2. Qanday sabablar sssrni inqirozli vaziyatga olib keldi? «Qayta qurish» siyosati deganda nimani tushunasiz?



Download 0,92 Mb.
bet1/5
Sana21.06.2022
Hajmi0,92 Mb.
#689859
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kamolov Faxriddin 915-21


1.O’zbekiston tarixini o’rganishning qanday uslubiy asoslari mavjud?
2.Qanday sabablar SSSRni inqirozli vaziyatga olib keldi?
3.«Qayta qurish» siyosati deganda nimani tushunasiz?
4.O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilishida qaysi jixatlarga ko‘proqe’tibor berildi?
5.Taraqqiyotning «O‘zbek modeli» xaqida so‘zlang?

1.Har qanday fan kabi O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ham o‘zining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O‘zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uni rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo‘lidagi nufuzining ortib borishi uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar.


Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyoj bo‘lsa, tarix fani esa, bu ehtiyojlarni ro‘yobga chiqishi uchun ma’sul bo‘lgan yuksak intellektual ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning samarali bo‘lishi, ya’ni tarix fani rivojlanishida metodologik ilmiy g‘oya va nazariyalar hamda usul va uslubiy tamoyillarning ahamiyati benihoya kattadir. Chunki bular tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasini to‘laroq ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, g‘oya va ta’limotlari nimalardan iborat bo‘lishi o‘ta muhim masala hisoblanadi. Yurtboshimiz Islom Karimov tarixning eng muqaddas milliy va umuminsoniy xotira hamda qadriyat ekanligini ta’kidlab, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q“, “O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”, “Tarix xalq ma’naviyatining asosidir” degan tarixiy haqiqatni to‘g‘ri anglatuvchi o‘ta teran tarix falsafasiga oid fikrlarni olg‘a surdi.
Bu kabi tarix falsafasiga oid yuksak xulosalarni o‘z vaqtida buyuk millatparvar jadidlar ham juda aniq anglagan holda Vatanni ozod etish, millatni ijtimoiy g‘aflat uyqusidan uyg‘otib taraqqiy ettirish uchun asosiy e’tiborni tarixga qaratdilar. Va «tarixi yo‘qning o‘zi yo‘q» degan falsafiy tushunchaga amal qilib, tarixda ilk bor tarixni o‘zlari tashkil etgan jadid maktablarida o‘qita boshlashi bilan, millatni o‘z tarixidan bahramand qilishdek o‘ta buyuk ma’rifat ishiga tarixda birinchi bor asos soladilar.
Buyuk jadid Abdulla Avloniy so‘zi bilan aytganda, jadidlar umuman tarbiyani, shuningdek, tarix ta’limi tarbiyasini millat uchun «yo hayot- yo najot, yo halokat – yo saodat, yo falokat masalasidir» deb bildilar. «Qaysi millat yashashni (ravnaqu, taraqqiyotni) istasa, - deydi Abdurauf Fitrat – tarixini bilishi lozim bo‘ladi, zero, tarix bir ko‘zguga o‘xshaydi».
Tarix falsafasi tarix fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari to‘g‘ri va haqqoniy belgilanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Tarixchi olimlar tarix falsafasini qanchalik chuqur va to‘g‘ri anglasalar, ular tarix fani metodologiyasini shunchalik mukammal qilib belgilay oladilar.
Tarix falsafasi tarix va umuman tarixiy jarayon olimlar tomonidan aqlan har tomonlama to‘g‘ri tasavvur va his etilishidir. Yanada aniqroq aytsak, tarix falsafasi tarixiy jarayonning mazmuni va mohiyati hamda rivojlanish qonuniyatlarini o‘zida aks ettirish bilan birga, ularni bilish va o‘rganish, yozishning eng qulay, to‘g‘ri hamda maqsadga muvofiq yo‘li-usullarini belgilaydi. Umuman olganda, tarix falsafasi tarix sabog‘i va tajribasidan kelib chiqib, belginlangan obyektiv xulosadir. Lekin, bu obyektivlik subyektiv xarakter va mazmun hamda mohiyatga ega bo‘ladi. Chunki har bir subyekt, ya’ni olim o‘z intellektual bilim salohiyati, tafakkur doirasidan kelib chiqib, obyektivlikka harakat qiladi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va hukumat Vatan tarixini qayta yozish va uni asosiy tarbiya quroliga aylantirish uchun «yangi tarix» g‘oyasini olg‘a surdi. O‘zbekiston tarixi yetakchi fan sifatida maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida ilk bor, keng miqyosda, eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgacha o‘rganila boshlandi.
Bularning samarasi o‘laroq, keyingi paytda O‘zbekiston tarixi fani metodologiyasini yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Avvalo, metodologiya haqida to‘xtalsak, metodologiyaning lug‘aviy ma’nosi grekcha «methodos» va «logos» degan ikki so‘z birikmasidan iborat bo‘lib, metod ya’ni usul – tadqiqot olib borish usuli (yo‘li), nazariya, ta’limot, logiya esa fan deganidir. Demakki, metodologiya, ya’ni uslubiyat ilmiy tadqiqot olib borish yoki biror bir masalani ilmiy o‘rganishning eng qulay usullari, eng to‘g‘ri va mukammal g‘oyasi, nazariyasi va ta’limotlari majmuyidan iborat bir butun fandir. Boshqa ma’noda esa, metodologiya ilmiy bilish yoki ma’lum bir ilmiy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda qo‘llaniladigan usullar haqidagi fandir. Demak, tarix fani metodologiyasi tarixni o‘rganuvchi va o‘qituvchilarni aniq maqsad sari to‘g‘ri yetaklaydi, ya’ni tarix haqqoniy yozilishi va o‘rganilishiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.


2.SSSR qanday parchalangandi - qabohat saltanatining yo‘qlikka yuz tutish sabablari

XX asr — insoniyat boshiga misli ko‘rilmagan falokatlar solgan ikkita jahon urushi bilan birga ikkita kuchli davlat, SSSR–AQSh qarama-qarshiligi orqali yodda qoldi. Bu ziddiyat, ayniqsa ikkinchi jahon urushidan keyin kuchaydi. SSSR urush g‘olibi sifatida dunyo sotsializmining rahnamosi bo‘lgan bo‘lsa, AQSh jahon kapitalizmi peshqadami bo‘ldi.


Bunda dunyo davlatlarini o‘z tomoniga og‘dirishda AQSh ko‘proq o‘z kapitaliga suyandi, SSSR esa zo‘ravon siyosatga. Masalan, o‘z fuqarolariga qilingan ko‘plab zo‘ravonliklar yetmaganday ikkinchi jahon urushi tugagandan so‘ng SSSR g‘olib sifatida Sharqiy Yevropa va Osiyodagi bir nechta davlatlarni majburiy tarzda sotsializm boshqaruviga o‘tkazdi. Shu tariqa bu davlatlar SSSRga tobe bo‘lib qoldi.
Albatta, ular orasida SSSRga tobe bo‘lishni xohlamay jahon hamjamiyatidagi boshqa davlatlar bilan o‘zaro teng huquqli munosabat o‘rnatishni xohlaydiganlari ham chiqdi. Ammo SSSR unday harakatlarni kuch bilan bostirib, qonga botirdi. 1954 yil Vengriya, 1968 yil Praga voqealari shular jumlasidan.

Tarixdan ma'lum, zo‘ravonlikda haddidan oshgan davlatlarning hech biri uzoq yashamagan. SSSR ham bundan mustasno bo‘lmadi. Bu davlat 69 yil umr ko‘rib, parchalanib ketdi.
Bu parchalanishga 1985 yil 11 mart sanasida KPSS Markaziy Qo‘mitasining Bosh sekretari etib tayinlangan Mixail Gorbachyov ham tom ma'noda «yaxshi» hissa qo‘shdi.
Gorbachyov rahbar bo‘lgan paytda bir tarafdan afg‘on urushi, ikkinchi tarafdan G‘arbning o‘sha urush tufayli SSSRga joriy qilgan iqtisodiy sanksiyalari ortidan mamlakat og‘ir ahvolga tushgan edi.
Mixail Gorbachyov
Vaziyatni o‘nglash uchun Gorbachyov bir qator islohotlarni o‘tkazishga urindi. Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish reja qilindi. Mamlakatdagi ko‘plab taqiqlar bekor qilindi. Hatto 1990 yilda KPSSning gegemonligiga chek qo‘yilib, unga muxolif bo‘lgan partiyalar tuzishga ham ruxsat berildi. Xalqaro maydonda AQSh bilan munosabatlar yaxshilanib, Brejnev davrida boshlangan «sovuq urush»ga barham berildi.
Ana shunday holatda ittifoqdosh respublikalarda milliy uyg‘onish harakatlari boshlandi. Har bir respublikada milliy til davlat tili deb e'lon qilindi. Voqealar, ayniqsa 1990 yildan keyin juda tezlashib ketdi. O‘sha yili nafaqat ittifoqdosh respublikalar, balki ularning tarkibida bo‘lgan avtonom hududlarning aksariyati o‘z mustaqillik deklaratsiyasini e'lon qilgan bo‘lsa, yana bir qismi kengaytirilgan avtonomiya talabi bilan chiqdi. Shu tariqa SSSR so‘nggi kunlarini yashayotgani aniq bo‘la boshladi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish