2-mavzu: ontogenezning ilk bosqichlarida insoning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar



Download 73 Kb.
bet1/6
Sana01.01.2022
Hajmi73 Kb.
#297121
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 maruza Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari


3-MAVZU: Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari,

Reja:

  1. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari,

  2. ilk bolalik davrida o’z-o’zini anglashning rivojlanishi

  3. 3 yoshlilar inqirozi.

Tayanch so’z va tushunchalar:

Ontogenez, psixik rivojlanish, perinatal, chaqaloqlik, tug`ilish, go`daklik, ilk bolalik, psixofiziologik rivojlanish, emotsional rivojlanish, inqiroz, o`z-o`zini anglash.

Go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning yangi davri ilk bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatli, uning kelgusi psixologik rivojini belgilab beruvchi davr hisoblanadi. Bu rivojlanish asosini bolaning to‘g‘ri yurishini, muloqotga kirishini va predmetli faoliyatni egallagani tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri tik yura olish imkoni bolani doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga olib keladi. Bu yoshdagi bola o‘z xatti-harakatlari jihatdan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishish uchun intiluvchan bo‘ladi. 1-3 yosh bola shakllanishda psixik rivojlanishning nihoyatda ahamiyati kattaligini inobatga olgan holda ayrim psixologlar (m-n, R. Zazzo) inson tug‘ilganidan to etuklik davrigacha bo‘lgan psixik rivojining tahminan o‘rtalari 3 yoshga to‘g‘ri keladi degan mulohazani beradilar. Bu yoshdan boshlab bolalar predmetlarni o‘rganish olamiga qadam qo‘yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bo‘la oladi va elementar axloq qoidalariga amal qila oladi. Kattalar bilan bo‘ladigan muloqot orqali bola atrof hayot haqida boshqa yo‘nalishlarga qaraganda 10 hissa ko‘proq ma’lumot oladi. Nutq bu yoshda nafaqat muloqot, balki tafakkurning rivojlanishi va o‘z-o‘zini shuningdek, bilish jarayonlarni boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Ilk davridagi bolalrning etakchi faoliyati predmetlarni o‘rganish hisoblanadi. go‘daklik davridagi bolalarga nisbatan ilk bolalik davridagi bolalar narsalarga ko‘proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar go‘dak bola qo‘liga ushlagan narsani oddiy harakatlantirib ko‘rsa, 2-3yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o‘rganganidan so‘nggina o‘z amaliy faoliyatida ishlatadi. Bolani avvalo shu predmetning ishlatish vazifasi qiziqtiradi va u o‘z savoliga javob olish uchun ko‘pincha kattalarga “Bu nima?” degan savolni beradi. 3 yosh arafasida predmetlarning vazifalarini to‘la o‘zlashtirgan bolalar o‘z o‘yinlarida nafaqat shu predmetlardan foydalanadilar, balki ularni o‘z vazifalariga ko‘ra ishlatadilar ham. Predmetli faoliyatga kirishishi bolaning turli layoqatlari va qo‘l harakatlarini rivojlantiradi. Bolaning nutqi u to 1,5 eshga etgungacha ancha sekin rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 so‘zdan to 100 tagacha so‘zni bila oladi, lekin ularni juda kam qo‘llaydi. 1,5 yoshdan boshlab esa uning nutqi jadal rivojlanadi. Endi u nafaqat predmetlarning nomini aytishlarini so‘rabgina qolmay bu so‘zlarni talaffuz etishga ham harakat qiladi. Nutqning rivojlanish darajasi juda jadallashadi. 2 yoshning oxirlariga borib bola 300 tagacha, 3 yoshning oxirlagiga borib esa 500 dan to 1500 tagacha so‘zni ishlata oladi. Shuningdek so‘zlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni to‘g‘ri tuza oladilar.

Shuni alohida ko‘rsatish joizki 1,6-3 yosh bu nutq rivojlanishi uchun senzetiv davr hisoblanadi. Bu davr aqliy rivojlanish asosini idrok va tafakkur harakatlarining yangi ko‘rinishlari tashkil etadi. 1 yoshli bola hali predmetlarni ketma-ket, sistemali ravishda ko‘rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir ko‘zga tashlanib turadigan belgisiga o‘z e’tiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga ko‘ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarini egallanishi bolaning predmetli harakatlarini bajarishdan ko‘z bilan chamalab harakat qilishiga o‘tishda namoyon bo‘ladi endi u predmetning bo‘laklarini ushlab ko‘rmasdan chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 yoshli bola kattalarning bergan namunasi rangin shakli va kattaligiga ko‘ra aynan shunday predmetlarni chamalab idrok etgan holda to‘g‘ri topa oladi. Bolalar avval shakliga, so‘ngra kattaligiga va shundan so‘ngina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega bo‘lgan juda ko‘p predmetlar borligini tushuna boshlaydi. Lekin bola rasm chizishni boshlaganida predmetlarni rangini e’tiborga olmaydi va o‘ziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishiga 2,5-3 yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘riburchak, ko‘pburchak) va 8 xil rangni (qizil, qovoq sariq, sariq yashil, ko‘k, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning ishlatilishi jihatidan turli xil narsalarda turli cha bo‘lishi sababli bu eshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan nomlarini aniq bilishlari va o‘z nutqlarida ishlata olishlari bir muncha qiyinroq. Kattalarning bu yoshdagi bolalardan shu rang va shakllarni eslab qolishini talab etishlari noto‘g‘ri bo‘lib, buning uchun mos davr bu 4-5 esh hisoblanadi. Bu eshdagi bolalar so‘zlardagi barcha tovushlarni idrok eta oladilar.

Bola 3 yoshigacha o‘zlashtirgan so‘zlar asosan predmet va harakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning funksiyasini anglatib bu predmet yoki harakatning tashqi ko‘rinishi o‘zgarsa ham uning nomi o‘zgarmaydi. Shuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini funksiyalariga bog‘lagan holda tez o‘zlashtiradi.

Ilk bolalik davrining boshlariga kelib bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni biz biron bir predmetni olishga harakat qila olganidan so‘ng esa uni sinchiklab o‘rganishida ko‘rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari asosan ko‘rgazmali harakatli bo‘lib, u atrof olamdagi turli bog‘liqlarni o‘rganishga xizmat qiladi. O‘zidan uzoqroq turgan koptokni biron bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini ko‘rgan bola endi mustaqil ravishda di van tagiga kirib ketgan koptokni kaltak yordamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta o‘rin tutadi. Umumlashtirishda nutq asos hisoblanadi. Masalan, soat deyilishi bola qo‘l soati, osma soat, shuningdek budilnikni ham tushunishi kerak. Lekin ular turli cha bo‘lgani sabab ularda umumiylikni topish bola uchun bir munchaqiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash yordamga keladi va umumlashtirishni tashkil etadi. 2-3 yoshli bolalar ma’lum bir predmetlarning o‘rniga ularning o‘rnini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, o‘yin jarayonida bola cho‘pni qoshiq yoki termormetr o‘rnida, yog‘ochdan krovat yoki mashina o‘rniga foydalanishi mumkin. Bir predmetni boshqasi o‘rnida qo‘llash mumkinligini bilish bola atrof olamni bilishi, o‘rganishidagi ahamiyatli burilish hisoblanadi va u dastlabki tasavvurlarni yuzaga keltiradi. Bu yoshdagi bolalar endi asta-sekinlik bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea, hikoyalarni, shuningdek rasmda chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertak eshitish jarayonida bola ertak qahramonlarini kimgadir o‘xshatishga harakat qiladi, u o‘zi mustaqil ertak yoki hikoyalarni to‘qiy olishi ham mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy funksiya hisoblanib, u bilishning barcha ko‘rinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi. Bu davrda bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning hayotiy tajribalarni o‘zlashtirishida avvalo harakatli, emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu borada harakatli va emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu yoshda asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Bu davrdagi bolalarga ko‘p kitob o‘qib berish natijasida ular uzun ertak va she’r hikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning umumiy aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga xos bo‘lgan nerv sistemasining umumiy egiluvchanligi natijasidir. O‘zi va atrof hayothaqidagi voqea va hodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham ularni hali to‘liq ravishda xotirasida saqlab qola olmaydi.



Bu davrdagi bolalar asosan o‘z xatti – harakatlarini o‘ylab o‘tirmaydilar. Bu xatti-harakatlar ularning xohish va hissiyotlari asosida bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarning xatti-harakatlari juda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Masalan: bolaning yig’lashi ham, yig‘idan to‘xtashi ham juda oson. Ilk bolalik davrda bolada o‘z yaqinlariga onasi, otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisbatan muhabbat shakllanadi. Ilk bolalik davrida bu muhabbat boshqa shaklga o‘tadi. Endi bola o‘z yaqinlaridan maqtov, erkalash olishga harakat qiladi. Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-harakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baholari ularda o‘ziga nisbatan o‘z layoqat va imkoniyatlariga nisbatan ishonchni shakllantiradi. U o‘z ota-onasiga nihoyatda qattiq bog‘langan bo‘lib, intizomli va itoatkor bo‘ladi. Ana shu bog‘liqlik sababli bolaning asosiy ehtiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi. Onasi yonida bo‘lgan bolalar ko‘proq harakat qiladilar va atrof-muhitni o‘rganishga intiladilar. Bu davrda bola o‘z ismini juda yaxshi o‘zlashtiradi. Bola doimo o‘z ismini himoya qiladi, uni boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan qiladigan muomala munosabati uni o‘zini alohida shaxs sifatida anglashining boshlanishiga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab o‘z “Men”ini anglay boshlashi vaqtliroq yoki bir muncha kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 yoshli bola o‘zini o‘z xohish va ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan manba deb biladi va bu uning “Menga bering”, “Ko‘taring”, “Men ham boraman” kabi talablarida ko‘rinadi. Uch yoshli bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida bolalarda o‘z-o‘zini baholash vujudga keladi. Shu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo‘lish ehtiyoji yuzaga keladi va bu ularning “O‘zim qilaman” qabilidagi so‘zlarida namoyon bo‘ladi.


Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish