2-Mavzu: Psixika va ongning taraqqiyoti. Theme 2: Psychological and development of consciousness



Download 48,29 Kb.
bet4/12
Sana05.01.2022
Hajmi48,29 Kb.
#318958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-mavzu

TROPIZM TURLARI




FOTOTROPIZM

derazadagi gulning yorug‘likka qarab intilishi

GELIOTROPIZM

o‘simlikning quyoshga intilishi

XEMOTROPIZM

kimyoviy moddalarga moslashuvi

TOPOTROPIZM

tebranish va qimirlashdan ta’sirlanish

TERMOTROPIZM

haroratga nisbatan o‘zgaruvchanlik



U ham muhitning tashqi ta’sirlarga javob berishi asosida vujudga keladi. Faqat sezuvchanlik seskanuvchanlikka nisbatan yuqoriroq bosqichdir. K.E.Fabri fikricha, psixik taraqqiyotning ikkinchi bosqichi ko‘p hujayrali hayvonlarga xosdir. Ko‘p hujayrali hayvonlarda aks ettirish birmuncha yuqori bo‘ladi. Bunday hayvonlarga kovakichlilar (gidra, meduza)ni kiritish mumkin. Ular ham bir hujayrali hayvonlar kabi suvda yashaydi. Lekin kovakichlilar o‘zining tuzilishi jihatidan bir hujayrali hayvonlardan ancha murakkabdir. Ularning murakkabligi hujayralarining bir-biridan farq qilganligidadir: tanasining tashqi qismidagi hujayralar qoplagich, ichki hujayralar esa hazm qiluvchi bo‘ladi. Evolyutsiya zanjirining yuqoriroq pog‘onasida turgan ko‘p hujayrali hayvonlarda tana tuzilishi ham ancha murakkablashadi, yer sharoitiga mos o‘zgarishlar yuz beradi, turli taassurotlami aks ettiradigan sezgi organlari vujudga keladi, aks ettirish ham murakkablashadi. Rus fiziolog olimi I.M.Sechenev inson miyasi va organizmining psixik jarayonlar bilan o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha ulkan ishlar olib borgan va psixologiyaga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan. Keyinchalik uning fikrlarini Pavlov rivojlantirdi va shartli reflekslar hodisasini ochdi. I.P.Pavlovning fikrlari va ixtirolari hozirgi kunda yangi nazariyalar yaratishga asos bo‘ldi. Bularning ichida Breynshteyn, Xoll, Anoxin, Sokolovlarning nazariya va konsepsiyalari ajralib turadi. Sechenov fikricha, barcha psixik hodisalar o‘zining ortidan murakkab reflekslar va fiziologik hodisalami namoyon qiladi. Pavlovning fikricha o‘zini tutish murakkab shartli reflekslarning qo‘shilishi natijasida paydo bo‘ladi. Biroq shartli reflekslar bu oddiy fiziologik hodisalar ekanligi keyinchalik ma’lum bo‘ldi. Shartli-reflekslar haqidagi bilimlarning ochilishiga qaramay, keyinchalik tirik jonzotlarning yangi qobiliyatlarini o‘zlashtirishning boshqa usullari ustida ham ishlar olib borildi. Bunda, ayniqsa, Sokolov va Izmaylovlarning xizmatlari katta. Ular tomonidan konseptual reflektor yoyi tushunchasi ilgari surilgan. U uch o‘zaro bog‘liq lekin nisbatan erkin neyronlar sistemasidan iborat: afferent (sensorli analizator), effektor (bajaruvchi, harakat organlariga javob beruvchi) va modellashtiruvchi (afferentiv va effektor sistemasi ustidan boshqarib turuvchi). Birinchi neyronlar sistemasi ma’lumotlar qabul qilinishi va qayta ishlanishini ta’minlaydi, ikkinchi sistema buyruqlar ishlab chiqarilishi va ularning bajarilishini ta’minlaydi, uchinchisi ikkinchi va birinchi sistema ustidan ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi. Bu nazariya bilan bir qatorda boshqa nazariyalar ham mavjud, bir tomondan psixik jarayonlarning o‘zini boshqarishdagi roli, boshqa tomondan o‘zini boshqarishda umumiy boshqaruv modellarining tuzilishida fiziologik va psixologik hodisalarning namoyon bo‘lishi. Bemshteynning fikricha eng sodda o‘zlashtirilgan hatti-harakatning o‘zi ham, murakkab harakatlarni inobatga olmagan holda psixikaning ishtirokisiz amalga oshirilishi mumkin emas. Uning ta’kidlashicha, har qanday harakatning paydo bo‘lishida psixomotor reaksiya mavjud. Tananing har bir qismida gangliylar (nerv tugunlari) qo‘shilib, bir-biri bilan nerv yo‘llar orqali bog‘langan nerv markazlarini tashkil qiladi. Ayniqsa bosh qismida joylashgan markaz murakkab tuzilgandir.


Download 48,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish