2-mavzu: texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendensiyalari. Reja



Download 1,52 Mb.
bet5/7
Sana26.05.2022
Hajmi1,52 Mb.
#609412
1   2   3   4   5   6   7
SISTEMA BLOKI odatda, (desktop) yoki minora ko’rinishida bo’lishi mumkin. Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo’lib, ular quyidagilardir:
Tezkor xotira-mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari (kontrollerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta’minlash bloki), yumshoq disk qurilmasi, qattiq disk qurilmasi, faqat o’qish uchun mo’ljallangan lazer disk qurilmasi, modem va boshqa qurilmalar.
Sistema blokiga uning parallel va ketma-ket portlari orqali ko’plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
MODEM modulatsiya, demodulatsiya so’zlaridan olingan bo’lib uzluksiz signallarni raqamli (modulatsiya) va raqamli signallarni uzluksiz (demodulatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqalarni o’rnatish. U o’zining kommunikatsiyon dasturlariga ega bo’lib, bu dasturlar yordamida ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo’lishi mumkin. Hozirda ko’p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.
Kompyuter telefon tarmog’i orqali axborot almashish maqsadida ishlatilayotganda, telefon tarmog’idan olingan signalni qabul qila oluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma lozim bo’ladi. Qurilmaning kirishida axborot modulatsiya qilinadi, chiqishda esa aksincha, demodulatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan.
Modemning asosiy vazifasi kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmog’i ish chastotasi diapazonidagi mos chastotadagi signalga aylantirishdan iborat. Bu tarmoqning akustik kanalini modem quyi va yuqori chastota yo’laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo’lak ma’lumotlarni uzatishda ishlatiladi, yuqori chastotali yo’lak esa qabul qilish uchun qo’llaniladi.
Modemning, yuqorida aytganimizdek, ikki turi mavjud: ichki va tashqi modem. Ichki modem plata ko’rinishida kompyuter ichiga maxsus joyga o’rnatiladi. Tashqi modem esa, ham faks, ham modem rolini o’ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi.
Eng ko’p tarqalgan modem birinchi modemlarni ishlab chiqargan firma nomi –HAYES deb nomlangan moslashtirilgan modemlardir. Bunday modemlar Hayes Smart modem bilan moslasha oluvchi AT buyruqlarini ishlatadi. Barcha Hayes modemlar uchun standart bo’lgan buyruqlardan tashqari, har bir ishlab chiqaruvchi foydalanuvchiga o’ziga xos turli-tuman buyruqlarni taklif etadi va bu buyruqlar o’sha firma modemlaridagina kuchga ega bo’ladi.
Buyruqlar modem va telefon tarmog’i orqali uzatiladigan axborotning qaysidir bir standartiga xos bo’lishi kerak. ZYXEL firmasining modemlari ham keng qo’llanila boshlandi. Ular ZYXEL ning ma’lumotlarini uzatish imkonini beruvchi maxsus ZYX protokoliga ega. Ularning keng qo’llanilishi 90-yillar haridorlarining boshqa turdagi modemlarini harid qilish imkonlari yoqligidan kelib chiqadi. Ularning asosiy kamchiligi-yuqori narxi, haridorni cho’chitadi. Biroq shunga qaramay, bank strukturasi va davlat idoralari, odatga ko’ra, shu firma modemlaridan foydalanadilar.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish