2-mavzu. Mahsulot sifatini nazorati qilish tizimi


Texnik nazorat ob’ekti va sub’ektlari. Sifat nazorati xizmatlari



Download 3,82 Mb.
bet4/48
Sana07.04.2022
Hajmi3,82 Mb.
#534157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
2.3 Texnik nazorat ob’ekti va sub’ektlari. Sifat nazorati xizmatlari


Texnik nazorat ob’ekti va sub’ektlari
Sifat texnik nazoratining asosiy ob’ektlari
Sifatni texnik nazorat qilishning barcha ob’ektlari mahsulot hayot tsiklining nazorat qilinadigan bosqichlari bilan uzviy bog’langan. Sifatni texnik nazorat qilishning asosiy ob’ektlari qatoriga quyidagilar kiradi:

  • buyumlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, muomalaga kiritish, ishlatish va ta’mirlash jarayonlarini tartibga soluvchi standartlar, texnikaviy shartlar, konstruktorlik, texnologik va boshqa me’yoriy – texnik hujjatlarni ishlab chiqish usullari va ularning mazmuni;

  • kooperatsiya yo’li bilan olinadigan xom ashyo, materiallar, yarimfabrikatlar, zagotovkalar va butlovchi buyumlarning sifati;

  • o’zida ishlab chiqariladigan xom ashyo, materiallar, yarimfabrikatlar, zagotovkalar va butlovchi buyumlarning sifati;

  • foydalaniladigan uskunalar, texnologik jihoz-lar, moslamalar va asboblarning texnik darajasi va holati, texnologiyalarning ilg’orligi;

  • texnologik operatsiyalarning bajaruvchilari va boshqaruv apparatining malaka darajasi;

  • ishlab chiqarishda texnologik intizom va ishlovchilar mehnatining sifati;

  • mahsulotni texnik nazorat qilish va sinash usullari, nazorat–o’lchovpriborlarining mavjudligi, texnik imkoniyatlari va holati;

  • tayyorlanadigan detallar, bo’g’inlar, yig’ma birliklar va tayyor mahsulotlarning sifati;

  • o’rab-joylanishi va taraning sifati, buyumlarni omborlarga joylashtirish, saqlash va transportda tashish vositalari va qoidalari;

  • iste’molchilarning buyumlarni ishlatish, ularga texnik xizmat ko’rsatish va diagnozlash qoidalari, ularga rioya qilinishi;

  • eyilgan detallar, bo’g’inlar va umuman buyumlarni ta’mirlash va qayta tiklash sifati, ehtiyot qismlar sifati;

  • turli darajadagi va bo’g’indagi boshqaruv organlari-ning ularga berilgan nazorat vakolatlarini amalga oshirish bo’yicha faoliyati, korxonalarda, tarmoqda mahsulot sifatini boshqarish tizimini rivojlan-tirish va takomillashtirish jarayoni.



Yuqorida sanab o’tilgan sifat nazorati ob’ektlarining har biriga tekshirishlarning boshqalardan quyidagi asosiy belgilari bo’yicha farqlanadigan muayyan turi to’g’ri keladi:

  • nazorat qilinayotgan ob’ekt holatini baholashning aniq usullari va vositalari tarkibi;

  • olinadigan va qayta ishlanadigan ma’lumot (axborot) ning xarakteri, davriyligi va hajmi;

  • nazorat natijalari bo’yicha tekshirish ob’ektiga ta’sir etish vositalarining tarkibi va o’ziga xosligi;

tekshirishlarni tashkil etish shakllari va boshqalar.
Sifat nazorati sub’ektlari
Sifat nazorati sub’ektlarining jamini ularning o’z faoliyatlarini amalga oshiradigan boshqaruv darajalari, shuningdek nazorat turlari bo’yicha tasniflash mumkin.
Ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotning sifatini nazorat qilish, shuningdek bu boradagi qonun-qoidalarni buzuvchilarga nisbatan turli ta’sir choralarini qo’llanish bilan umumdavlat darajasida quyidagilar shug’ullanadi:

  • «O’zstandart» agentligi va uning mintaqaviy organlari;

  • mahsulot, ishlar, xizmatlar, sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlash organlari;

  • bojxona va monopoliyaga qarshi boshqaruv organlari;

  • sud organlari va arbitraj organlari;

  • mahalliy hokimiyat organlari komissiyalari.



Tarmoq darajasida va korxonalar (tashkilotlar) darajasida mahsulot sifatini idora ichida nazorat qilishni ularga berilgan vakolatlar va yuklatilgan majburiyatlarga muvofiq ravishda quyidagilar amalga oshiradilar:

  • vazir va uning o’rinbosarlari;

  • vazirliklarning mahsulot sifati bo’yicha bosh inspektsiyalari;

  • tarmoqning ilmiy-tadqiqot, loyihalash-konstruk-torlik va texnologik tashkilotlaridagi ishlanma-larning sifatini nazorat qilish bo’linmalari;

  • tarmoq sinov markazlari;

  • tarmoq korxonalari direktorlari va bosh muhandislari;

  • yirik ishlab chiqarish tuzilmalarining sifatni nazorat qilish bo’linmalari;

  • korxonalarning texnik nazorat bo’limlari va ularning bo’linmalari;

  • tsex va uchastkalarning texnik nazorat byurosi;

  • TNB nazoratchilari brigadalari;

  • TNB nazoratchilari;

  • tadqiqot va o’lchov laboratoriyalari, nazorat-sinov stantsiyalari, bosh konstruktor, bosh texnolog, bosh mexanik, bosh metallurg, bosh metrolog, bosh buxgalter, moddiy texnika ta’minoti, sotish, yuridik, moliyaviy va boshqa xizmat bo’linmalari;

  • sifat guruhlari;

  • masterlar;

  • brigadirlar;

  • o’z-o’zini nazorat qilishga o’tkazilgan ishlab chiqarish operatsiyalarini bajaruvchilar;

  • o’z-o’zini nazorat qilishga o’tkazilmagan ishlab chiqarish operatsiyalarini bajaruvchilar.



Mahsulot sifatini idoralararo nazorat qilishni ularga berilgan vakolatlar va amaldagi qonunchilik doirasida quyidagilar amalga oshirishlari mumkin:

  • savdo, ta’minot-sotish va boshqa tashkilotlarning bo’linmalarini nazorat qiluvchi Savdo palatasi organlari;

  • buyurtmachilar (buyurtmachilarning tayyorlovchi korxonalardagi vakillari);

iste’molchilar (jamiyatlar, uyushmalar, ittifoqlar va hokazo).

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish