2. Qadimgi Xitoy madaniyati


partiya oynomasi", 1957 yildan). Umummilliy axborot agentliklari: Kiodo



Download 352,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana16.04.2022
Hajmi352,9 Kb.
#555860
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3- мавзу


partiya oynomasi", 1957 yildan). Umummilliy axborot agentliklari: Kiodo 


Susin (1945 yildan) va Jiji Sushin (1945 yildan). Radioeshittirish 1925 yildan 
va telekoʻrsatuvlar 1953 yildan olib boriladi. Yaponiya radiotelevideniye 
korporatsiyasi yarim hukumat tashkiloti hisoblanadi. 1925 yil tashkil etilgan. 
222 xususiy aʼzoni birlashtirgan Tijorat eshittirishlar milliy assotsiatsiyasi 6900 
teleradiostyani boshqaradi (1996). 
Adabiyoti. 
Adabiyoti qadimdan mavjud boʻlgan xalq ogʻzaki ijodi 
(qoʻshiq, afsona va boshqalar) zaminida vujudga kelgan. Afsona, ertak, tarixiy 
rivoyat va qoʻshiqlardan iborat "Kojiki" ("Qadimgi hodisalar yilnomasi", 
sintoizmning muqaddas kitobi hisoblanadi) toʻplami ilk marta 712 yilda 
tuzilgan. Bu asar yapon tilida bitilgan birinchi manba hisoblanadi. 759 yil 4516 
folklor va 500 ga yaqin muallifning asarlaridan iborat yapon sheʼriyati 
antologiyasi – "Manʼyosyu" ("Koʻp asrlik qoʻshiqlar toʻplami") yaratildi. 9-
asrning oʻrtalarida birinchi adabiy nasriy asar – "Taketorimonogatari" 
yaratiddi. 10-asr oxiri – 11 a. boshlarida adiba Murasaki Sekibu (978–1016) 
yaratgan "Gendzimonogatari" ("Shahzoda Gendzi haqida qissa") asari 
Yaponiya mumtoz adabiyotining choʻqqisi boʻldi. 12–16-asrlarda harbiy 
epopeyalar yaratildi, badiiy kundaliklar keng tarqaldi, sheʼriyat antologiyalari 
tuzildi. 14–15-asrlar xalq ijodiyoti va Budda rivoyatlari asosida bir .pardali 
dramalar (niqob teatrlari uchun) yozildi. 16-asrdan shahar adabiyoti paydo 
boʻldi. Hunarmandlar, savdo ahliga mansub shoirlarning toʻplamlari tuzildi. 
17–19-asrning 60-y.larida adabiyotda demokratik gʻoyalar avj oldi. 17-asr oxiri 
- 18-asr boshlarida yirik dramaturg Takamatsu Mondzaemon samarali ijod 
qildi. Matsuo Basyo (17-asr), Kobayasi Issa (18-asr oxiri – 19-asr boshi) 
sheʼriyatning xokku janrida asarlar yaratdilar. 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida 
nasr yanada yuksaldi. 19-asrning oʻrtalaridan yapon adabiyotida sentimental 
roman janri vujudga keldi, yevropalik mualliflarning asarlari tarjima qilina 
boshlandi. Simey Ftabatey (1864-1909) "Suzuvchi bulutlar" romani bilan 
yapon adabiyotida tanqidiy realizmga asos soldi. Roka Tokutomi, Soseki 
Natsume va boshqalarning asarlarida ham tanqidiy realizm gʻoyalari oʻz aksini 
topdi. 20-asrning boshlaridan sheʼriyatda Yevropa sheʼriyatining taʼsiri va 
romantik gʻoyalar koʻzga tashlandi. Realist yozuvchilar asarlarida ijtimoiy 
tanqid asosiy oʻrin oldi. E.Zolya ijodi taʼsirida naturalizm uchun kurash 
harakati boshlandi. 1930-40 yillar adabiyotida "muqaddas urush"ni yoqlovchi 
apologetik gʻoya hukmron boʻddi. 2-jahon urushidan keyingi davrda bir qancha 
yapon yozuvchilari oʻz asarlarida "barqaror qadriyatlarni" izlash maqsadida 
milliy adabiyotning koʻp asrlik anʼanalariga murojaat qildilar. Dzyunʼitiro 
Tanidzakining "Mayda qor" (1943-48), Yasunari Kavabataning "Mingta turna" 
(1951), "Eski poytaxt" (1961-62) romanlari shu toifadagi asarlar boʻlib, ularda 
kuchli ichki lirizm va goʻzallikning mumtoz talqini aks etdi. Shu bilan birga 
1967 yil Yukio Misimaning goʻyoki yapon madaniyatiga xos boʻlgan 
jangovarlik anʼanalarni tiklashga chorlovchi trilogiyasi ("Vatanparvar", 
"Xrizantema" va "Shahid boʻlgan qahramon ovozi") yaratildi. Adabiyotda 
sengoxa oqimi qaror topgach, shu oqim vakillari boʻlgan turli goyaviyestetik 
yoʻnalishdagi yozuvchilar oʻz ijodlarida inson shaxsiyatini qaror toptirish 
manfaatlari yoʻlida militarizm va anʼanaviylikni inkor etdilar. Shu oqim 


vakillarining urush mavzuiga oid asarlari, jumladan, Syoxey Ookaning 
"Daladagi olovlar" (1951), Xirosi Nomaning "Boʻshliq mintaqasi" (1952), 
Shusaku Endoning "Dengiz va zahar" (1957) romanlari yaratildi. Yosie 
Xottaning "Yolgʻizlik maydoni" asarida (1951) urushdan keyingi yapon 
ziyolilari haqida hikoya qilinadi. 1950- 60 yillar yapon adabiyotining mashhur 
namoyandalaridan biri Yasusi Inouedir. Uning "Tempyoning cherepitsali tomi" 
(1957) va "Samarqandga sayohat" (1969) tarixiy asarlari Buyuk ipak yoʻlida 
amalga oshirilgan maʼnaviy muloqot va Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlariga 
bagʻishlangan. 1960-70 yillarda ilmiy fantastika va detektiv roman janri 
rivojlandi. 1960-80 yillar yapon adabiyoti realistik va modernistik gʻoyalarning 
oʻzaro harakat va kurashlarida rivojlandi. Bu davrda adiblardan Gomikava 
Jumpey, Isikava Takuzo, Kayko Takeshi, Oe Kenzaburo oʻz roman va 
qissalarida ijtimoiy va axloqiy muammolarni koʻtardilar. Yaponiya adabiyotida 
Xirosima fojiasi mavzusi keng oʻrin oldi (Hotta Yoshiyo, Ibuse Masuji, Oda 
Makoto). Kobo Abe asarlarida realizm va fantastika uygʻunlashgan holda 
falsafiy masalalar bayon etildi. Yaponiyada xitoy madaniyati taʼsirida xitoy 
tilida ham adabiyot rivoj topgan. 14-15-asr va 17-19-asr boshlarida yuksalgan. 
Yaponiya adabiyotning yirik vakillari boʻlgan Ryunoske Akutagava, Kobo 
Abe, Yasunari Kavabata (1968 yil Nobel mukofoti sohibi), Kendzaburo Oe 
(1994 yil Nobel mukofoti sohibi) Murakami Haruki, B.Yosimoto kabi 
yozuvchilarning asarlari jahonda mashhur. 

Download 352,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish