2. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda sug‘urta puli, sug‘urta mukofoti va sug‘urta tariflari


jabrlanuvchi - sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan, sug‘urta tovoni olish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchi



Download 31,64 Kb.
bet2/5
Sana04.03.2023
Hajmi31,64 Kb.
#916345
1   2   3   4   5
Bog'liq
download

jabrlanuvchi - sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan, sug‘urta tovoni olish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchi;
yo‘lovchi - tashuvchining xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs;
yo‘lovchining mol-mulki — bagaj va yo‘lovchining o‘zi bilan birga tashiyotgan qo‘l yuki;
naf oluvchi — yo‘lovchi sug‘urta hodisasi tufayli vafot etgan taqdirda, sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs;
sug‘urtalovchi — tijorat tashkiloti bo‘lgan, majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirishga haqli yuridik shaxs;
sug‘urta puli - bu shunday summaki, sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda yo‘lovchining hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini ushbu summa doirasida qoplash majburiyatini oladi;
sug‘urta hodisasi - tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qilishi davrida yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun tashuvchining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganligining belgilangan tartibda tasdiqlangan fakti;
tashuvchi - shahar yo‘lovchilar transportida, temir yo‘l, havo, avtomobil', daryo transportida va boshqa transportda yo‘lovchilarni hamda ularning mol-mulkini tashish bo‘yicha tijorat asosida xizmatlar ko‘rsatuvchi va buning uchun maxsus ruxsatnomaga (lisenziyaga) ega bo‘lgan yuridik shaxs.
2. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda sug‘urta puli, sug‘urta mukofoti va sug‘urta tariflari

Ma'lumki, majburiy sug‘urta turlari uchun sug‘urta puli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, huddi shu kabi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli xam O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan. Hozirgi kunda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli bitta yo‘lovchiga 44 mln. so‘m miqdorda belgilangan, shundan:


40 mln. so‘mi — yo‘lovchining hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun ishlatilsa;
4 mln. so‘mi — yo‘lovchining mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun ishlatiladi.
Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilishi davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni sug‘urtalovchi tomonidan to‘lansa, sug‘urta puli to‘langan sug‘urta tovoni summasi miqdorida kamaytiriladi. Bunda sug‘urta pulini tiklash uchun tashuvchi to‘langan sug‘urta tovoni summasiga hamda mazkur shartnomaning qolgan amal qilish muddatiga mutanosib sug‘urta mukofotini sug‘urtalovchining tegishli bildirishnomasi olinganidan keyin yetti ish kuni ichida qo‘shimcha ravishda to‘lashi shart. Sug‘urta puli jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun yetkazilgan zarar miqdorida sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalanuvchining yoki uning xaydovchisining o‘rnidan to‘lab beradi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti sug‘urta pulini sug‘urta tarifiga ko‘paytirish orqali hisoblab chiqariladi. Bunda xar bir transport vositasi uchun alohida alohida koeffisientlar mavjud bo‘lib quyidagicha bo‘ladi:
- Engil avtomabillar uchun yillik bazaviy stavka miqdori 0,2046 %
- Mikroavtobuslar uchun yillik bazaviy stavka miqdori 0,0606 %
- Avtobuslar uchun yillik bazaviy stavka miqdori 0,0151 %
- Trolleybuslar uchun yillik bazaviy stavka miqdori 0,0102 %
- Tramvaylar uchun yillik bazaviy stavka miqdori 0,0102 %
- Metropoliten uchun yillik bazaviy stavka miqdori 0,0018 %
- Temir yo‘l uchun yillik bazaviy stavka miqdori 0,0091 %
- Xavo transporti uchun yillik bazaviy stavka miqdori 0,2513 %
Boshqalar uchun yillik bazaviy stavka miqdori 0,0909 % miqdorida etib belgilanadi.
Sug‘urta mukofoti tashuvchi tomonidan sug‘urta polisi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda uning dublikatini olish uchun xam to‘lanadi.
Dublikat polis tashuvchi murojaat qilgan va u dublikat polisni tayyorlash xarajatlarini qonun hujjatlarida belgilangan, o‘zi murojaat qilgan sanadagi eng kam oylik ish haqi miqdorining ko‘pi bilan 10 foizi miqdorida to‘lagan kundan e'tiboran ikki ish kuni ichida sug‘urtalovchi tomonidan beriladi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti bir yo‘la to‘lanadi. Pul mablag‘lari sug‘urtalovchining yoki sug‘urta agentining bank hisobvarag‘iga kelib tushgan sana tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti to‘langan sana hisoblanadi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tariflari, ularning eng yuqori darajalari, sug‘urta tariflarining tuzilishi va ularning sug‘urtalovchi tomonidan qo‘llanilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Sug‘urtalovchi ushbu sug‘urta turini amalga oshirishi uchun bir nechta ta'lablarni bajarishi kerak bo‘ladi:
• tegishli lisenziyaga ega bo‘lishi;
• sug‘urta sherikchiligida ishtirok etishi;
• Qoraqalpog‘iston Resp., viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sug‘urta shartnomasi tuzishga, sug‘urta tovonlari haqidagi talablarni ko‘rib chiqishga hamda sug‘urta tovonlarini amalga oshirishga vakolatli o‘z filiallariga ega bo‘lishi kerak.
Sug‘urta sherikchiligi nima degan savol o‘z-o‘zidan tug‘ilishi tabiiy xol. Demak sug‘urta sherikchiligi xaqida qisqacha ma'lumoit beradigan bo‘lsak u shunday tashkilotki Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urtalovchilar o‘rtasidagi birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma asosida tashkil etilgan sug‘urtalovchilarning kasbiy birlashmasi bo‘lgan sug‘urta sherikchiligi tuziladi va Sug‘urta sherikchiligining ish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha belgilangan sug‘urta tariflarining amal qilish muddati bir yildan kam bo‘lishi mumkin emas. Sug‘urta tariflarining o‘zgarishi tashuvchi to‘lash sanasida amalda bo‘lgan sug‘urta tariflariga ko‘ra to‘lagan sug‘urta mukofoti miqdori tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilish muddati ichida o‘zgarishiga olib kelmaydi.



Download 31,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish