2-mavzu. Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘G‘risidagi fan. Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi tayanch tushunchalar


Pedagogikaning taraqqiyot tendensiyalari



Download 294,61 Kb.
bet31/34
Sana14.01.2022
Hajmi294,61 Kb.
#362903
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
2-mavzu

1.12. Pedagogikaning taraqqiyot tendensiyalari.

“Konsepsiya” yoki “konsept” lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “tushunish”, “tizim” ma’nolarini anglatib, birorbir narsabuyum, hodisa yoki jarayonni tushunishning ma’lum bir usulini o‘zida ifoda etadi.

Konsepsiya – 1) tabiat va jamiyatdagi jarayonlar va narsahodisalarga doir qarashlar tizimi; 2) islohot, dastur, loyiha, rejalarni amalga oshirishga doir harakatlar strategiyasi; 3) faoliyat xilmaxil turlarining konstruktiv tamoyili.

Pedagogika fanida konsepsiya deganda ta’lim, tarbiya, rivojlanish jarayonlari mohiyatini yaxlit hodisa sifatida tushunish asosida uni amalga oshirish vositalar tizimini tashkil etish usuli nazarda tutiladi. Konsepsiyada asosiy e’tibor pedagogik faoliyat strategiyasini ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari va tamoyillariga qaratiladi.

- Ta’lim konsepsiyasi pedagogik hodisalarni tushunish, uning yetakchi g‘oyalarini tashkil etishga imkon beruvchi tizimlashtirilgan nazariya.

- Konsepsiya (pedagogik) – pedagogik ob’ekt mohiyati, tamoyil va metodlari mohiyatini ochib beruvchi yetakchi g‘oyalar tizimi.

- O‘qitish (ta’lim) konsepsiyasi – o‘quv jarayonining mohiyati, mazmuni, metodikasini tushunishga doir qarashlar tizimi yoki umumlashgan g‘oyalar yig‘indisi.

Talabalarning qobiliyatlarini va mahoratlarini rivojlantirish, mustaqil fikr yuritishni kengaytirish, insonparvarlik, mehrmuruvvat hislarini tarbiyalash, diyonatni asrash, mehroqibatni mustahkamlash, nutq madaniyatini, taraqqiyotini o‘stirish, ahloqiyestetik kamolotga yetkazish, mehnat va tabiatga muhabbat ruhini singdirishda pedagogika fanining roli benihoyat kattadir.

Pedagogika fani rivojining asosiy taraqqiyot yo‘nalishlari

1. Falsafiy yo‘nalish.

2. Psixologik yo‘nalish.

3. Didaktik yo‘nalish.

4. Kibernetik yo‘nalish.

5. Matematik yo‘nalish.

6. Psixoteropevtik yo‘nalish.

7. Akmeologik yo‘nalish.

Zamonaviy sharoitda pedagogika fanining asosiy vazifalari

Zamonaviy sharoitda pedagogikaning asosiy vazifalari inson turmush tarzining barcha yo‘nalishlari (ijtimoiy, shaxsiy, siyosiy va boshqalari)da samarali pedagogik tizimlarni yaratishga yo‘naltirilgan. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:

ta’limtarbiya, ta’limiy va tarbiyaviy tizimlarni boshqarish sohasiga doir qonuniyatlarni aniqlash va o‘rganish;

pedagogik tajribani o‘rganish va joriy etish;

ta’lim tizimlarining istiqboldagi rivojlanishini tashxis etish;

ta’limtarbiyaning yangi shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish;

pedagogik tadqiqot natijalarini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish;

xalqaro pedagogik loyihalarda ishtirok etish, axborotlar almashish, pedagogik yo‘nalishga doir xalqaro tajribalarni o‘rganish;

pedagogik muasssalarning barqaror tizimini ishlab chiqish va ularning samaradorligini oshirish.

Pedagogikaning rivojlanish manbalari



  • turmush tarzi, an’nalar va marosimlar, xalq pedagogikasida aks etgan ko‘p asrlik amaliy tajriba;

  • falsafiy, ijtimoiy, pedagogik va psixologik manbalar;

  • jahon va milliy tarbiya amaliyoti;

  • maxsus tashkil etilgan pedagogik tadqiqot natijalari;

  • novatorpedagoglarning tajribasi.

  • XXI asrda pedagogika fani rivojining asosiy tendensiyalari

  • Pedagogikaning fan sifatida amaliy jihatining kuchayishi.

  • Pedagogikaning fan sifatida tabaqalashuvi, ya’ni aniq ob’ekt va predmetiga ega yangi yo‘nalishlarining vujudga kelishi;

  • Pedagogikaning boshqa fan sohalari bilan integratsiyalashuvi.

  • Pedagogika fanining taraqqiyotiga ta’sir etuvchi ayrim jihatlar

  • Matematikstatistik, biopsixologik va gnoseologik semasiologik fanlari natijalaridan keng foydalanish asosida pedagogikaning boshqa insonshunoslik fanlari bilan mustahkam aloqalarini o‘rnatish va ilmiy bilimlarning integratsion jarayonini chuqurlashtirish.

  • Dunyoni pedagogik anglashning nazariyfundamental doirasini kengaytirish, ya’ni fanning ilmiy maqomi va ijtimoiy funksiyasini saqlab qolish uchun nazariyadan amaliyotga tomon harakatlanish kerak.

  • Pedagogik fanlar taraqqiyotini ta’minlashda matematikstatistik va semantiksemasiologik axborot manbalaridan tizimli foydalanish.

  • Ijtimoiy xulqatvor me’yorlarini optimallashtirish, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish mexanizmlarini boshqarishda pedagogik jarayonni axborotlashtirishga alohida e’tibor qaratish.

  • Pedagogika o‘z rivojining individual traektoriyasini saqlab qolishi hamda boshqa fanlarning tushuncha va kategoriyalaridan o‘rinsiz foydalanish hisobiga uning tushunarsiz va murakkablashuviga olib kelmaslik.

  • Global planetar muammolarni hal etish uchun shaxslararo, millatlararo va davlatlararo munosabatlarni insonparvarlashtirish va ahloqiy me’yorlarning to‘liq ta’minlanishiga doir ilmiytadqiqotlarni amalga oshirish.

Dunyoga kelgan go’dak ma’lum yoshga qadar individ hisoblanadi. “Individ” lotincha "individium" so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “bo’linmas”, “alohida”, "yagona" ma’nolarini anglatadi. Individ biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir.

Shaxsning shakllanishida harakat o’ziga hos omil sanaladi. Go’dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni qiladi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik shartli reflekslar bo’lib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo’zo’atuvchilarga javob tarzida yuz beradi.

Go’dakda nutqning hosil bo’lishi, shuningdek, uning tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo’la boshlanishi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro’y berishi Shaxs shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi.

Shaxs deganda muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam-inson individi Shaxsga aylanmoo’i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o’z hususiyati va sifatlari bilan boshqalardan farq qilishi lozim.

Har bir odam Shaxs sifatida turlicha namoyon bo’ladi. U o’zining hususiyati, qiziqishi, qobiliyati, aqliy jihatdan rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular Shaxsning o’ziga hos hususiyatlari bo’lib, mazkur hususiyatlari rivojlanib ma’lum bir bosqichga etsagina u kamol topgan Shaxs sifatida namoyon bo’ladi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida qaror topadi.

Shaxsning rivojlanishi avvalo unda Shaxsiy hislatlarning shakllanishi bilan boshlanadi. Rivojlanishi o’zida Shaxsning jismoniy, aqliy va boshqa hislatlarning takomilini namoyon etadigan jarayon bo’lib, bunday hislatlarning tuo’ma, ba’zilari keyinchalik erishgan bo’ladi.

Shaxs nomini olish uchun nimalar kerak?- degan savolning tug’ilishi tabiiydir. Odam ijtimoiy mavjudot sifatidan Shaxsga aylanishi uchun unga ijtimoiy - iqtisodiy hayot sharoitlari muhit va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular hamda Shaxsning nasliy hususiyatlarining takomillashib borishi odamning rivojlanishi, Shaxs sifatida namoyon bo’lishini ta’minlaydi.

Odam bolasining Shaxs sifatida rivojlanishini, uning har tomonlama kamolga etishi uchun pedagogika fani Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador bosqichlarni aniqlashi kerak. SHuningdek, bola Shaxsining rivojlanishida faoliyatining o’rni va ahamiyatini ham o’rganishi lozim.

Biz yuqorida “rivojlanish” tushunchasini juda ko’p ishlatdik. Endi ushbu tushunchaga atroflicha yondoshib, ta’rif berishga harakat qilaylik. Odam biologik mavjudot sanaladi, tabiiy, biologik va ijtimoiy qonuniyatlarga bevosita bo’ysunadi.

Boshqacha qilib aytganda, Shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining mahsus qonunlariga bo’ysunadi. Bulardan tashqari odamning komil inson bo’lib etishuvida aniq maqsad asosida tashkil etilgan hatti-harakat, iroda sifatlarining kamol topishi asosida ayrim nuqsonlarning bartaraf etilishi qiyinchiliklarni engib o’tishga bo’lgan ishonchi ham muhim ahamiyatga egadir.

Ma’lumki, hayoti davomida inson jismoniy va psihik jihatdan o’zgarib boradi. Lekin bolalik, o’smirlik va o’spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi.

Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o’sishi, o’zgarishi tufayli Shaxs sifatida kamolga etadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar sistemasida o’ziga munosib o’rin egallaydi.

Anatomik va fiziologik harakterdagi o’zgarishlar jismoniy rivojlanishga taalluqlidir. Odam bo’yining o’sishi, gavda oo’irligining ortib borishi, gavda tuzilishining o’zgarishi, qon bosimi, o’pka sio’imi, tayanch-harakat apparatining holati va boshqalar jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlaridir.

Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o’zgarishlar, chunonchi, diqqat va hotira darajasi, tafakkur hususiyatlari, so’z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqalar ruhiy rivojlanishga taalluqlidir.

Shaxs rivojlanishida u yoki bu faoliyat turlari (o’yin, o’qish, mehnat va boshqalar)ning turli yoshdagi faoliyatlar mazmuni (maqsadga yo’naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo’lishi, ularning samaradorligi va h.k) shuningdek, aloqa, muomala hamda kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ijtimoiy-ahloqiy me’yorlarga bo’ysunish, ijtimoiy burchni anglash, unga nisbatan mas’ullik kabi hususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

Shaxsning shakllanishida Shaxsiy hislat va sifatlarning rivojlanib, taraqqiy etib borishi muhim o’rin tutadi. Shaxs sifatlarini to’o’ri aniqlash uchun turli munosabatlar jarayonida uni o’rganish maqsadga muvofiqdir.

Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimi kadrlarning yangi avlodi tafakkurini, ongini shakllantirishga hizmat qiladigan zarur bir soha sifatida namoyon bo’layotgan ekan, Shaxs ta’rifi ham birmuncha oydinlashadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismiga kirgan "Shaxs" quyidagicha ta’riflanadi:



Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi hizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi.

Demak, Shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo’lib, ongli faoliyat bilan shuo’ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o’z o’rni bor.

Shaxsning rivojlanishi esa barcha tuo’ma va hosil qilingan hususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, fiziologik va psihologik hususiyatlar, faoliyat va hatti-harakatning miqdoriy va sifati o’zgarish jarayonidir.


Download 294,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish