2. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda sug‘urta puli, sug‘urta mukofoti va sug‘urta tariflari


Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ob'ekt va sub'ekti, sub'ektlarning huquq va majburiyatlari



Download 31,64 Kb.
bet3/5
Sana04.03.2023
Hajmi31,64 Kb.
#916345
1   2   3   4   5
Bog'liq
download

3. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ob'ekt va sub'ekti, sub'ektlarning huquq va majburiyatlari
Eng avvalo tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ob'ekt va sub'ekti nima degan savolga javob topishimiz kerak.
Tashuvchining yo‘lovchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan chog‘dagi mulkiy manfaatlari tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ob'ekti hisoblanadi.
Tashuvchi, sug‘urtalovchi, yo‘lovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sub'ektlari hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar tashuvsining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sub'ektlari ekanligini bilib oldik. Ana endi xar bir sub'ekt xuquq va majburiyatlariga to‘htalsak.
Tashuvchining huquq va majburiyatlari quyidagilardan iborat.
Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega:
ushbu Qonunga muvofiq tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish uchun sug‘urtalovchini tanlash;
sug‘urtalovchidan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;
sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilish.
Tashuvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotini qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda to‘lashi;
tashuvchining transport vositalarini boshqaruvchi shaxslarni tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan mazkur shartnoma bo‘yicha taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
tashish kunida amalda bo‘lgan sug‘urta polisining nusxasini tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga kiritilgan barcha transport vositalariga va (yoki) o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtirishi;
jabrlanuvchi yoki naf oluvchi yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni o‘z ichiga olgan talabnoma bilan murojaat etgan paytdan e'tiboran besh ish kunidan kechiktirmay sug‘urtalovchini tashish chog‘idagi hodisa haqida yozma shaklda xabardor qilishi;
agar sug‘urta tovoni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha tarzda aldash oqibatida asossiz ravishda ortiqcha to‘langan bo‘lsa, bu haqda sug‘urtalovchiga ma'lum qilishi va ortiqcha to‘langan mablag‘larni sug‘urtalovchiga qaytarish yuzasidan zarur choralarni ko‘rishi shart.
Tashuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
Sug‘urtalovchining huquq va majburiyatlari quyidagilardan iborat.
Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
- jabrlanuvchining yoki naf oluvchining talabnomasini tashuvchi tomonidan ko‘rib chiqishda ishtirok etish, zarur bo‘lgan hollarda esa tegishli ekspertlarni jalb etish;

  • sug‘urta hodisalari yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berish

  • tashuvchiga nisbatan qonun xujjatlarida belgilangan hollarda regress talabi qo‘yish.

Sug‘urtalovchi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:

  • tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari bilan tashuvchini tanishtirishi, shu jumladan uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;

  • o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan tashuvchi va jabrlanuvchi yoki naf oluvchi to‘g‘risidagi ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlashi;

  • tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirishga haqli bo‘lgan sug‘urtalovchilar o‘rtasida sug‘urta sherikchiligini tuzish haqida birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma tuzishi shart.

Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
Yo‘lovchining, jabrlanuvchining va naf oluvchining huquqlari quyidagilardan iborat.
Yo‘lovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari to‘g‘risidagi axborotni hamda sug‘urtalovchi haqidagi zarur ma'lumotlarni tashuvchidan bepul olish huquqiga ega. Jabrlanuvchi va naf oluvchi yuqorida ko‘rsatilgan huquqlardan tashqari quyidagi huquqlarga ham ega:

  • yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni o‘z ichiga olgan talabnoma bilan tashuvchiga yoki sug‘urtalovchiga murojaat etish;

  • qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urta tovoni olish.

Jabrlanuvchi va naf oluvchi yuqorida ko‘rsatilgan huquqlardan tashqari quyidagi huquqlarga ham ega:

  • yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni o‘z ichiga olgan talabnoma bilan tashuvchiga yoki sug‘urtalovchiga murojaat etish;

  • qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urta tovoni olish.

Biz yuqorida sug‘urtalovchi tashuvchiga nisbatan, qonun xujjatlarida belgilangan hollarda, o‘zi to‘lagan sug‘urta tovoni bo‘yicha regress talabi bilan chiqish xuquqiga ega. Bu qaysi xolatlarda bo‘lishi mumkin degan savol tug‘ulishi tabiiy, demak ko‘rib chiqamiz qaysi xollarda sug‘urtalovchi tashuvchiga regress talabi bilan chiqishi mumkin. Sug‘urtalovchi tashuvchiga o‘zi to‘lagan sug‘urta tovoni miqdorida quyidagi hollarda regress talabi qo‘yish huquqiga ega, agar zarar:

  • yo‘lovchilarni belgilangan tartibda tasdiqlanmagan yo‘nalish bo‘yicha tashish oqibatida yetkazilgan bo‘lsa, bundan yo‘lovchilarni yo‘nalishsiz taksida tashish mustasno;

  • tashuvchining transport vositasini boshqargan shaxs yo‘lovchilarni ushbu transport vositasini boshqarish uchun tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan holda tashishi oqibatida yetkazilgan bo‘lsa;

  • nosozliklari mavjudligi yoki muayyan sharoitlar tufayli transport vositasidan foydalanish qonun hujjatlarida taqiqlangan transport vositasida yo‘lovchilarni tashish oqibatida yetkazilgan bo‘lsa;

  • tashuvchi xodimlarining yoki vakilining sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishiga qaratilgan yoxud uning sodir bo‘lishiga ko‘maklashadigan qasddan qilingan harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan bo‘lsa;

  • tashuvchining transport vositasini boshqargan shaxs yo‘lovchilarni alkogolli ichimlikdan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud shaxsning aql-irodasiga ta'sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta'siri ostida tashishi oqibatida yetkazilgan bo‘lsa;

  • tashuvchining transport vositasini boshqargan shaxsning mehnat va dam olish rejimi tashuvchi tomonidan buzilganligi oqibatida yetkazilgan bo‘lsa.




Download 31,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish