2 mavzu: Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasi Reja


Ta`lim texnologiyasi va uning tuzilishi



Download 23,45 Kb.
bet2/3
Sana06.07.2022
Hajmi23,45 Kb.
#745947
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu

3. Ta`lim texnologiyasi va uning tuzilishi.
Ta’lim nazariyasi va amaliyotida o‘quv jarayoniga texnologik xususiyatni berish uchun 50-yillarda birinchi urinishlar qilib ko‘rilgan. Ular o‘z ifodasini an’anaviy o‘qitish uchun majmuali texnik vositalarni yaratishda topgan. Hozirgi vaqtda “pedagogik texnologiya o‘qitishning texnik vositalari yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmaydi, balki bu ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish, ishlab chiqish hamda usul va materiallarni qo‘llash, shuningdek qo‘llanilayotgan usullarni baholash yo‘li orqali ta’lim jarayonining asoslari va uni maqbullashtirish yo‘llarini ishlab chiqishni aniqlash maqsadidagi tadqiqotdir” . 10 Barcha ta’lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yo‘liga o‘tkazish, maktab amaliyoti pedagogik jarayonini ixtiyoriy qurish va uni amalga oshirishdan keskin burilishi quyidagilarni anglatadi: ¾ uning har bir qism va bosqichlarining izchil asoslanganligi (ta’lim jarayonini tartiblashtirish - batafsil aniqlangan va asoslangan, ishlarni ma’lum tartibidan tashkil topgan qismlar - muloqot, axborot va boshqaruvning yo‘l va vositalarini bo‘lish orqali mumkin qadar rasmiyatchilik nuqtai nazaridan rasmiylashtirilgan); ¾ yakuniy natijani haqqoniy tashxis qila olishga yo‘naltirilganligi; ¾ ta’lim jarayoniga mavjud sharoit va belgilangan vaqt ichida qo‘yilgan ta’limiy maqsad hamda ijobiy natijaga erishishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish texnologik jarayonining mukammal, aniq yo‘lga qo‘yilgan, izchil, muvofiqlashgan xususiyatini berish; ¾ uning samaradorligi va inson imkoniyatlari (kuch, vaqt)ni maqbullashtirish maqsadi bilan butun ta’lim jarayonini boshqaruvchanligi. “Ishlab chiqarish texnologiyasi”, “ta’limni texnologiyalashtirish”, “ta’limiy texnologiya”, “ta’lim berish texnologiyasi”, “pedagogik texnologiya” atamalari. “Texnologiya” atamasi pedagogika fani tomonidan ishlab chiqarish sohasidan o‘zlashtirilganki, bunda “yuqori asosli psixologiya – pedagogik muhandisligi maydoniga o‘zgaradi” (A.M. Kushnir, 2004 y.). Texnologiya mohiyati va vazifasi bo‘yicha insonshunosiylik, ham ishlab chiqarish, ham ijtimoiy bor narsalarni mavjud bo‘lishidek qabul qilish kerak” (A.M. Kushnir, 2004 y.).
“Texnologiya” yunoncha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib “techne” - mahorat, san’at, malaka va “logos” - so‘z, ta’limot ma’nolarini anglatadi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi: • xomashyo, material, yarim tayyor mahsulotlarni olish, ularni qayta tayyorlash yoki ularga ishlov berish yo‘l va usullarining yig‘indisi (texnologiyani jarayonlibayonli tomoni); • yuqorida ko‘rsatilgan yo‘l va usullarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi ilmiy fan. Texnologiyani ilm sifatidagi vazifasi, moddiy manba va vaqtlar kam sarflashni talab etuvchi samarali va tejamkor ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash va amaliyotda ulardan foydalanishni aniqlash maqsadidagi qonuniyatlarni topish hisoblanadi (ilmiy tomoni); • jarayonning o‘zi – topilmani qazib olish harakatlari, ishlov berish, qayta ishlash, transportda tashish, omborga joylash, saqlash, shuningdek ishlab chiqarishning texnik nazorati (jarayonli harakat tomoni).
Pedagogik ilm va amaliyotda “pedagogik texnologiya”, “ta’limiy texnologiya” va “ta’lim berish texnologiyasi” kabi atamalar keng qo‘llanilishi kuzatilmoqda. Shu bilan birga ularni tushunishda alohida bo‘lgan o‘qish turlari mavjud. Avvalambor, aniq ifodani berish, ularni nima birlashtirishi, ularni nima ajratib turishini tushunish uchun “texnologiya” va uning kelib chiquvchilari: “texnologik jarayon”, “texnologik harakat”, “texnologik xarita”, “texnologik tartib” tushunchalarini aniqlash lozim.
Ta’limni texnologiyalashtirish bu o‘qitish jarayoniga texnologik yondashish asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yo‘llari va samarali vositalarni tadqiq qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik yo‘nalishdir.
Ta’lim texnologiyasi: • bu mavjud sharoit va o‘rnatilgan vaqtda belgilangan ta’limiy maqsad va ko‘zlanayotgan natijalarga kafolatli erishishni vositali ta’minlovchi, muloqot, axborot va boshqaruvning eng qulay yo‘l va o‘qitish vositalarining tartibli yig‘indisi (ta’lim berish texnologiyasining jarayon-bayonli jihati); • bu mavjud yuzaga kelgan ta’limiy jarayon sub’ektlarining hamkoriy harakatlari, haqiqiy jarayon (ta’lim berish texnologiyasining amaliy-jarayon jihati ) tartibi. 
“Pedagogik texnologiya” – pedagogik hodisa va ta’limni texnologiyalashtirish sohasidagi jarayonda qo‘llaniladigan tushuncha.
“Ta’limiy texnologiya” – “ta’lim olish shakllarini maqbullashtirishni o‘z vazifalari deb qo‘yuvchi, ya’ni butun ta’lim berish jarayonini hamda texnikaviy va insoniy manbalarni hisobga olgan holda bilimlarni o‘zlashtirish va ularning o‘zaro harakatini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli usuli” (YuNESKO). Ta’lim texnologiyasi va uning konseptual asosnomasini (TT ilmiy tomoni) o‘z ichiga oladi.

Download 23,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish