2-mavzu. O‘zbekistonning qadimgi gidrotexnik inshootlari. «Loyqa» dagi dehqonchilik va «Qayr» polizlari



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana15.11.2022
Hajmi0,49 Mb.
#866289
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-маъруза

Oqar yer ostidagi daryo
. O‘zbekistonda mana shunday antika irrigatsiya 
inshootlaridan keng foydalaniladigan rayonlardan biri Nurotadir. Bu yerda korizlar 
qadim zamonlardayok barpo yetilgan bo‘lib, ulardan hozirgi kunlargacha foydalanib 
kelinadi . Nurotaliklar korizlar kovlab yer osti suvlarini yer yuziga chiqarish tarixini 
eramizdan avvalgi 327-329 yillarda O‘rta Osyoga bostirib kirgan makedoniyalik 
Iskandar bilan bog‘laydilar . Nurotaliklarning afsonasiga ko‘ra, Iskandar Zulkarnayn 
Zarafshon vodiysiga qo‘shin tortib kelganda Nurota tizmasining janubiy qanoti 
Oktogning yeng yuqori chukkisiga chiqqan . U togdan janub tomonga karasa 
Zarafshon daryosi va obod vodiyni, shimol tomonidan esa daraxtsiz keng maysazor 
yaylovni qurgan . O‘shanda yam-yashil poyonsiz keng dashtga qarab Iskandar bu 
viloyatning daryosi yer ostidan oqar ekan degan emish .So‘ngra qo‘shinini nurotaga 
olib kelib, 366 ta harbiy qism sarkardalariga o‘z otryadlari bilan har biri bittadan 
koriz kovlashi haqida buyruq bergan . Natijada 366 ta koriz kovlanib, Oktog 
yetaklariga suv chiqarilgan va Nurota atrofi obod bo‘lgan.Nurotaning qadimgi 
korizlaridan juda ko‘pi qumilib ketgan bo‘lsa ham, hozirgi vaqtgacha bu diyorda 
Mastak, Zulfikar, Zulm, Mozor, Xayrobod, Sulton, Kunchi, Begli, Tayla, Korizcha 
singari bir qancha korizlardan qishin yozin suv oqib turgan . Nurota korizlarining 
har biridan o‘rta hisobda sekundiga 40-50l suv oqib chiqib, 40-50l gektargacha yer 
maydonini sug‘oradi . 
Hambozlar
. Koriz suvi bilan dehqonchilik qilishda har bir korizdor jamoa 10 
yoki 12 ta mayda guruxlarga bo‘lingan . Har bir gurux mayda korizlarda ikki 
dehqondan va katta korizlarda uch dehqondan iborat bo‘lib, nurotaliklar bunday 
guruxlarni “ hamboz “ ya’ni sherik deb atashadi . Koriz suvi bilan sug‘orladigan yer 
maydoni ham hambozlarning soniga qarab bo‘ladi . Har bir yer bo‘lagi “ taxta ” deb 
yuritiladi . Katta korizlarda taxta 16 tanob ( 4 gektar ) va kichik korizlarda 6-8 tanob 
(1,5-2gektar)ga teng bo‘lgan . 
Har yili bahorda hambozlar o‘rtasida chek tashlash yo‘li bilan taxtalar 
taqsimlanib sug‘orish navbati belgilangan . Korizlardagi chek tashlash qulfakli 
Hovuzlardagi chek tashlashdan bir muncha farq qilgan . Belgilangan un ikki taxta 
uchun kator un ikkita chuqurcha kovlangan . Un ikki dehqon (har bir hamboz vakili) 
bittadan chup olib, unga belgi ko‘yib, yosh bolaning etagiga solgan . Bola kuzuni 
yumib turib cheklarni bittadan chuqurchalarga tashlab chiqqan .Kimning cheki 
birinchi chuqurchaga ushgan bo‘lsa, bosh taxtada o‘sha hamboz dehqonchilik qilib, 
sug‘orish navbati undan boshlangan. Navbat esa har xaftada bir marta aylangan .
Odatda koriz suvi sutka bilan o‘lchanib, nurotaliklar uni “shabi-ro‘z”, ya’ni 
kecha-kunduz deb atashadi .“Shabiro‘z”, 96 qoraga teng bo‘lib, vaqt bilan 


hisoblaganda korizdan okkan 15 minutlik suv bir qora hisoblangan. Har bir taxtaning 
xakobasi, ya’ni tegishli suvi 48 qora bo‘lib, navbat kelganda bir kun yoki bir kecha 
koriz suvining hammasi shu taxtaning hambozlariga berilgan. Korizdan 
foydalanuvchi har bir dehqon esa 16 qora suvga yoki korizning 4 soatlik suviga ega 
bo‘lgan. Bu suv nasldan naslga o‘tishi bilan har bir dehqon o‘z suvini sotish 
huquqiga ega bo‘lgan. Korizning suvni nihoyatda qimmatbaho bo‘lib, uning har 
qorasi bir botmon g‘alla yoki bosh kuy hisobida sotilgan. Nurotaning keksa soxibkor 
dehqonlaridan Hamro Xo‘jaevning aytishicha Maston korizining bir qora suvi 20-
25 bosh bahosida bo‘lgan. 
Suvning nihoyatda tanqisligi va qimmatligidan Nurotada kimda kim suv sotib 
olsa yoki otasi vafot etib suviga ega bo‘lsa, korizdan suv ichadigan barcha 
dehqonlarni chaqirib katta ziyofat qilib bergan va arbob hamda oqsoqollarga to‘n 
kiygizgan . Suv sotib olingandan so‘ng beriladigan ziyofat “nimmardi”, otasining 
vafotidan so‘ng xakobaiga (otasiga tegishli suvga) ega bo‘lgan o‘g‘il tomonidan 
qilib beriladigan ziyofat esa “padari mudir”, ya’ni “ota o‘ldi“ deb atalgan. 
“Nimmardi” va “Padari mudir” kabi ziyofatlardan so‘ng korizdor jamoaga qabul 
qilingan kishilar hambozlar katoridan joy olar edi. 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish