2 Mavzu Turistik mahsulotlarning turlari va uning taqsimlanishi



Download 330,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana29.03.2022
Hajmi330,77 Kb.
#516318
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 Mavzu Turistik mahsulotlarning turlari va uning taqsimlanishi

Asosiy maxsulot
quyidagi savolga javob beradi: “Haridor aslida nima sotib 
oladi?” Har qanday maxsulot iste’molchining muammolarini hal qilish uchun 
ko’rsatiladigan turli xizmatlarning yig’indisi xisoblanadi. Antrekotlarga 
ixtisoslashtirilgan barcha restoranlar: “Antrekotlarni emas, balki tovardagi 
ishtahani qo’zg’atuvchi ma’zali tovushlarni sotish lozim” deyishadi. Marketing 
bo’yicha mutaxassislar har bir maxsulotning iste’molchisi uchun qanday manfaat 
borligini bilib, maxsulotni emas, aynan mana shu manfaatni sotishlari lozim. 
Hamroh yoki xayrihoh maxsulotlarga 
iste’molchiga asosiy maxsulotdan 
foydalanish uchun zarur bo’lgan xizmatlar va tovarlar kiradi. Masalan birinchi 
toifadagi mehmonxonalar, joylardan tashqari xonalarda telefonlar, restoran, kir 
yuvish, ximchistka xizmatlarini taklif qilishi lozim. 
Xizmat turlari chegaralangan “Ekonom” toifasidagi mehmonxonalarda 
xizmatlar faqat kelish va ketishda ro’yxatdan o’tkazish va telefon avtomatlarini 
taklif qilish bilan chegaralanib qolishi mumkin. Maxsulotni loyihalashtirish uchun 
maqsadli bozorni va unga hamroh bo’lishi lozim bo’lgan xizmatlarni tushunish
talab qilinadi.
Asosiy maxsulot unga hamroh bo’ladigan xizmatlarni talab qiladi, lekin 
qo’shimcha xizmatlarni emas. 
Qo’shimcha yoki yordamchi maxsulotlarga
asosiy maxsulotga qo’shimcha foyda keltiruvchi va boshqa raqobat qiluvchi 
maxsulotlardan ajratib turuvchi maxsulotlar kiradi. Mehmonxonalarda mijozlarni 
jalb qilishga yordam beruvchi qo’shimcha xizmatlarga biznes markazlar yoki 
salomatlik zallari kiradi. Bitta bozordagi hamroh maxsulot o’rtasidagi farq, boshqa 
bozorda qo’shimcha maxsulot bo’lishi mumkin. 
Masalan, mehmonxonada yashayotgan oilaga kir yuvish xizmatlari, 
ximchistka zarur bo’lmasa, xizmat safariga ketganlar aynan shularni ko’zlab 
joylashadi. Hayatt mehmonxonalar tizimi birinchilardan bo’lib, o’z mijozlariga 
yuvinish vositalari: shampun, konditsioner, va hohishiga ko’ra turli sovunlarni 
taklif qildi. Mazkur qulayliklarni kiritib ular asosiy maxsulot, joylarni sotishga 
yordam berdilar. Bugungi kunga kelib mazkur qulayliklar yirik mehmonxonalarda 
hamroh maxsulotlardan biriga aylandi. Boshqa mehmonxonalar ham mana shu 
tajribani o’zlarida qo’llay boshladilar, natijada mijozlar mazkur toifadagi 
mehmonxonalarda aynan ana shunda paket taklif qilinishiga o’rganib qoldilar. 
Xizmatlarning bir sutkada o’rta xisobda 225000 $ xarajatni talab qiluvchi ana 


shunday paketini ishlab chiqishdan oldin Hilton kompaniyasi ikki yil davomida o’z 
mijozlarining iste’mol qilish belgilar va o’ziga xos tomonlarini o’rgandi. 
Raqobatchi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarish qiyin bo’lgan 
qo’shimcha maxsulot ishlab chiqarilganda a’lo bo’lar edi. Bunda qo’shimcha 
maxsulot ustalik bilan joriy qilinishi lozim. Ko’zlangan samarani berishi uchun 
ular mijozlarning ishonchlarini oqlashi va undan ham yuqoriroq bo’lishi lozim. 
Biror turistik maxsulot yoki xizmat, jonli bir mavjudot kabi tug’iladi, 
yashaydi va yo’q bo’ladi. O’rtadan yo’q bo’lishning turli xil sabablari bordir: 
texnologik rivojlanishlar, raqobat, marketing strategiyasi, talabga mos bo’lmagan 
juda yuqori narx va qiymat yo’qotish. Bir maxsulot yoki xizmat bozorga 
chiqarilgandan keyin 4 ta davrni boshdan kechiradi. 
1. Bozorga kirish davri 
2. Rivojlanish davri 
3. Saqlanish davri 
4. Tushish davri. 
Bu davrlarning muddatlari maxsulot yoki xizmat turlariga ko’ra va korxonaning 
tashkiliy tuzilishiga ko’ra xilma-xillik ko’rsatadi. Mehmonxona xo’jaligida 
o’rtacha umri 10 yildir. Restoran yoki bar uchun bir necha yil, diskotekalar uchun 
esa vaqtinchalik moddalardan ta’sirlangani uchun juda kam muddatdir. 
 
1. Bozorga kirish davri: 
YAngi taqdim qilingan maxsulot yoki xizmat bozorga 
kiradi. Bu yerda eng ahamiyatlisi, maxsulotning bozorga mosligi, raqobat vositasi 
orqali talab yaratish, xalq bilan munosabatlar va sotishni tashkil qilish 
harakatlaridir. Iste’moldagi maxsulot yoki xizmat bozorda o’zining ishonchini 
kutadi. SHunday qilib, turli xil imkoniyatlarni o’rganish, kapital qarorlarini 
berishni bilish kerakdir. 
2. Rivojlanish davri
: Bu davrda sotishlar kutilmagan darajada ko’payadi. YAna bu 
davrda, raqobat hodisasi o’zini ko’rsatadi yoki taqlidchilar o’xshash maxsulotlarni 
bozorga kiritadilar. Agar maxsulot bozorda saqlanib tura olsa juda tez rivojlanish 
bo’ladi tannarx va sotish maxsulotlarda yuqori bo’lib, bozor to’lqinlaridan 
ta’sirlanadi. YAngi xaridor guruhlari belgilanadi. Turistik muassasalarga to’g’ridan 
to’g’ri bog’liq bo’lgan turoperatorlar yangi agentliklar bilan hamkorlikda seminar 
va banketlar tashkillashtiradigan davridir. 
3.Saqlanish davri
: Turistik maxsulot va xizmatlarni sotish tezligi sekinlashgan 
davrdir. YAngi iste’molchi topish asosiy hisoblanmaydi. Ular uchun eng 
ahamiyatlisi bozordan yetarli bir ulush olishdir, qo’lga kiritgani bozor bo’limini 
mumkin bo’lgan qadar muhofaza qilish uchun harakat qiladilar. Bu davrda turizm 
muassasalari, har bir narsaning yaxshi sotilgani va muddatli bo’lishini tushinadilar. 
Maxsulotlar o’zini yangilamagani taqdirda bozordan chiqish tahlikasi bilan 
yuzlashadilar. Sotish narxi asosan 3 ta omil sababli pasayish ko’rsatadi.
a) ishlab chiqarish yoki boshqarish texnikalarining ratsionallashishi va sotish 
hajmining ortishi oqibatida bir xona yoki ovqatning qiymat tannarxlaridagi 
kamayish.
b) o’xshash xizmatlar uchun bozorda narx kurashini boshlagan raqiblarning o’rtaga 
chiqishi. 


v) muassasaning o’rnashgan yeriga, nomiga ahamiyat bergan xaridor 
mexanizmining kengayishi.
4. Tushish davri
: Sotishlarning kuzatilgan darajada tushishga boshlagani davrdir, 
yangi xizmat va maxsulotlarning bozorga kirgani va raqobatning bo’lgani davridir. 
Xaridor mavjud maxsulotni tark qilishni boshlaydilar. Tushish davrini tijoriy foyda 
olishning kamaygan bir davri deyish noto’g’ridir. CHunki korxona, ma’lum bir 
muddat yana oldingi xaridorlarini muhofaza qilib bir yo’sinda davom eta oladi. 
Bozorga ilk kirish va yoyilish davrida yomon bir boshlang’ich, maxsulotning 
kelajagini tahlikaga qo’yadi. Saqlanish davri, mehmonxona sektori uchun 
yetarlicha uzoq muddatli bo’la oladi, faqat texnologik rivojlanishlar ta’sirli rol 
o’ynay oladi. Xaridorlar ko’pincha shinam, komfortli va texnologik yangiliklari 
bo’lgan turistik muassasalarni, maxsulotlarni ma’qul ko’radilar. 

Download 330,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish