20-Ma'ruza: O'zbekistonda polimerlar va ular asosidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish. Reja



Download 72 Kb.
bet1/3
Sana27.05.2023
Hajmi72 Kb.
#944570
  1   2   3
Bog'liq
20-mavzu


20-Ma'ruza: O'zbekistonda polimerlar va ular asosidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish.
Reja:
1. Poliakrilonitril va polietilen uning olinishi hamda amaliy ahamiyati.
2. Poliamid, poliuretan va polimochevina. Polivinilxlorid va undan sanoatda qo‘llaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarilishi.
Dars maqsadi: O'zbekistonda polimerlar va ular asosidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda ularning ahamiyatini tushuntiriish.
Dars natijalari: O'zbekistonda polimerlar va ular asosidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda ularning ahamiyatini hamda ularning qo'llanilish imkoniyatlarini o'rganadilar.

3-ilova.


1-rejaning bayoni:
Poliakrilonitril akrilonitrilni polimerlash natijasida hosil bo'ladi. Akrilonitrilning o'zi esa amalda turli usullarda sintez qilinadi:
a) etilensiangidringa suvni kuchli darajada tortib oluvchi fosfor (V)-oksid kabi moddalar ta'sir ettirilsa, akrilonitril hosil bo'ladi:
HOCH2CH2CN CH2=CHCN
b) agar asetilenga mis (I)-xlorid katalizatorligida va bosim ostida sianid kislota biriktirilsa, u akrilonitrilga aylanadi:
CHCH + HCN CH2=CHCN
Poliakrilonitril oq va qattiq polimer bo'lib, ba'zi erituvchilardagina eriydi. Uning molekulyar og'irligi 80000 bilan 250000 orasida bo'ladi. Bu polimer faqat dimetilformamid, 1,2-disianetan, dimetilsianamid kabi erituvchilarda va rux xlorid, litiy bromid, natriy rodanid kabi tuzlarning konsentrlangan eritmalarida eriydi. Poliakrilonitril oddiy sharoitda amorf va shishasimon polimer bo'lib, qizdirilganda ham yuqori elastik holatga o'tmaydi. Chunki poliakrilonitrilning yumshash harorati parchalanish haroratidan ancha yuqoridir. U 300-3500 S atrofida parchalanib, turli gazsimon moddalar hosil qiladi.
Poliakrilonitrildan sanoatda, asosan, sun'iy jun tolalar olinadi. Bu tolalar sifat jihatidan tabiiy jun tolasidan afzal turadi. Bundan tashqari, akrilonitril butadien, metilmetakrilat, akrolein, akril kislota, stirol kabi vinil monomerlar bilan sopolimerlanadi. Bu sopolimerlar issiqqa, turli organik suyuqliklar (ayniqsa, benzin va yog'lar) ga chidamliligi tufayli texnikada keng ko'lamda ishlatiladi. Uning butadien bilan olingan sopolimeri sun'iy kauchuklar orasida mineral moylar ta'siriga eng chidamli kauchukdir.
Poliolefin birikmalarning eng oddiy vakillaridan biri- polietilen etilenni polimerlash yo'li bilan olinadi. Hozirgi vaqtda sanoatda polietilen ishlab chiqarishda, asosan, quyidagi uch usuldan foydalaniladi:
1. Etilenni yuqori bosim ostida va kislorod katalizatorligida polimerlash.
2. Etilenni uglevodorodlarda eritib, o'rtacha bosim (40-50 atm) ostida va turli metall oksidlari katalizatorligida polimerlash.
3. Etilenni atmosfera bosimi yoki past bosim (2-3 atm) ostida va metall-organik kompleks katalizatorlar ishtirokida polimerlash.
Polietilendan yasalgan har xil qalinlikdagi pardalar radiotexnika va elektrotexnikaning barcha tarmoqlarida (radiolokasiyada, yuqori chastotali kabellar, televizion va telemexanik asboblar yasashda) muhim ahamiyatga ega. Polietilen suv o'tkazmaslik xususiyati jihatidan guttaperchadan qolishmaydi. Shuning uchun undan suv ostida ishlatiladigan maxsus kabellar yasashda foydalaniladi. Polietilen ishlatiladigan asosiy soxalardan yana biri undan xilma-xil diametrli trubalar ishlab chiqarishdir. Bunday polietilen trubalar metall trubalarga nisbatan 6-8 marta yengil bo'lib, suv va yemiruvchi suyuqliklarni uzatishda ulardan foydalanish yaxshi natijalar bermoqda. Polietilen tuz, kislota va ishqor eritmalari ta'siriga chidamliligi tufayli undan yasalgan trubalar kimyo sanoatida ham keng ishlatilmoqda. Polietilen pardalardan yasalgan qop va boshqa buyumlar oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va konservalashda tobora ko'proq ishlatilmoqda. Bulardan tashqari, hozir polietilendan g'ovak plastlar ham olinmoqda. Ular po'latdan 700 marta, suvdan 100 va probkadan 30 marta yengil.
So'nggi yillarda esa polietilendan sintetik tola olish usullari ham ishlab chiqildi. Biroq bunday tola namlikni deyarli yutmasligi tufayli, ularni faqat texnika extiyojlari uchun ishlatish mumkin.
4-ilova.



Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish