2. Suhbat Badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanish


Birinchi kichik guruhda o’rgatishning mazmuni va vazifalari



Download 348,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana26.05.2022
Hajmi348,09 Kb.
#610210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
2 5402198281382006477

Birinchi kichik guruhda o’rgatishning mazmuni va vazifalari. 
Ikki yoshli bola qalam, mo’yqalamni 
to’g’ri ushlashi mumkin, lekin uning tajribalari kam, bajara olish va bilish qobliyatlari yo’q, qo’l harakatlari 
yetarlicha rivojlanmagan. SHuning uchun asosiy vazifalar bolalarga umumiy tarbiyaviy ta’sir qilish bilan 
bog’liqdir. Birinchi kichik guruhda o’rgatishning vazifalari quyidagilar:
 

Rasm chizish protsessiga natija beruvchi jamoat ishi deb qiziqishni o’yg’otish. 

Rasm chizishni materiallari “qalam, bo’yoqlar” va ulardan foydalanish usullari bilan 
tanishtirish. 

Katta yoshli odam chizgan rasmni, predmetning tasviri deb tushunishni o’rgatish. 

To’g’ri va egri chiziqlarni hamma yosh berk shakllarni chizish printsiplarini o’rgatish. 
Bu guruhning dasturi keyingi guruhlarning dasturidan boskichma- boskich murakkablashib borishi 
bilan farqlanadi. Rasm chizishning birinchi mashg’uloti qog’oz va qalam bilan tanishtirishdan boshlanadi. 
Bu materiallarning o’yinchoqlardan bolalarga ma’lum bo’lgan turli xil predmetlardan farq qilishini pedagog 
bolalarga tushuntiradi. Qalamlar bilan turli faoliyat turlarini bajarish mumkin. Qog’oz toza edi, qalamning 
harakatlanishidan unda izlar paydo bo’ldi. Qalamning ochilgan uchi qog’ozda iz qoldiradi. Ikki uchi esa iz 
qoldirmaydi. Agar sekin bosilsa, qog’ozda uning izlari ko’rinmaydi. Agar qattiq bosilsa, qog’oz yirtilib 
ketishi mumkin. Bunday tushuntirishni va harakatlarni ko’rsatib berish bolalarda rasm chizishga qiziqishni 
uyo’otadi. Bulardan tashqari oddiy texnik ko’nikmalarni qalam, mo’yqalamni to’g’ri ushlash, ulardan tartibli 
foydalanish. Bo’yoqni mo’yqalamning uchiga olshni bilish kabilarni o’rgatishni dastur o’z ichiga olgan. 
Ikkinchi-kichik guruhda rasm chizishga 
o’
rgatish. 
Bu guruh bolalar (3 yoshli bolalar) psixolog 
jixatdan rivojlanadi, turmush tajribalari o’sadi. Tarbiyachi bu yoshdagi bolalar bilan rasm bo’yicha 
mashg’ulot olib borganda bolalarning rasmga nisbatan qiziqishlarini orttiradi. Bu guruhda bolalarning rasm 
ishining sifati emas, balki ish protsessi qiziqtiradi. Rasm bo’yicha barcha guruh bolalari tarbiyachining 
og’zaki ko’rsatmalarini tinglashga, tarbiyachining ko’rsatib bergan usullarini bajarishga o’rganib boradilar. 
Bu yoshdagi bolalar rasm faoliyatida tezda o’yin faoliyatiga o’tish bilan ajralib turadi. Masalan: doirachalar 
chizib, uni ichini qalam bilan urib chiqib, uni qush don cho’qiyapti deb ifodalaydi. Bunda yosh bolalarning 
rang tanlash malakasi shakllanadi. Bolaning diqqatini ularga yoqqan ranglar tortadi. Bolalar tasviriy 
jarayonida so’z bilan ifodalashga o’rganadilar. Rasmda tasvirlay olmagan voqealarni so’z bilan to’ldiradi. 
Bolalarda mustaqillik, aktivlik o’sadi. Tarbiyachi bolalarga mashg’ulotda olgan bilim va ko’nikmalardan 
mustaqil foydalanish imkoniyatini tug’diradi. Agarda 1 kichik guruxda bolalarni nimanidir tasviriyga 
o’rgatilsa, 2 kichik guruhda bolalarni narsalarni tasviriy usullariga o’rgatib boriladi. Bolalar turli shakldagi 
predmetlarni tasviriyga o’rgatiladi, doira, to’g’ri to’rtburchak, uchburchak va turli yo’nalishdagi chiziqlar 
to’plamidan iborat narsalarni chizadilar. Predmetlarni shaklini to’g’ri tasvirlashga o’rgatish uchun bolalarni 
qo’llarini shakliy harakat qilishga o’rgatish lozim. Bolalarni predmet shakli bilan qo’lning shakl harakatlari 
o’rtasidagi bog’liqlikni o’rgatish lozim. Tarbiyachi predmetni tasvirlashga o’rgatishdan oldin, uni 
mashg’ulot oldidan ko’rib chiqadi.(ya’ni ko’zatish olib boradi). Bolalar jonu-dili bilan turli rangdagi 
koptoklar, sharlar va archa munchoqlarni tasvirlaydilar. To’g’ri to’rtburchak shaklini tasviriyga bolalar bu 
guruh.da qiynaladilar, shuning uchun bu shakl yilning 2 yarmida beriladi. Bolalar archa, daraxt tursa yiqilmas 
qo’g’irchoq, aravachani tasvirlaydi. Ranglarni qizil, sariq, ko’k, yashil, qora, oqlarni bilishga o’rgatiladi. 
SHuningdek, rang aralashtirishlarni (pushti, havo rang va zarg’aldoq, jigarrang) tavsiya etish mumkin. Bu 
guruh.bolalarini ranglarni to’g’ri atash va tasviriy aniq talab etilmaydi, ammo tarbiyachi asta-sekin 
predmetlarni rang tusini real tasviriyga o’rgatib borishi kerak. Masalan:Ko’m-ko’k o’tlar o’smoqda, o’tlarda 
sap-sariq jo’jalar o’tlab yurishibdi va hokazo. Bu guruxda bolalarning mazmun jixatidan juda kambag’al 


bo’ladi, ya’ni ishlar mazmuni asosan so’zda ifodalaniladi. Masalan: mashina chizib, so’z bilan mazmun 
beradi, u bu mashina yurib ketdi yoki yuk olib kelyapti. Mashg’ulot davomida bolalar bir turdagi 
predmetlarni bir necha marta tasvirlashni o’rganadilar. Bu esa bolalarni texnik ko’nikmalarini 
mustaxkamlaydi. Rasm davomida ishni tezda tugatgan bolalarga tarbiyachi rasm mazmunini kengaytirish 
maqsadida yangi vazifalar berishi mumkin. Masalan: o’t ustida yurgan jo’jalar yonida don yoki turli 
chuvalchanglarni solishni tavsiya etish mumkin va bu bilan bolalar chizgan ishlarini mazmunan boyitib 
borish va bolalarni ham shunga o’rgatib borish lozim.

Download 348,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish