2-Mavzu: Transport turlari va temir yo’l transportining rivojlanish tarixi. Reja


О’zbekistonda temir yо’llarning rivojlanishi, hozirgi holati va istiqbollari



Download 1,39 Mb.
bet8/9
Sana15.06.2022
Hajmi1,39 Mb.
#674586
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Mavzu.

О’zbekistonda temir yо’llarning rivojlanishi, hozirgi holati va istiqbollari

Chor Rossiyasi va Sovetlar davrida о’tgan qariyb 130 yil davomida о’lkamiz boyliklari uzluksiz tashib ketilgan. «Shu davr ichida xalqimiz boshiga ne-ne kulfatlar, baloyu-ofatlar yog’ilmadi» deyiladi yurtboshimiz I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yо’q» asarida.


Temir yо’l transporti endilikda mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun faoliyat kо’rsatmoqda. О’z navbatida, davlatimiz va hukumatimiz ham bu tarmoqqa katta e’tibor qaratmoqda. Sanoqli yillar ichida bir necha kilometrlarda yangi yо’llar qurilib, qudratli korxonalar bunyod etildi.



Rasm 2.13 Toshkent vokzalining dastlabki kо’rinishi



Rasm 2.14. Toshkent vokzalining hozirgi kо’rinishi


Mustaqillikka erishganimizdan keyin Respublikamizda katta о’zgarishlar bо’lib о’tmoqda, shu jumladan, temir yо’l sohasida ham. Bulardan biri Uchquduq-Misken-Sultonuzaq temir yо’l qurilishidir. Yangi temir yо’l loyihasi 1993-yiliyoq tuzilib, kо’plab loyihalardan eng maqbuli tanlab olinib. Va 1996-yildayoq yangi yо’l qurilishi boshlangan. Bu temir yо’l tо’la ishga tushgandan sо’ng qoraqalpog’iston respublikasiga, Xorazmga yuk tashuvchi va yо’lovchi poyezdlari tо’g’ridan-tо’g’ri о’z yurtimiz hududidan boradigan bо’ldi. Bundan tashqari, yangi korxonalar qurilishi, sahro bag’rida yangi yerlar о’zlashtirilishi, temir yо’l shohobchalariga xizmat kо’rsatish hisobiga ming-minglab ish joylarining ochilishiga imkon yaratdi.





Rasm 2.15. О’zbekiston temir yо’llari DATKning hozirgi chizmasi


Yangiliklardan yana biri vagon ta’mirlash zavodining ishga tushishidir. Ilgari bu zavod о’rnida vagonlarni depo darajasida ta’mirlaydigan korxona bо’lar edi. 1996-yil О’zbekiston hukumati bilan Yaponiyaning tashqi iqtisodiy hamkorlik jamg’armasi о’rtasida kredit bitimi imzolandi.


Zavodda ishchilar soni 1280 ta bо’lib yiliga 450 tagacha vagonni yalpi ta’mirlashga qurbi yetadi. Alohida ta’kidlash lozim bо’lgan yana bir muhim gap shuki, ilgari vagonlarimiz 50-70 ming AqSH dollari evaziga Rossiyada ta’mirlanar edi. Endi esa katta miqdordagi valyuta ham tejalmoqda.

Rasm 2.16 Yangi vagon ta’mirlash zavodi


Rasm 2.17 TRASEKA transport yо’lagi


Yana muhim yangiliklardan biri TRASEKA dasturining loyihalanishidir. Shuning uchun XX asrning 90-yillari Bryusselda о’tkazilgan halqaro konferetsiyada transport yо’lagini tuzish dasturi qabul qilindi.


Transport yо’lagi Yevropadan, ya’ni /arbdan – Sharqqa qora dengizni kesib о’tib, sо’ng Kavkaz va Kaspiy orqali Markaziy Osiyoga, undan sо’ng Xitoyga qadar davom etadi va bu dastur TRASEKA nomini oldi. Loyiha davlatlararo mahsulot ayriboshlash hajmini oshirib davlat iqtisodini rivojlantirishga katta hissa qо’shadi.
Temir yо’l transportini istiqbolli rivojlantirish dasturiga muvofiq ustivor vazifalar qatorida quyidagilar belgilangan:
- yangi temir yо’l liniyalarini qurish;
- temir yо’l uchastkalarini elektrlashtirish;
- mavjud temir yо’llar quvvatini tiklash;
-harakatdagi tarkiblarni ta’mirlaydigan bazalarni rivojlantirish;
- vagon va lokomotivlar parkini zamonaviylashtirish;
- tezyurar transport kommunikatsiyalarini tashkil etish.
Transafg’on yо’lagini barpo etishda yangi /uzor-Boysun-qumqо’rg’on temir yо’l liniyasining qurilishi alohida ahamiyatga ega.
Uchquduq 2-Miskin, Gazо’choq-Miskin-qoraо’zak yangi temir yо’l liniyasining qurib ishga tushirilishi О’zbekiston temir yо’llari tarmog’iga barqaror о’zgarishlar olib kirdi.



Rasm 2.18. Yangi qurilgan temir yо’l liniyasi


2004-yilda Toshkent-Samarqand-Buxoro yо’nalishlarida ilk bor tezyurar elektropoyezdi qatnovi tashkil etildi.


О’zbekistonda «Toshtemiryо’lloyiha» ochiq aksiyadorlik jamiyatining instituti 65 yildan beri faoliyat kо’rsatib О’zbekiston temir yо’llarini rivojlantirish bilan bog’liq bо’lgan kо’pdan-kо’p loyihalarni amalga oshirib keladi. Jumladan, yangi temir yо’llar qurish, mavjud yо’llarni elektrlashtirish, stansiyalarni va boshqa inshootlarni qayta qurish, zamonaviy kommunikatsiyalarni barpo etish ushbu institutning samarali mahsulidir.
О’zbekistonda temir yо’llarga va umuman halq xо’jaligiga yetuk mutaxassislar tayyorlash, temir yо’l uchun keng kо’lamli ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlarini olib borish yо’lida Respublikada yagona Toshkent temir yо’l muhandislari instituti faoliyat kо’rsatadi.



Rasm 2.19. Toshkent temir yо’l muhandislari instituti




Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish