2-Mavzu. Oziq-ovqat va agrobiznes korxonalari faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy asoslari



Download 120,39 Kb.
bet2/4
Sana23.07.2022
Hajmi120,39 Kb.
#840601
1   2   3   4
Bog'liq
2 Mavzu Oziq ovqat va agrobiznes korxonalari faoliyatini tashki

Fermer xoʻjaligi davlat majburiyatlari yuzasidan, davlat esa fermer xoʻjaliklari yuzasidan javob bermaydi.
Fermer xoʻjaligi oʻz majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan tuzilgan kontraktasiya shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlash, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida haq toʻlash yuzasidan majburiyatlari boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki bilan javob beradi.
Fermer xoʻjaligining mol-mulki daxlsizdir va uning davlat organlari tomonidan olib qoʻyilishiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari xolatlarda yoʻl qoʻyilmaydi,
Tovar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish yoʻli bilan daromad (foyda) olish, oʻzining ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish fermer xoʻjaligining maqsadi hisoblanadi.
Dehqon xoʻjaligi oilaviy mayda tovar xoʻjaligi boʻlib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilish uchun oila boshligʻiga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiradi va realizasiya qiladi.
Dehqon xoʻjaligi faoliyati tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xoʻjaligi a’zolarining istagiga koʻra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Dehqon xoʻjaligi oʻz faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanishi mumkin emas.
Dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Dehqon xoʻjaligi a’zolari jumlasiga birgalikda yashayotgan va dehqon xoʻjaligini birgalikda yuritayotgan oila boshligʻi, uning xotini (eri), bolalari, shu jumladan farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olgan bolalari, ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa qarindoshlari kiradi.
Yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda dehqon xoʻjaligi nomidan shu xoʻjalik boshligʻi ish koʻradi.
Dehqon xoʻjaligi boshligʻi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasi meros qilib qoldirilgan, umrbod egalik qilish huquqi berilgan oila boshligʻi yoki oilaning muomalaga layoqatli a’zolaridan biridir.
Dehqon xoʻjaligining boshligʻi vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotgan taqdirda yoki uzoq vaqt boʻlmaganda u oʻz majburiyatlarini bajarish vakolatini shu xoʻjalik a’zolaridan biriga, dehqon xoʻjaligining a’zosi bir kishidan iborat boʻlganda esa, shartnoma asosida talablarga javob beradigan har qanday shaxsga berishga haqlidir.
Dehqon xoʻjaligi ixtiyoriylik asosida, xoʻjalik boshligʻining tuman hokimiga yozma murojaatiga asosan tashkil etiladi. Arizada soʻralayotgan yer uchastkasining joylashgan manzili, maydoni, dehqon xoʻjaligining tarkibi hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun yer uchastkasidan belgilangan maqsadda foydalanishning yoʻnalishlari koʻrsatiladi.
Yer uchastkalarini berish masalalarini koʻrish boʻyicha tuman komissiyasining xulosasini inobatga olgan holda tuman hokimi dehqon xoʻjaligini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Tuman hokimining dehqon xoʻjaligini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori tumanning moliyaviy, bank, soliq va boshqa tuzilmalari uchun majburiy hujjatdir.
Dehqon xoʻjaligi belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olingan paytdan e’tiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Dehqon xoʻjaligi boshligʻini davlat roʻyxatiga olish dehqon xoʻjaligi boshligʻining doimiy yashash joyidagi tuman hokimligiga bergan tomonidan arizasiga binoan berilgan paytdan e’tiboran uch kun ichida amalga oshiriladi. Dehqon xoʻjaligi boshligʻiga yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.

Download 120,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish