2-mavzu: Umumiy о‘rta ta’limning adabiyot fanidan milliy о‘quv dasturi va “О‘qish kitobi” darsliklari tahlili (2 soat amaliy) Mashgʻulot maqsadi



Download 25,11 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi25,11 Kb.
#577665
Bog'liq
2 mavzu Boshlangʻich ta’lim oʻqish darsliklari, multimedia va metodik qoʻllanmalar tahlili


2-mavzu: Umumiy о‘rta ta’limning adabiyot fanidan milliy о‘quv dasturi va “О‘qish kitobi” darsliklari tahlili (2 soat amaliy)
Mashgʻulot maqsadi: Umumiy о‘rta ta’limning adabiyot fanidan milliy о‘quv dasturi haqida, 1-4-sinf “Oʻqish kitobi” darsliklarini tahlil qilish.
Tayanch tushunchalar: milliy o‘quv dasturi, darslik.
Fanlarni oʻqitish metodikasi, nazariy va amaliy bilimlar muvofiqligi, dasturlar uzviyligi, darsliklar mazmuni va sifatida talay kamchilik va muammolarimiz bor.
Darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashrga tayyorlashda ularni mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga qay darajada javob bera olishiga yanada jiddiy eʼtibor qaratishimiz, amaliyotchi oʻqituvchilar, fan metodistlari hamda salohiyatli olimlar tomonidan chuqur ekspertizadan oʻtkazish lozim.
Darsliklar ekspertiza xulosalari asosida uning mualliflari, nashriyot xodimlari hamda fan metodistlari hamkorligida qayta ishlansa, mazmuni va illyustratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsa yanada mazmunli va sifatli boʻladi.
Darsliklarni yanada takomillashtirish uchun jahon tajribasini kengroq oʻrganish, loyihalarimizga Respublikamizdagi eng tajribali mutaxassislarni, xorijiy ekspertlarni keng jalb qilish maqsadga muvofiq.
Darsliklarni tayyorlashda oʻquvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari alohida inobatga olinadi.
Darslik mazmunida mavjud boʻlgan takrorlanishlar bartaraf etiladi, xalqaro tajribaga tayangan holda darslikning dizayni va foto-illyustratsiyalariga oʻzgartirish kiritiladi.
Fanlar kesimida fanlararo bogʻliqlik hamda sinflararo uzviylik taʼminlanishiga yanada jiddiy eʼtibor qaratiladi.
Darslik va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratishda ular mazmuniga xalqaro baholash dasturi —TIMSS, PIRLS talablari oʻquvchilar yoshiga mos tarzda yana-da chuqurroq singdiriladi.
Shuningdek, mavzularni qoʻshimcha maʼlumotlar bilan boyitish maqsadida barcha darsliklarga QR kodlar oʻrnatiladi.
Fan va texnologiyalar taraqqiyotining jadallik bilan amalga oshishi, raqamli iqtisodiyotga oʻtish bilan bogʻliq jarayonlar yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy oʻzgarishlarni keltirib chiqarmoqda.
Bu esa, oʻz navbatida, globallashuv va integrallashuv sharoitida barcha sohalarda kuchli raqobat muhitini shakllantirib, pirovardida taʼlim sohasiga nisbatan yangi talablarni qoʻymoqda.
Dunyo miqyosidagi keskin raqobatga bardosh bera oladigan Milliy taʼlim tizimini yaratish zarurati paydo boʻldi.
Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlimni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish maqsadida ilgʻor milliy va xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturlari talablarini inobatga olgan holda oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikasi va taʼlim sifatini baholash tizimini takomillashtirish vazifalari belgilab berildi.
Umumiy oʻrta taʼlimning Milliy oʻquv dasturi 6 komponentdan iborat:

  • umumiy oʻrta taʼlimning malaka talablari umumtaʼlim fanlarining konsepsiyalari

  • oʻquv reja

  • fanlarning oʻquv dasturlari

  • oʻqitish metodologiyasi

  • baholash tizimi.

Mazkur dasturni ishlab chiqish, ekspertiza va tajriba-sinovdan oʻtkazish hamda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish samaradorligini taʼminlash maqsadida yuqori salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar, jumladan, UNICEF, UCAID va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xorijiy konsultantlar bilan tizimli ishlash tashkil etildi.
Ekspertiza xulosalariga koʻra ishchi guruh tomonidan Milliy oʻquv dasturining barcha komponentlari takomillashtiriladi va uning asosida 2021-yilning 1-choragidan boshlab 1-, 2-sinflar uchun toʻliq toʻplamda, yangidan joriy etiladigan fanlar boʻyicha 1–6-sinflar darsliklarining yangi avlodi yaratiladi.
Milliy oʻquv dasturi 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tajriba-sinovdan oʻtkazilib, 2026-2027 oʻquv yiliga qadar toʻliq amaliyotga joriy etilishi kutilmoqda.
2021-2022-oʻquv yilida 1-2 sinflar uchun toʻliq tarkibda zamonaviy darsliklar yaratiladi. Ayni paytda Respublika taʼlim markazida 1-2 sinflar uchun 10 nomdagi darsliklarni yaratish boʻyicha ishchi guruhlar faoliyati tashkil etilib, zamonaviy darsliklarning maket loyihalarini tayyorlash ishlari boshlab yuborilgan.
Eski “ensiklopediya” formatidagi darsliklar oʻzgarmoqda, mutlaqo yangi shakl va mazmundagi darsliklar, ularga qoʻshimcha ravishda oʻqituvchi metodika kitobi va oʻquvchi mashq daftarlari yaratilmoqda.
Endilikda darsliklarni tayyorlashda oʻquvchilarning yosh xususiyatlari, qobiliyati va oʻzlashtirish darajalari inobatga olinishi shuningdek, amaliy koʻnikmalarni shakllantirish bosh maqsadga aylandi. Ahamiyatli jihati, endilikda 1-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan darsliklar yagona mualliflar jamoasi tomonidan yaratiladi. Bu esa darsliklar oʻrtasida uzviylikni taʼminlashga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2006 yil 31 maydagi “Umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlashni takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-362-sonli qarorining 2-bandi bilan:

  • 1-sinf oʻquvchilari uchun darsliklar har yili;

  • 2-4 sinflar uchun ikki yilda bir marta;

  • 5-9 sinflar uchun toʻrt yilda bir marta yangilanish tartibi oʻrnatildi.

Xalq ta’limi vazirligining «Yangi darsliklar avlodini yaratish toʻgʻrisida»gi Qarori talablaridan kelib chiqib, boshlangʻich sinflar uchun yangi «Oʻqish kitobi» darsliklari nashr qilindi. Ushbu darsliklar oldiga bir qator talablar qoʻyildi.
Mazkur talablardan biri, unda berilgan savol-topshiriqlar oʻquvchini faol ishlashga, shuningdek, mustaqil va ijodiy fikr yuritishga oʻrgatadigan shaklda tuzilmogʻi zarur.
Darslik yuqori ilmiy va uslubiy saviyada yozilgan, oʻquv dasturiga mos asosiy kitobdir.
Maktab darsliklari orqali oʻquvchilarga bilim berish bilan birga, ularning oʻquv-biluv koʻnikma va malakalari ham shakllantiriladi, dunyoqarashlari va fikrlash doirasi kengaytiriladi. Bu borada «Oʻqish kitobi» oldiga ilmiy-metodik va badiiyat nuqtai nazaridan alohida talablar qoʻyilgan. Bular:

  • badiiy yuksakligi

  • muayyan maqsadni koʻzda tutishi

  • asarlarning janriy rang-barangligi

  • izchillik va uzviylikka qat’iy rioya qilinishi

  • tanlangan badiiy asarlarning oʻquvchilar yosh xususiyatlariga mos kelishi

  • ilmiy-metodik hamda insonparvarlik xislatlarini tarbiyalashga qaratilishi.

Tahlildan ko‘rinadiki, «O‘qish kitobi» darsliklarida o‘quvchini mustaqil ishlash, fikrlashga undovchi ijodiy xarakterdagi savol-topshiriqlar nihoyatda oz miqdorni tashkil etadi.
Hozirgi kunda «O‘qish kitobi» darsliklarida savol-topshiriqlarning deyarli 70-75% bilimlarni qayta xotirlash va qisman izlanishni talab etadigan savol-topshiriqlardir.
Darslikda shu xildagi savol-topshiriqlarning ko‘plab berilishi o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi hamda faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xalq ta’limi vazirligining «Yangi darsliklar avlodini yaratish toʻgʻrisida»gi Qarori talablaridan kelib chiqib, boshlangʻich sinflar uchun yangi «Oʻqish kitobi» darsliklari nashr qilindi. Ushbu darsliklar oldiga bir qator talablar qoʻyildi. Mazkur talablardan biri, unda berilgan savol-topshiriqlar oʻquvchini faol ishlashga, shuningdek, mustaqil va ijodiy fikr yuritishga oʻrgatadigan shaklda tuzilmogʻi zarur.
Ma’lumki, darslik yuqori ilmiy va uslubiy saviyada yozilgan, oʻquv dasturiga mos asosiy kitobdir. Maktab darsliklari orqali oʻquvchilarga bilim berish bilan birga, ularning oʻquv-biluv koʻnikma va malakalari ham shakllantiriladi, dunyoqarashlari va fikrlash doirasi kengaytiriladi. Bu borada «Oʻqish kitobi» darsliklari oldiga ilmiy- metodik va badiiyat nuqtai nazaridan alohida talablar qoʻyilgan.
«Oʻqish kitobi»ni yaratishda izchillik va uzviylikka qat’iy rioya qilinishi, tanlangan badiiy asarlarning oʻquvchilar yosh xususiyatlariga mos kelishi, badiiy yuksakligi, muayyan maqsadni koʻzda tutishi, asarlarning janriy rang-barangligi kabi ilmiy-metodik hamda insonparvarlik xislatlarini tarbiyalashga qaratilishi bilan bogʻliq talablar mazkur darsliklarning hayotiy mezoni deyish mumkin.
Nazorat savollari
1. 1-4 sinf oʻquvchilari uchun darsliklar qanday tartibda nashr qilinadi?
2. Darslik nima?
3. Darslik yaratilishiga qoʻyilgan talablar nimalardan iborat?
4. «Oʻqish kitobi» darsliklaridagi savol-topshiriqlarni oʻquvchilarni izlanishga oʻrgatish jihatdan qanday guruhlarga boʻlinadi?
5. 1-4 sinf “Oʻqish” darslari uchun nechta mavzuga multimedia ishlab chiqilgan?
Download 25,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish