2-mavzu. O‘zbekistonning qadimgi gidrotexnik inshootlari. «Loyqa» dagi dehqonchilik va «Qayr» polizlari



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana15.11.2022
Hajmi0,49 Mb.
#866289
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-маъруза

Sardobalar-gumbazli hovuzlar. 
Ma’lumki, oqar suvlardan mutlaqo mahrum 
bo‘lgan cho‘l va dasht tumanlarda qishki va bahorgi mavsumiy yog‘ingarchilik 
asosiy suv manbai hisoblangan. Cho‘llarda atrofi bir muncha balandliklardan iborat 
chuqurroq joylarga qor va yomg‘ir suvlari to‘planib, kattagina ko‘lmaklar hosil 
bo‘ladi. Bunday ko‘lmaklar «qoq» deb ataladi. Qoqlarning suvi chuchuk bo‘lib, 
qadimdan aholi undan cho‘ldagi chorva mollari sug‘orishda foydalanib kelgan. 
Bundan tashqari o‘tmishda o‘rta Osiyoning Qizilqum, Qoraqum, Mirzacho‘l, Qarshi 
va boshqa cho‘llar orqali chet mamlakatlarga qatnagan savdo karvonlari ham 
qoqlarning suvidan foydalangan. Shuning uchun ham o‘rta Osiyo cho‘llarini kesib 
o‘tgan qadimgi karvon yo‘llari ko‘pincha yirik qoqlar bo‘ylab yunalgan. 
Shunisi ham borki, qoqlarda suv yil bo‘yi saqlanmagan, chunki yoz oylarida 
qoqlardagi suvning bir qismi quyoshning kuchli nuri ta’sirida bug‘lanib va ikkinchi 


qismi yerga singib, iyun oyining oxiri va iyulning boshlarida deyarli qurib qolgan. 
Bunday ahvol shubhasiz, savdo karvonlarining suvsiz cho‘llarini kesib o‘tishi uchun 
katta qiyinchiliklar tug‘dirgan. Shu sababli cho‘llar orqali shaharlararo qatnaydigan 
karvonlarni yoz oylarida suv bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Qoqlardagi suvni kichikroq hajmdagi chuqurroq joylarga to‘plab, intensiv 
parlanishdan saqlash maqsadida qadimgi irrigatorlar karvon yo‘llari bo‘ylab 
cho‘llardagi qoqlarga va ba’zan buloqlar ustiga maxsus suv inshootlari qurishgan. 
Bunday inshootlar «sardoba» nomi bilan mashhurdir. 
Sardobalar anchagina murakkab qurilgan. Ular turli xil hajmda bo‘ladi. silindr 
shaklida yerga o‘yib ishlangan sardoba hovuzuning chuqurligi 10-15 m, diametri 12-
16 m va devorining qalinligi 1-1,5 metrga boradi. Masalan, Jizzax shahridan 35 km 
shimoli sharqda, Yangierdagi 26-sovxoz territoriyasida joylashgan «Yog‘ochli» 
degan sardobaning kattaligi 25*25=26*26 va 27*27 sm va qalinligi 5-5,5 sm bo‘lgan 
to‘rt burchakli pishiq g‘ishtlardan qurilgan, uning diametri 15,2 m va devorining 
qalinligi 1,4 metrga teng. Shunisi ajoyibki, sardobalardagi suvning mazasi ham
rangi ham hech qachon buzilmay, doimo muzdek va toza saqlangan. Chunki 
sardobalarni loyihalashtirgan qadimgi binokor-irrigatorlar inshootga to‘plangan 
suvning buzilmaslik chorasini juda ustalik bilan hal etishgan. Buning uchun sardoba 
gumbazining uch tomoniga bir nechta (3 tadan to 9 tagacha) ravoqsimon 
ventilyatsiyalovchi darchalar va tepasiga bitta muri ishlangan. Ventilyatsiyalovchi 
mo‘ri va darchalar doimo inshoot ichidagi havoni tozalab, unga salqinlik berib 
turgan. Masalan, «Yog‘ochli» sardobaning uch tomonida uchta darchasi bo‘lib, 
darchalarning tashqarisida balandligi 2 m, eni 80 santimetrga teng bo‘lgan. Sardoba 
hovuziga suv quyiladigan maxsus suv yo‘li hamda undan suv olib chiqadigan 
peshtoqli kirish yo‘lagi bo‘lib, yo‘lakdan zinapoyalar orqali hovuz ichiga tushilgan. 
O‘zbekiston territoriyasidagi tekshirilgan sardobadar: Yog‘ochli, Mirza, 
Malik, Qorovulbozor, Talimarjon va boshqalar, ishlatilgan qurilish materiallariga 
qaraganda, masalan, Malik sardobasi XI asrda va qolganlari XIV-XVI asrlarda bino 
qilingan. Buni tarixiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Masalan, 
o‘rta asr mualliflaridan Badriddin Kashmiriyning «Ravzatur rizvon va Xadikatul 
g‘ilmon» nomli tarixiy asarida yozilishicha, XIV asrning 90-yillarida Buxoroning 
yirik feodal ruhoniylaridan juybor xo‘jalari tomonidan o‘rta Osiyo cho‘llarida 
karvon yo‘llari bo‘ylab unta sardoba bino qilingan. Chunki juyborlarning cho‘llarida 
katta chorva xo‘jaligi bo‘lib, ular Buxoro xonligining ichki va tashqi savdosida 
salmoqli o‘rinni tutgan. Masalan, juyborlardan birgina xo‘ja Sa’dning 25 ming bosh 
quyi, 5 ming bosh tuyasi va 1,5 ming bosh yilqisi bo‘lgan. 
Sardobalardan, garchi mulkdor feodallar ko‘proq manfaatdor bo‘lgan 
bo‘lsada, ularni oddiy mehnatkash xalqdan chiqqan mohir irrigator va binokor 
ustalar bunyod etishgan. Shubhasiz, sardobalar dashtlardagi chorva mollarini va 


cho‘llar orqali o‘tgan savdo karvonlarini suv bilan ta’minlashda muhim rol 
o‘ynagan. 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish