2001-yil 11-sentyabr aqsh voealari. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 203,62 Kb.
bet1/4
Sana24.12.2022
Hajmi203,62 Kb.
#895539
  1   2   3   4
Bog'liq
2001-yil 11-sentyabr AQSh voealari.


2001-yil 11-sentyabr AQSh voealari.
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism

  1. 2001-yil 11-sentyabr AQSh voealari: voqealar xronologiyasi.

  2. Al-qoida terroristik tashkiloti haqida

  3. 11-sentyabr voqealaridan so’ng Iroq-Aqsh munosabatlari

III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish.
Dunyoni dahshatga solgan 2001 yil 11 sentyabr. XXI asrdagi yirik qo‘poruvchilik harakatlarining “bosh toji” bo‘lgan teraktga 19 yil to‘ldi. Fojia jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlarni terrorga qarshi kurash uchun jipslashishiga turtki bo‘ldi.
2001 yil 11 sentyabr AQSH tarixida o‘chmas “dog‘” bo‘lib qoldi. Shu kuni Amerikada dunyodagi eng qo‘rqinchli va qonli terrorchilik harakati amalga oshirildi. Bu Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan dunyoga qarshi tahdid paydo bo‘lganiga ishora bo‘ldi.
Yirik megapolislar Boston, Nyu-York va Vashingtondan havoga ko‘tarilgan 4 ta yo‘lovchi samolyotlarining boshqaruvini qo‘lga olgan bir guruh terrorchilar Nyu-York shahrida joylashgan egizak binolarga va Virjiniya shtatida joylashgan mamlakat Mudofaa vazirligining shtab kvartirasi — Pentagonga borib urildi.
1.2001-yil 11-sentyab AQSh voealari: voqealar xronologiyasi.
Bundan 21 yil oldin 11-sentabr kuni egallab olingan to‘rtta samolyot AQSHning iqtisodiy, siyosiy va harbiy qudrati ramzi bo‘lgan ikki binoga kelib urilgan. 2996 kishining umriga zomin bo‘lgan 11-sentabr voqealari AQSH tarixidagi eng yirik terrorchilik akti bo‘lib, uning oqibatlari hozirga qadar sezilmoqda. Aynan shu voqeadan so‘ng AQSH “terrorga qarshi urush” ochib, Afg‘oniston va Iroqqa kirib borgan. Ko‘plab amerikaliklar hozirga qadar o‘sha mash’um kunda qayerda bo‘lgani va nima bilan shug‘ullanganini yaxshi eslaydi. BBC nashri dunyoni o‘zgartirib yuborgan hodisani daqiqama-daqiqa bayon etgan.11 American Airlines (AA11) reysi Bostondagi Logan xalqaro aeroportidan maksimal yuk bilan Los-Anjelesga parvozini boshlagan. Samolyot bortida kapitan, ikkinchi uchuvchi va to‘qqiz nafar styuardessa bo‘lgan. 81 nafar yo‘lovchi orasida misrlik Muhammad Atto boshchiligidagi besh bosqinchi bo‘lib, ular hujum rejasini amalga oshirishga kirishgan.
Reja “Al-Qoida”ning Afg‘onistondagi bazasida besh yil oldin ishlab chiqilgan. G‘oya pokistonlik jangari Xolid Shayx Muhammadga tegishli edi. U samolyotni egallab, undan boshqariluvchi raketa sifatida foydalanish uchun terrorchilarga havo kemasini boshqarishni o‘rgatish kerakligini o‘ylab topgan.Rejani “Al-Qoida” yetakchisi, saudiyalik millioner, Amerika maxsus xizmatlari kuzatuviga tushgan va oxir-oqibat dunyoning eng xavfli odamiga aylangan Usama bin Laden ma’qullagan.Bostondagi aeroportning boshqa bir terminalidan Los-Anjelesga bortida to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi va 56 nafar yo‘lovchi bo‘lgan 175 United Airlines (UA175) reysi ham havoga ko‘tarilgan. Yo‘lovchilarning besh nafari bosqinchi edi.Shu vaqtda AA11 reysidagi bosqinchilar ekipaj kabinasiga kirib, birinchi samolyotni o‘z nazoratiga oladi. Avvaliga ikki nafar bort kuzatuvchisi pichoqlanadi. Shundan so‘ng bosqinchilar ichida samolyotni boshqara oladigan yagona inson — Atto biznes-klassdan birinchi klass tomon borib, Deniel Levin ismli yo‘lovchini o‘ldiradi.Levin to‘rt yil davomida Isroil armiyasida xizmat qilgan bo‘lib, Attoning qarshisida o‘tirgan. Taxminlarga ko‘ra, u bosqinga xalaqit bermoqchi bo‘lgani uchun o‘ldirilgan.Egallab olingan boshqa samolyotlardagi kabi ekipaj a’zolari va yo‘lovchilar salonning orqa qismiga to‘planadi. “Al-Qoida” jangarilarida gaz ballonlari bo‘lgan va ular yo‘lovchilarni bomba bilan qo‘rqitgan, aslida esa ularda hech qanday portlovchi vositalar bo‘lmagan.Betti Ong ismli styuardessa American Airlines bronlash markazi bilan bog‘lanib, AA11 reysi egallab olinganini bildiradi.77 (AA77) American Airlines reysi Vashingtondagi Vashington-Dallas xalqaro aeroportidan olti nafar ekipaj a’zosi va 58 nafar yo‘lovchi bilan — ularning besh nafari bosqinchi — havoga ko‘tariladi. Manzil — Los-Anjeles.Atto yo‘lovchilar bilan bog‘lanishga urinadi, biroq boshqa tugmani bosib yuborgani sabab samolyot o‘g‘irlanganini Bostondagi aviadispetcherga e’lon qilib yuboradi. U bitta emas, bir necha samolyot egallab olinganini bildiradi.Sarosimaga tushib qolgan aviadispetcher nima bo‘layotganini tushunmaydi, ammo Attoning ikkinchi xabari hech qanday shubha qoldirmaydi: AA11 reysi egallab olingan. Bu vaqtga kelib jinoyatchilar samolyotning transponderini — har bir havo kemasining uchish joyi, balandligi va tezligi haqida ma’lumot beruvchi qurilmani o‘chirib qo‘yishga ulgurgan. Bu esa samolyotni qidirish ishlarini qiyinlashtirgan.Samolyotning o‘g‘irlangani haqidagi xabar AQSH Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi (FAA), havo harakatlarini boshqarish bo‘yicha hukumat agentligida tarqaladi. FAA va aviakompaniyaning rasmiy shaxslari Attoning so‘zlari ma’nosini tushunishlari uchun yarim soat vaqt ketadi: “Bizda bir nechta samolyot bor”. Shu bilan birga, mamlakatdagi barcha aviareyslar odatdagidek parvozlarni davom ettirgan. Ular orasida — to‘rttasi shu kunning o‘zida egallab olingani.93 (UA93) United Airlines reysi Nyu-Jersidagi xalqaro aeroportdan San-Fransisko tomon yo‘l olgan. U soat 08:00 da uchishi kerak edi, biroq ertalab aeroportda yuklamaning ortib ketgani bois parvoz ushlanib qolgan.Aynan shu samolyot o‘z manziliga yetib bormagan va bunga parvozning kechikkani ham sabab bo‘lgan. Ammo yana bir hal qiluvchi omil bor. Reys yetti nafar ekipaj a’zosi va 37 nafar yo‘lovchi bilan parvoz qiladi, bu yerda qolgan samolyotlardagidek besh emas, to‘rt nafar bosqinchi bo‘lgan. UA93 parvozini amalga oshirgan paytda ikkinchi samolyot — UA175 havoda egallab olingandi.AA11 egallab olinganidan yarim soat o‘tib, Nyu-York osmonida paydo bo‘ladi. Osmon bulutsiz, atrofda boshqa samolyotlar ko‘rinmaydi: aviadispetcherlar reys Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroport tomon harakatlanyapti deya hisoblab, boshqa samolyotlardan ularga yo‘l berishni so‘ragan.
Xatarga qaramay, Merdlin Suini ismli styuardessa samolyot dum qismidan turib, 15 daqiqa davomida telefonda American Airlines parvoz xizmati menejeri Maykl Vudvordga barcha o‘zgarishlar haqida xabar berib turgan. AA11 reysi pastlashni boshlaydi, ammo u aeroport tomon ketmayotgandi. “Nimadir bo‘ldi. Biz katta tezlikda pastlayapmiz”, — deydi Suini.
Vudvord Suinidan oynaga qarab, samolyot qayerda ekanini aniqlashini so‘ragan. Suini: “Past uchyapmiz. Juda past”. Oradan bir necha soniya o‘tgach, “Ey Xudo, biz juda ham past uchyapmiz!”, degach, aloqa uziladi.AA11 reysi Jahon savdo markazining egizak binosi 110 qavatli Shimoliy binosiga kelib uriladi. Konstans Labetti birinchi samolyot yaqinlashib kelayotganini Janubiy binoning 99-qavatidan ko‘rib turgan.
Men hayratga tushib qoldim. Qimirlay olmadim. Samolyot tobora yaqinlashib kelayotgandi. Dum qismidagi AA harflarini va kabinaning qoraytirilgan oynasini ko‘rdim. Shu qadar yaqin edim”, — deydi u.
Samolyot Shimoliy binoning 93–99-qavatlariga kelib urilib, bir soniyada yuzlab insonlar umriga zomin bo‘lgan. Zarba oqibatida 92-qavatdan boshlab barcha zinalar yakson bo‘lgan. Yana yuzlab odam tuzoqqa tushib qolgan. Halokat vaqtida samolyotning yonilg‘isi olovli shar bo‘lib portlaydi va kamida bitta lift bo‘limini yakson qilib, pastki qavatlarga yetib boradi, jumladan, Uest-strit vestibyuli va yer ostidagi to‘rtta qavatga ham.
Ayrim joylarda harorat Selsiy bo‘yicha 1000 darajaga chiqib ketadi va quyuq qora tutun nafaqat Shimoliy, balki Janubiy binoning yuqori qavatlarini ham egallab oladi.
Ichki aloqa tizimi orqali barchaga o‘z joyida qolish bo‘yicha buyruq beriladi, ammo Aon Corporation’da ishlagan Labettining boshlig‘i Ron Fatsio o‘z xodimlariga binoni zina orqali tark etishni buyuradi. Mazkur qaror o‘nlab insonlar hayotini saqlab qolgan.AQSH prezidenti Jorj Bush Florida shtatidagi Emma E.Buker nomi ostidagi boshlang‘ich sinfga kirishga tayyorlanmoqda. Unga “ikki motorli kichik samolyot” egizak-binolardan biriga kelib urilganini xabar qilishadi. Bushga qo‘shimcha ma’lumotlar yo‘qligini aytishadi va u sinf xonasiga kirib, bolalar bilan muloqot qilishni boshlaydi.
Aslida 20 daqiqa oldin FAA’ga birinchi samolyot o‘g‘irlangani ma’lum edi, Vashingtondagi boshqa biror agentlik bu haqda ogohlantirilgani haqida ma’lumotlar yo‘q. Oq uy ham bundan bexabar bo‘lgan.
Vitse-prezident Dik Cheyni televideniye orqali yangilikdan xabar topadi va uning reaksiyasi dunyodagi millionlab odamlarniki kabi edi: “Jin ursin, qanday qilib samolyot Jahon savdo markaziga urilishi mumkin?”.
Taxminan shu vaqtda terrorchilar uchinchi samolyot — AA77 reysini egallab oladi.Shimoliy binoning yuqori qavatlariga amalga oshirilgan birinchi zarbadan 10 daqiqa o‘tib, chang va tutundan berkinish uchun deyarli pana joy qolmaydi. Ayrimlar oynadan pastga tushib ketsa, ba’zilari 300 metr balandlikdan sakrab halok bo‘lgan. Fojia yangicha o‘lchamga kira boshlaydi.Nyu-Yorkdagi FAA havo harakatlarini boshqarish markazida butunlay tartibsizlik yuzaga keladi. UA175 reysining transponderi o‘chirilmagan bo‘lsa-da, samolyot yo‘nalishini o‘zgartirib, shahar uzra hech qanday to‘siqsiz parvoz qilgan. Bu vaqtga kelib, yana bir samolyot olib qochilgani haqidagi xabar FAA’ga kelib tushadi va harakat qilishga juda kech edi.
UA175 Jahon savdo markazining Janubiy binosiga urilib, 77 va 85-qavatlar o‘rtasidagi devorni buzib o‘tdi. Zarbadan keyin 17 daqiqa vaqt o‘tdi. Pastda Nyu-York tarixidagi eng yirik qutqaruv operatsiyasi boshlandi. Konstans Labetti samolyot Janubiy binoga kelib urilganida hali zinadan tushayotgan edi. “O‘ylaymanki, men 72 yoki 75-qavatga yetib borgandim — qattiq shovqinni eshitib, his qildik. Zinadagi odamlar pastga qulay boshladi. Kimdir binoni qo‘liga olib, silkitib, yana joyiga qo‘yib qo‘ygandek edi. Panjarani qattiq ushlab olganim sabab yiqilmadim, ammo ko‘pchilik zinadan pastga dumalayotgandi”, — deya eslaydi u.
Labetti Shimoliy bino o‘zlarinikiga qulab tushdi deb o‘ylab, pastga harakatlanishni davom etgan. Biroq teleekran qarshisidagi millionlab insonlar biladiki, ikkinchi samolyot Konstans Labetti bo‘lgan Janubiy binoga kelib urilgan. Baxtsiz hodisa haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.Jorj Bush hamon 1-sinflar qarshisida o‘tiribdi. Oq uy administratsiyasi rahbari Endryu Kard uning qulog‘iga egizak-binolarga samolyot kelib urilganini shivirlagan. Prezident joyidan qimirlamagan holda, boshini biroz qimirlatib, labini tishlaydi. “Inqiroz vaqtida vahima ko‘tarmay, vazmin bo‘lish kerak. Biror dramatik ish qilishni, stuldan sakrab turib, bolalarga to‘la sinfni qo‘rqitib yuborishni istamadim, shu sababli kutishga to‘g‘ri keldi”, — degandi Bush BBC’ga bergan intervyusida.Ikkinchi falokatdan keyin American Airlines va United Airlines kompaniyalari o‘z samolyotlariga havoga ko‘tarilishni taqiqlaydi. United Airlines’ning 40 yillik tajribaga ega aviadispetcheri Ed Ballinjer o‘zi ishlaydigan barcha reyslarga ogohlantirish beradi. Ulardan biri UA93 reysi edi. Bir necha daqiqadan keyin u ham egallab olinadi.
“Kabinaga amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan har qaday bosqindan ehtiyot bo‘ling. Ikkita samolyot Jahon savdo markaziga kelib urildi”, — deydi Ballinjer qisqa xabarida. Vahimaga tushgan uchuvchi Jeyson Dal “Ed, oxirgi xabaringizni tasdiqlang, iltimos, Jeyson”, deya javob qaytaradi. Javob esa juda kech keladi.Ballinjer hozirga qadar xabarni aniq yetkaza olmagani uchun afsusda ekanini bildirib keladi.UA93 reysi falokat signalini beradi. Baland shovqin orasida kapitan yoki ikkinchi uchuvchining ovozi eshitiladi. Falokat signalini Ogayo shtatining Klivlend shahridagi aviadispetcher qabul qiladi, ammo endi biror chora ko‘rishning imkoni yo‘q edi — samolyot egallab olingandi.UA93 qolgan uchta holatdagi kabi parvoz boshlanganidan yarim soat o‘tib emas, 46-daqiqada amalga oshiradi. Ushlanib qolingan vaqt va 42 daqiqali kechikish reys taqdirini hal qilgan.Livan fuqarosi bo‘lgan Ziyod Jarra boshchiligidagi jinoyatchilar o‘z taktikasini takrorlaydi: yo‘lovchilarga bomba bilan tahdid qiladi va samolyotni aeroportga qaytarmoqchi ekanliklarini aytadi va barchani salonning orqa qismiga to‘playdi. Samolyotning dum qismidan odamlar yaqinlariga telefon qilishni boshlagan.UA93 bortidan kamida 37 ta qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan. Yo‘lovchilar Nyu-Yorkdagi hujumdan shu orqali xabar topadi va harakatni boshlashmasa, o‘zlarini ham xuddi shunday taqdir kutib turganini anglaydi.Adliya vazirligidagi rasmiylar uchinchi samolyot ham o‘g‘irlanganidan xabar topgan. Bosh solisitor Teodor Olson yangilikni AA77 reysida uchgan rafiqasi Barbaradan eshitgan. Keyinroq Olson unga “Uchuvchiga nima dey? Nima deya olaman uchuvchiga?”, deganida aloqa uzilib qolganini eslaydi.FAA yarim soat ichida samolyot qayerda ekanini aniqlashga urinadi, biroq havo kemasining transponderi o‘chirib qo‘yilgan. Amaldorlar bunda harbiylarni ayblaydi.“Biz, shuningdek, AA77’ni ham yo‘qotdik”, — deydi FAA markazi AQSH havo makonining xavfsizligiga javob beradigan Shimoliy Amerika havo-kosmik mudofaa qo‘mondonligiga (NORAD).Vashingtondagi Ronald Reygan aeroporti rasmiylari AQSH Maxsus xizmatlarini noma’lum samolyot Oq uy tomon uchayotgani haqida ogohlantiradi. Mamlakat vitse-prezidenti yerosti bunkeriga olib tushiladi, ammo ko‘p o‘tmay samolyot 330 darajaga burilgan.U Oq uy yoki Kapitoliy binosi tomon uchmasdi: samolyot 8 kilometr uzoqlikdagi Pentagonga maksimal— soatiga 850 kilometr tezlikda uchib borardi.
AA77 Pentagonning g‘arbiy devoriga kelib uriladi. Olovli shar bino tom qismidan 60 metr balandlikka ko‘tarilgan. Portlash oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 64 kishining barchasi va Mudofaa vazirligi shtabidagi 125 kishi halok bo‘lgan. Yana o‘nlab odamlar jiddiy jarohat olgan.
Yangiliklar kanallar butun e’tiborini egizak-binolardagi voqealarga qaratgani bois Pentagondagi halokat ikkinchi planga tushib qolgan. Ammo prezident Bush bundan juda qattiq tashvishga tushadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu vaqtda u mamlakat urush holatiga kelib qolganini anglagan.
Birinchi samolyot avariya bo‘lishi mumkin edi. Ikkinchisi aniq hujum, uchinchisi urush e’lon qilish edi”, — deydi Bush.Pentagonga hujumdan keyin FAA keskin qarorlarni qabul qilib, barcha tijoriy reyslarga zudlik bilan eng yaqin aeroportlarga qo‘nishni buyuradi. 4,5 mingga yaqin odam ucha olmay qolib ketadi. Biroq bitta samolyot hamon havoda edi: transponderi o‘chirib qo‘yilib, olib qochilgan UA93 reysi.Bu vaqtga kelib UA93 ekipaji va yo‘lovchilar biror chora ko‘rmasa, halok bo‘lishlarini tushunib yetadi. Sobiq styuardessa Elis Xougland samolyot bortida bo‘lgan o‘g‘li Mark Bingxemga ikkita ovozli xabar qoldiradi.
“Mark, men onangman. Samolyotlaringni terrorchilar olib qochdi. Aftidan, ular yerdagi biror narsani portlatib yubormoqchi. Ularni to‘xtatish uchun qo‘lingdan kelgan barcha ishni qil”, — deyiladi birinchi xabarda. Ikkinchi xabarda Elis o‘z maslahatini takrorlagan: “Bitta reys San-Fransiskoga yo‘naldi. Bu sizlarni reys bo‘lishi mumkin, shunday ekan bir nechta odamni to‘pla-da, vaziyatni nazoratga olish uchun barcha imkoniyatni ishga sol. Seni yaxshi ko‘raman. Omad. Ko‘rishguncha”.
Samolyotdan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasi bortidagilar eng yaxshi strategiya — hujum uyushtirganlarga qarshi kurashish ekanligiga ovoz beradi.Janubiy bino qulab tushadi. Qulash 11 soniya davom etgan. Binoda bo‘lgan barcha halok bo‘lgan. Ko‘chadagi va Jahon savdo markazi kompleksi ichida joylashgan Marriott mehmonxonasida ham qurbonlar bor.
Konstans Labetti chang va chiqindidan iborat ulkan bulut vayron bo‘lgan joyni egallab olishidan soniyalar oldin binodan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Ertasi kuni u xodimlariga evakuatsiya qilishni buyurgan boshlig‘i Fatsio binodan chiqishga ulgurmaganidan xabar topadi.Olti daqiqa ichida UA93 reysi yo‘lovchilari kabinaga kirib, bosqinchilardan samolyot nazoratini tortib olishga urinadi. Bortdagi ma’lumotlarni yozib boruvchi qurilmaga ko‘ra, zarbalarning baland ovozi, baqirishlar, singan idish-tovoq tovushini yozgan — yo‘lovchilar kuch bilan eshikni ochmoqchi bo‘lgan.
Shturvalni boshqarib ketayotgan Ziyod Jarra yo‘lovchilarni muvozanatdan chiqarish uchun o‘ngga-chapga bura boshlaydi. Boshqa bosqinchi esa eshikni bloklagan. Jarra “Bo‘ldimi? Tugatamiz?” desa, sherigi “Yo‘q, hali bo‘lmadi. Hamma yig‘ilganda tugatamiz”, deya javob qaytargan.
Samolyot hamon o‘z nishoni — Kolumbiya okrugining Vashington shahridan 20 daqiqalik uzoqlikda edi. Jazza sherigidan samolyotni halokatga uchrataymi deya yana so‘raganida, u “ha” deb javob qaytargan.
UA93 reysi soatiga 950 kilometr tezlikda Pensilvaniya shtatidagi Shanksvill bo‘sh maydoniga kelib qulaydi. Omon qolganlar yo‘q. Oq uy yana bir necha daqiqa samolyot urib tushirilganmi yoki yo‘q — bexabar bo‘ladi: harbiylarga samolyot Oq uy yoki Kapitoliy binosiga yaqinlashsa, laynerni urib tushirish buyurilgandi.AA11 reysining Shimoliy binoga urilganidan 100 daqiqadan ortiq vaqt o‘tadi. U Janubiy binodan ko‘ra, ikki barobar ko‘proq chidash bergan, ammo oxir-oqibat to‘qqiz soniyada yerga qulagan.
Shimoliy binodan bir necha metr narida bo‘lgan Nyu-York o‘t o‘chirish boshqarmasi xodimi Bill Speydni portlash 12 metr uzoqlikdagi vayronalar ostiga uloqtirib yuborgan. U yuzaga chiqib olish uchun bir soat vaqt sarflaydi. Keyinroq jamoasidagi 12 nafar qutqaruvchidan hech kim omon qolmaganini anglab yetadi. UA93 reysida uchgan amakisi ham halok bo‘lgan.Jami halok bo‘lganlar — 2977 kishi (19 nafar terrorchi hisobga olinmaganda) — 11-sentabr hujumi AQSH tarixidagi eng mudhish voqeaga aylangan. Shuningdek, ushbu kunda AQSH tarixida eng ko‘p qutqaruvchi halok bo‘lgan — Nyu-Yorkning o‘zida 343 nafar o‘t o‘chiruvchi.Bundan tashqari, AQSH Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazlari ma’lumotlariga ko‘ra, 400 mingga yaqin odam toksinlarga, turli darajadagi jarohatlar, xususan, ruhiy, surunkali kasalliklarga duchor bo‘lgan.

Download 203,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish