Turistik bozor - bu turistik mahsulotni sotish va sotib olish jarayonini ta’minlovchi talab va takliflarni birlashtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va turistik mahsulot iste’molchisi o‘rtasida jamoa iqtisodiy munosabatlarini yuzaga keltiruvchi jabhadir. Yaxshi sotuvchining vazifasi esa o‘z mijozlari talablarini qondirish hisoblanadi.
Turistik talab deganda - to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan axolining turmahsulotga bo‘lgan talabi tushiniladi. Turistik talab amaldagi narx-navolarda axoli tomonidan aniq bir turistik -ekskursiya xizmatlarini sotib olishi bilan belgilanadi.
Bozordagi talabga muvofiq turizmda takliflar vujudga keladi, ya’ni turist uchun uning dam olishi va sayohati jarayonida lozim bo‘lgan turli xildagi xizmatlar shular jumlasiga kiradi. Takliflar-bu mahsulot ishlab chiqaruvchining bozorga talab qilinadigan aniq mahsulotni yetkazib berish uchun ideal tayyorgarlik va aniq imkoniyatga ega bo‘lishi tushuniladi. Turistik mahsulotga bo‘lgan taklif - ishlab chiqarilgan mahsulot soni, turistik industriyaning rivojlanish darajasiga va turistik resurslar xajmiga bog‘liq (shakllanadi) bo‘ladi.