2-mavzu. Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘G‘risidagi fan. Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi tayanch tushunchalar


Pedagogikaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va rivojlanish bosqichlari



Download 294,61 Kb.
bet2/34
Sana14.01.2022
Hajmi294,61 Kb.
#362903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
2-mavzu

2.2. Pedagogikaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va rivojlanish bosqichlari

Dastlabki pedagogik vazifalar va ularning yechimini topishga karatilgan faoliyat hamda pedagogik fikr taraqqiyotiga Qadimgi Rim faylasuflari – Lukresiy Kar (yer.av.9954yillar), Mark Fabiy Kvintalian (4218 yillar), o‘rta asrlarda Kvint Tertulian (160220 y.), Avreliy Avgustin (354430yy.), Foma Akvinskiy (12251275yy.). Uyg‘onish davri mutafakkirlari Viterino da Feltre (13781446), Xuan Vives (1442 – 1540y), Yerazm Rotgerdamskiy (1469 – 1536 yy.), Fransua Rable (1494 – 1533y.), Mishel Monten (15331592y.)lar o‘zlarining beqiyos hissalarini qo‘shdilar.

Pedagogika mustaqil fan va nazariy pedagogik soyalar sohasi sifatida XVII – XX asrlarda rivojlandi. U dastavval ingliz tabiatshunosi Fridrix Bekon (1561 – 1626) tomonidan falsafa fani mazmunidan ajratilib ta’lim va tarbiya qonuniyatlarini o‘rganuvchi mustaqil fanpedagogika fani bo‘lishi lozim degan g‘oya asosida nazariy pedagogik fikrlar soha degan tavsiya asosida erkin rivojlandi. So‘ngra pedagogika fani chex pedagogi YaN Amos Kolinskiying (15921670 y) “Buyuk didaktika” (1657) asarida ta’lim prinsiplari, shakllari, o‘qitish mazmuni, sinfdars tizim g‘oyalarining iste’molga kiritilishi pedagogikaning fan sifatida mustaqil rivojlanishi asos bo‘ldi.

Pedagogikaning tarbiya fani sifatida rivojlanishida ingliz faylasufi va pedagogi Jon Lokk (1632 – 17o4) va uning asari “Tarbiya haqida fikrlar”, fransuz ma’rifatparvari J.J.Russo (1712 – 1778)ning “Erkin tarbiya” nazariyasi, shveysariyalik pedagog I.G.Pestalossi (1746 – 1827)ning bolalar tarbiya protsesslarida nazariy g‘oyalarni, amaliy faoliyat bilan qo‘shib olib borish thg‘risidagi g‘oyasi, nemis filosofi, psixologi va pedagogi I.F.Gerbardt (17761841)ning tarbiyalovchi ta’lim nazariyasi, A.Disterverg (17901866)ning rivojlantiruvchi ta’lim g‘oyalari pedagogika fanining mustaqil fan sifatida taraqqiy etishiga asos bo‘ldi.

Rossiyada V.T.Belinskiy(18111848y.), A.I.Gersen (1812 – 1870yy.), N.A.Dobrolyubov (1826 – 1861y.), N.G.Qernishevskiy (1828 – 1889yy.), L.N.Tolstoy (1828 – 1900yy.), A.I.Piragov (18101881yy.), K.D.Ushinskiy (1824 – 1871yy.),V.A.Suxomlinskiy (1918 – 1971yy.)lar pedagogika fanining rivojiga katta hissa qo‘shib, uning tarbiya nazariyasi sifatidagi fundamental fan ekanligini ilmiy asoslab berdilar.

Pedagogika fanining yuqorida izohlangan konsepsiyalar yo‘nalishlarida shakllanishi va rivojlanishida Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ulushlari ham beqiyos... 1X – asr ensiklopedist – mutafakkiri Muhammad Muso al-Xorazmiy (780850)o‘zining “Kitob al jabr almuqobala”, “Ziji Xorazmiy”, “Astrolyabiya bo‘yicha risola”, “Quyosh soati haqida risola”, “Musiqa bo‘yicha risola”, “Tarix haqida” kabi asarlari bilan pedagogikaning ta’lim nazariyasini boyita oldi. O‘qitishning teskari aloqa metodini ilmiy asoslab, uning didaktik xususiyatlarini amaliy jihatdan izohladi.

Ijtimoiy tarbiya, axloqiy shakllanish g‘oyalari bilim har tomonlama insonni va insoniyatnirivojlantirish to‘g‘risida ta’limotni ilgari surgan Abu Nasr Forobiy (873950) pedagogikani ilg‘or ilmiy g‘oyalar bilan boyitdi. Uning “Fozil shahar aholisining qarashlari,” “Baxt – saodatga erishish haqida traktat”, “Donolik javhari”, “Musiqa xaqida so‘z” nomli risolalarida insonning fozillikka, mukamallika erishuvi, yaxshilik ko‘rsata olishi, uning ahloqiga , aqliga, bilim va ma’rifatga egaligiga bog‘liqligini ta’kidlab, bilim olish, tarbiya ko‘rish insonni baxtsaodatga erishtiruvchi kalit deb bildi. Shuningdek Forobiy o‘z asarlarida ta’lim, tarbiya , baxsaodat, bilim, ko‘nikma, malaka to‘g‘risida so‘z yuritib pedagogika nazariyasi va amaliyotini boyitdi.

Xorazmlik buyuk olim, mutafakkir Abu Rayxon Beruniy (9731078) garchi pedagogika faniga doir maxsus asar yozmagan bo‘lsada, o‘zining “Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar”, “xindiston”, “Saydana”, “Mas’ud qonuni” kabi asarlarida axloqiy – ma’rifiy masalalarni ko‘tardi. U birinchilardan bo‘lib, o‘qitishning ko‘rgazmalilik, ketmaketlik, maqsadga yo‘nalganlik, bilim oluvchining yoshiga, kuchiga, o‘rganish qobiliyatiga mosligi kabi prinsiplarini tavsiya qilib, ularning ilmiy yo‘nalishlarini asosladi. “Mening butun fikryodim, qalbim, deb yozadi Beruniy, bilimlarni berishda o‘quvchilarning kuchiga, yoshiga qarab berishga qaratilgan. Chunki bola yoshiga mos bilimlarni tez o‘zlashtiradi va undan lazzatlanadi. Bu esa bola uchun katta baxt” (Beruniy ).

G‘arbda va Sharqda “Shayx ur rais – olimlar boshlig‘i” unvoniga ega bo‘lgan, jahon madaniyati va ma’rifatining rivojiga katta hissa qo‘shgan, benaziralloma Abu Ali ibn Sino (9801037) pedagogika fanining rivojiga salmoqli hissa qo‘shganlardan hisoblanadi. U o‘zining “Donishnoma”, “Kitob ul – insof”, “Solomon va Ibsol”, “Hayy ibn Yaqzon” kabi asarlarida tarbiya va ta’limga oid g‘oyalarini aks ettirdi. Ibn Sino tarbiya jarayonini aqliy tarbiya, jismoniy tarbiya, estetik tarbiya, ahloqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi, yaxlitligida deb bildi. Shunga asosan tarbiya bolalarda yuqorida ta’kidlangan tarbiya komponentlarining mezonlarini singdirish va ularga kasb o‘rgatishdan iborat bo‘lmog‘i darkor deb bildi va shunga tavsiya qildi. U jamoaviy va guruxiy o‘quv shakllarini qo‘llashga da’vat etdi. Bunday o‘qitishda bilim oluvchilar birbirlariga taqlid qilib, birbirlariga tayanib, qiziqib bilim oladilar deb bildi.

Uning axloqiy qarashlari va odobaxloq to‘g‘risidagi g‘oyalari “Solomon va Ibsol” qissasida bayon etilgan. Bunda halollik, rostgo‘ylik, sadoqat, pok muxabbat va iroda makr va axloqsizlik ustidan g‘alabasi ko‘rsatadi. U o‘zining pedagogikasida “ezgulik”, “yovuzlik”, “kamtarlik”, “axloqiylik”, “iroda”, “sabrtoqat” tushunchalarining falsafiy pedagogik izohini keltiradiki, bu o‘sha davr pedagogikasi uchun ilg‘or g‘oya edi.

Shuningdek, Yusuf Xos Hojib (X1asr) – “Qutadg‘u bilig‘”, (“Baxtga eltuvchi bilim”), Ahmad Yugnakiy (XP asr) – “Hibatul haqoyiq”, Alisher Navoiy (1441 – 1501) “Lison uttayr”, “Maqbul ul qulub”, Abduqodir Bedil (16441721), Ahmad Donish (18271897) “Navodir ul voqea” (“Nodir voqealar”), Abdulla Avloniy (18781934) “Turkiy guliston yoxud axloq” va Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Siddiq Rajabovlar pedagogika fanining rivojiga munosib hissa qo‘shgan ma’rifatparvarlar hisoblanadilar. Ularning orif inson, fozil inson, komil inson to‘g‘risidagi ta’limotlari, o‘qish, o‘qitish yo‘nalishidagi qarashlari, tavsiyalari hozirgi davr pedagogikasi ya’ni shaxsga – yo‘naltirilgan tarbiya va ta’limini joriy etishga qaratilgan yangi insonparvar pedagogikani rivojlantirish uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi.

Davlat va jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti va ma’naviy – madaniy hayoti yosh avlodning ta’limtarbiyasi bilan bog‘liq. Zero, ular insonning ma’naviy – ahloqiy yuksalishini ta’minlab, jamiyat taraqqiyotini tezlashishini yo‘lga qo‘yadi. Chunonchi, tarbiya har qanday tarixiy ijtimoiy davrlarda jamiyat hayoti va taraqqiyoti bilan bog‘liq holda shakllanib, takomillashib borgan. Shu bois tarbiya – ijtimoiy hayotning zaruriy hodisasi xisoblanadi. Zero, tarbiya jamiyatning yanada rivojlanishi mamlakatdagi ishlab chiqarish kuchlarini, mehnat jarayonlarini yosh avlodni, insontafakkurini, ma’naviy, madaniy imkoniyatlarini takomillashtirishning zaruriy shartidir., mehnat jarayonida kattalar yoshlarga o‘z ish tajribalarini o‘rgatishga majbur bo‘lishgan. Keyinchalik, hayot taqazosi bilan mehnat qurollarini tayyorlash, ulardan mehnat jarayonida foydalanish, to‘g‘onlar qurish ishlari birmuncha murakkablashganligi sababli, mehnat qurollarini yasash va ulardan o‘z faoliyatlarida foydalanini o‘rgatuvchilarga ehtiyoj sezilgan va bu vazifa kattalarning zimmasiga tushgan. Ular yosh avlod to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilganlar va to‘plangan tajribalarini yoshlarga o‘rgatganlar, ularni hayotga tayyorlaganlar. Bunday faoliyat kattalarni ustoz maqomiga ega qilib, yoshlarni hayot va mehnatga tayyorlash uchun tarbiya bilan shug‘ullanganlar. Ularni shu davrdan boshlab bolalar va yoshlarni hayot va mehnatga o‘rgatuvchilar, ya’ni tarbiyachilar deb atay boshlaganlar. Shunday qilib tarbiya –birinchi marotaba faoliyat turiga aylanib, yosh avlodni hayotga o‘rgatish, ularni mehnat qilishga yo‘llash, tushuni soxasi bo‘lib qolgan, hamda inson faoliyati, ongini rivojlantirishning muhim omili sanalgan. Agar faoliyat (tarbiyani amalga oshiruvchi) bo‘lmaganida mamlakat va jamiyat katta avlod tomonidan to‘plangan tajribalarni yosh avlodga va jamiyat katta avlod tomonidan to‘plangan tajribalarni yosh avlodga yetkazish va o‘rgatish metodi sifatida qaralmaganda, har bir ijtimoiy taraqqiyot davrida yangi avlod xammasini boshidan boshlashga to‘g‘ri kelardi. Mana shunday tarzda pedagogika fani maydonga keldi va ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot, ma’naviyma’rifiy hayotning muhim omili sifatida rivojlandi va davrning o‘zgarishi bilan mazmunan va shaklan o‘zgarib yangi ko‘rinish kasb etdi.

Yuqorida bayon etilgan fikrlar, buyuk mutafakkirlar va ma’rifatparvarlarning pedagogik asoslari, nazariyalari, qarashlarini kuyidagi ilmiypedagogik bilimlarga ajratish mumkin;


  • pedagogik bilimlar va g‘oyalarning falsafa fani negizida rivojlanishi.

  • tarbiya to‘g‘risidagi qarashlar, nazariyalarning falsafiy – pedagogik ta’limot mazmunida ifodalangan fan sifatida shakllanishi;

  • taxminiy, faraziylik va utonik nazariya va qarashlarga asoslangan pedagogikadan, ilmiy asoslangan ta’limotlarni, nazariyalarni ifodolovchi fan sifatida rivojlanish...

  • nazariy bilimlarning hayotiy tajriba va amaliyotda natijalarni qamrab oluvchi fan sifatida taraqqiy etganligi.



Download 294,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish