20-dars. Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha Dars maqsadi: a Talimiyligi



Download 21,74 Kb.
bet2/2
Sana29.04.2022
Hajmi21,74 Kb.
#591347
1   2
Bog'liq
ma\'lumotlar ombori

Matematik funksiya

Mantiqiy funksiya

Matnli funksiya


































































ABS,Баттекст. ДЛСТР.ЗАМЕНИТЪ.ЕСЛИ.ЗНАЧЕН.ИЛИ.ПОВТОР.СЦЕПИТЪ.МАХ.МИН.LN.SIN.
HOД.НОК.СОS.ЕХР.И.КОРЕН.ОКРУГЛ.НЕ.

Matematik funksiya

STATISTIK funksiya

Matnli funksiya









































































ABS,Баттекст. СРЗНАЧ.ДЛСТР.ЗАМЕНИТЪ.ЕСЛИ.ЗНАЧЕН.МИН.ИЛИ.ПОВТОР.
СЦЕПИТЪ.МАХ.МИН.LN.SIN.МАКС.СЧЕТЕСЛИ.

Mantiqiy funksiya

STATISTIK funksiya

Matnli funksiya









































































ABS,Баттекст. СРЗНАЧ.ДЛСТР.ЗАМЕНИТЪ.ЕСЛИ.ЗНАЧЕН.МИН.ИЛИ.ПОВТОР.
СЦЕПИТЪ.МАХ.МИН.LN.SIN.МАКС.СЧЕТЕСЛИ.
3-shart.Kompyuterda MS Excelda har bir guruh amaliy masalani bajaradi.
1-masala.Sinf o‘quvchilarining informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘zlashtirish darajasi diagrammasini hosil qiling.
2-masala.41-bet 4-mashq.Sonlarning 15% ni hisoblang.
3-masala.y=sin2x funksiya grafigini hosil qiling.
III Yangi mavzu bayoni.
Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalardan hisoblanadi. Ma’lumot resurslarini shunday tashkil etish lozimki, undan foydalanish maksimal qulaylik va foyda keltirsin. Masala yechishga harakat qilish, ma’lumotlarni ishlash jarayonidagi yangicha yondashish, yangi texnologiyani keltirib chiqardi. Mazkur texnologiyaning asosini ma’lumotlar ombori va banklari tashkil etadi.
Ma’lumotlar ombori (MO) kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasidir.
Ma’lumotlar modeli – bu ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir.
Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun ma’lumotlarni turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash MO yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, u ko‘plab omillarga bog‘liq.
MO tuzishning asosiy usullari quyidagilardan iborat:
- Ierarxiv (shajara) model– bu modelda ma’lumotlar daraxtsimon ko‘rinishda saqlanadi. Ishlash birligi yozuvdir;
-Tarmoq model – bu modelda daraxtsimon bog‘lanish bo‘lsada, tugunlardagi tarmoqlanishlarga cheklanish yo‘q;
-Realyatsion (o‘zaro bog‘langan) model – bu modelda ma’lumotlar jadval ko‘rinishda saqlanadi
Ma’lumotlarni ikki xil usuldan foydalanib olish mumkin. Bular tuzilmalashtirilmagan va tuzilmalashtirilgan.
Tuzilmalashtirilmagan – bu ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi.
Tuzilmalashtirilgan – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuv bo‘lsa, u holda ular tuzilmalashtirilgan deyiladi.
Ma’lumotlarni tuzilmalashtirilmaganiga quyidagicha misol keltirish mumkin: o‘quvchi (Familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, telefon raqami) haqidagi axborotdan iborat ma’lumotlarga quyidagicha yozilgan axborotni ko‘rsatish mumkin: Familiyasi – Nazarov, Ismi – Nodir, Otasining ismi – Axmedovich, Yashash manzili – Navoiy shahar, Telefon raqami +998947777777.
Ushbu ma’lumotlarni jadval ko‘rinishga keltirsak tuzilmalashtirilgan ma’lumotga aylanadi:



T/r

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Yashash manzili

Telefon raqami

1.

Nazarov

Nodir

Axmedovich

Navoiy shahar

+998947777777



YODDA SAQLANG !
Ma’lumotlar ombori (MO) kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasidir.
IV Mustahkamlash.
1)Mavzu bo‘yicha “SWOD” tahlilini tuzish topshirig’ guruhlarga topshiriladi.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1.Ma’lumotlar ombori deganda nimani tushunasiz?

2.MOning modeli haqida ma’lumot bering?

3.Tuzilmalashtirilgan ma’lumot deganda nimani tushunasiz?

4.Sinfingizdagi o‘quvchilarning familiyasi, ismi, tug‘ilgan yili, telefon raqami, fanlardan olgan baholari bo‘yicha tuzilmalashtirilmagan ma’lumotlarni shakllantiring.


Qisqa test.


1).Ma’lumotlarning o’zaro bog’langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to’plami nima?
A.Ma’lumotlar ombori;B.Ma’lumotlar modeli;C.Tuzilmalashtirilmagan;D.Ierarxik.
2).Ma’lum bir strukturaga ega ,o’zaro bir-biri bilan bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmui nima?
A.Ma’lumotlar ombori;B.Ma’lumotlar modeli;C.Tuzilmalashtirilmagan;D.Ierarxik.
3)Ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo’lmasa qanday usul?
A.Tuzilmalashtirilmagan;B.Tuzilmalashtirilgan;C. Ma’lumotlar modeli;D.Ierarxik.
4)Ma’lumotlar daraxtsimon ko’rinishda saqlanadi?
A.Tuzilmalashtirilmagan;B.Tuzilmalashtirilgan;C. Ma’lumotlar modeli;D.Ierarxik.
5)Ishlash birligi yozuv bo’lgan usul qaysi?
A.Tuzilmalashtirilmagan;B.Tuzilmalashtirilgan;C. Ma’lumotlar modeli;D.Ierarxik.

Testni kalitini slaydda chiqarib guruhlar daftarlari almashtirilib tekshirishni ularni o‘zlariga topshiriq beriladi.Sababi o‘zaro tanqid ruhini va xatoliklarni tushunib to‘g’rilash orqali munosabat yuritish ko‘nikmasini shakllantirish.





V XulosaDars xulosalanib darsda faol qatnashganlar bahosi izohlanib baholanadi.Guruhlar baholanadi.baholar kundalik va sinf jurnaliga qo‘yiladi.


VI Uyga vazifa
1. 10-sinf darsliklarining mualliflari va chiqgan yili bo‘yicha tuzilmalashtirilmagan ma’lumotlarni shakllantiring.
2. Sinfingizdagi o‘quvchilarning familiyasi, ismi, tug‘ilgan yili bo‘yicha tuzilmalashtirilgan ma’lumotlarni shakllantiring.
Download 21,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish