’limlari va boshqarmalari ishini;

  • mahsulot sifatini nazorat qilish xarajatlarining absolyut miqdori va dinamikasini, texnik nazoratning profilaktikligi, ishonchliligi va tejamkorligining buyumlar sifati va korxona faoliyatining asosiy ko’rsatkichlariga ta’sirini davriy ravishda aniqlab borish, nazorat xizmati ishining samaradorligini baholash.

Uncha katta bo’lmagan korxonalarda bir qator ob’ektiv sabablarga ko’ra ba’zida texnik nazorat xizmati tarkibida yangi bo’linmalar tuzish imkoniyati bo’lmaydi. Bunday hollarda yuqori sanab o’tilgan barcha vazifalar yangi tuzilgan bo’linmalar emas, balki sifat nazorati xizmatining u yoki tuzilma bo’g’ini tarkibiga kiradigan ayrim mutaxassislarga doimiy bajarish uchun yuklatilishi mumkin.



Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish