2-Mavzu: Transport turlari va temir yo’l transportining rivojlanish tarixi. Reja


Rossiyada temir yо’l transportining rivojlanish tarixi



Download 1,39 Mb.
bet7/9
Sana15.06.2022
Hajmi1,39 Mb.
#674586
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Mavzu.

Rossiyada temir yо’l transportining rivojlanish tarixi
Ural zavodchilari Demidovlar qо’lida ishlagan Nijniy Tagil zavodi mexanigi ota-о’g’il YE.A.Cherepanov va M.YE.Cherepanovlar Rossiyada birinchi parovoz va birinchi temir yо’lni qurib, 1834-yil avgustida ishga tushirdilar (rasm 2.11). Ikkinchi parovoz 1835-yilda qurilib, temir yо’llarning uzunligi 3,5 kilometrga yetkazildi va unda yuklardan tashqari yо’lovchilar ham tashila boshlandi. Ammo Cherepanovlarning bu ixtirolariga ularning tiriklik chog’larida e’tibor qilinmadi.



Rasm 2.11. Parovoz


Faqat, 1834-yilda Rossiyaga kelib temir yо’l qurilishini asoslab bergan Vena universitetining professori F.A.Gerstnerning taklifi bilan umumfoydalanish uchun Rossiyada birinchi temir yо’l S.Peterburgdan Sarskoye selogacha 27 km uzunlikda qurildi. Unda 42 ta katta bо’lmagan yog’och kо’priklar, besh stansiya qurib bitkazildi va 1837-yilning 11-noyabrida foydalanish uchun rasmiy ravishda ishga tushirildi. Sarskoye selo temir yо’li Rossiya uchun temir yо’llarning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini isbotladi. Shundan keyingi davrda Peterburg va Moskva shaharlari orasida 651 km uzunlikda bо’lgan ikki yо’llik murakkab injenerlik yechimlariga ega bо’lgan magistral temir yо’l qurilib, 1851-yil 1-noyabrda rasmiy ravishda ishga tushirildi. Bu yо’lda 34 stansiya va 184 kо’prik qurildi. Temir yо’lning kengligi 1524 mm qilib belgilandi. Birinchi poyezd yо’lovchi poyezdi bо’lib, Moskvaga 27 soat ichida yetib keldi.


Keyingi temir yо’llar qurilishi davriy о’zgarishlar bilan davom etdi. XIX asrning 60-80 yillari orasida temir yо’llarda tezkor rivojlanish davri kuzatildi. 1891-yildan Buyuk Sibir temir yо’li jadal qurila boshlandi va Rossiyaning iqtisodiy taraqqiyotida katta о’zgarishlarga sabab bо’ldi.


О’rta Osiyoga temir yо’l transportining kirib kelishi
О’zbekistonning temir yо’llari tarixi 1874-yildan boshlangan bо’lib, ushbu davrda maxsus komissiya Orenburg-Toshkent temir yо’li qurilishini zarur deb topgan. О’rta Osiyoda temir yо’llarning qurilish tarixi 1880-yilda Kaspiyorti temir yо’li qurilishidan boshlanadi.
О’rta Osiyo hududida temir yо’l qurilishi eng katta muammoni hal etishga qaratilgan. U Chor Rossiyasining bu о’lkalarda harbiy ustunligi va siyosiy hukmronligini kuchaytirishga xizmat qilishi kerak edi. Shuning uchun ham temir yо’l qurilishi dastavval kaspiyortidan boshlangan. 1880-yil Axal-Tekin ekspeditsiyasidan sо’ng Kaspiy dengizidan qizil Arvatgacha temir yо’l qurildi. Vaziyatga kо’ra uni Chorjо’y va Samarqandgacha davom ettirish shart edi.



Rasm 2.12. О’zbekiston temir yо’llari rivojlanishi tarixi haritasi


О’rta Osiyoda uzunligi 217 chaqirimni tashkil etadigan birinchi temir yо’l 10 oyda qurib bitkazildi. 1881-yil 20-sentabrda Mixaylov qо’ltig’idan qizil Arvatgacha bо’lgan pо’lat izlar ustidan poyezdlar qatnay boshladi. Keyinchalik qizil Arvatdan Samarqandgacha temir yо’l davom ettirildi, hamda ikkinchi Kaspiyorti temir yо’l bataloni tashkil etildi. 1895-yil may oyida muhandis A.I.Urusatyev boshchiligida temir yо’llarni Samarqanddan Toshkent va Andijongacha davom ettirishga kirishilib, bu ish 4 yildan sо’ng nihoyasiga yetkazildi va temir yо’l uzunligi 2368 chaqirimga yetdi. Yо’lning 1748 chaqirimi Krasnovodsk - Toshkent yо’nalishiga, 294 chaqirimi Murg’ob, 306 chaqirimi Andijon tarmog’iga, 12 chaqirimi Kogon – Buxoro va 8 chaqirimi Gorchakovo (Marg’ilon) – Skobelev (Farg’ona) uchastkalariga tо’g’ri keldi. Shuningdek, temir yо’llarda 99 bekat, 96 kо’prik, neft va suv ta’minoti inshootlari, kо’plab turar joylar, ustaxonalar, bilim yurtlari bunyod etildi. 1900-yilda temir yо’l ixtiyorida 311 parovoz va 4552 vagon bor edi. Yо’lning о’tkazish imkoniyati 1903 yilda bir kecha-kunduzda 17 juft poyezdni tashkil etdi.


Rossiya 1900-yil kuzida Orenburg – Toshkent temir yо’l qurilishini boshlab yubordi. qurilish 2 tomonlama - Orenburg va Toshkentdan boshlanib, 1906-yilda umumiy uzunligi 1736 chaqirim bо’lgan Orenburg-Toshkent temir yо’li foydalanishga topshirildi. 354 chaqirimdan iborat Kinel – Orenburg tarmog’i ham о’sha yillari qurilgan edi. Butun temir yо’l tarmog’i 1906-yilda 2090 chaqirimdan iborat bо’lganligi haqida ma’lumotlar bor.
Toshkent – Orenburg yо’nalishi ikkinchi yirik temir yо’l tarmog’i bо’lib, u О’rta Osiyoni Rossiyaning markaziy sanoat hududlari bilan bog’lagan. Keyinchalik ichki yо’nalishlarni qurishga kirishilgan. Farg’ona temir yо’li, Kogon-Termiz, qarshi-Kitob uchastkasi shular jumlasidandir. 1908-yilga kelib, temir yо’l qurilishida xususiy tadbirkorlar va turli xil aksionerlik jamiyatlari ham faol qatnasha boshladilar.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish