2018 yil 23 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan Axborot soati va murabbiylik soati materiallari


TALABA-YOSHLARGA VAFODORLIK FAZILATI, SADOQAT, AHDU-PAYMONIDA, SO‘ZDA, VA’DADA QAT’IY TURISH, TILNI YOLG‘ON, BO‘HTON VA G‘IYBAT SO‘ZLARDAN TIYISHGA O‘RGATISH



Download 487,5 Kb.
bet4/5
Sana06.08.2021
Hajmi487,5 Kb.
#139777
1   2   3   4   5
Bog'liq
axb

TALABA-YOSHLARGA VAFODORLIK FAZILATI, SADOQAT, AHDU-PAYMONIDA, SO‘ZDA, VA’DADA QAT’IY TURISH, TILNI YOLG‘ON, BO‘HTON VA G‘IYBAT SO‘ZLARDAN TIYISHGA O‘RGATISH

Dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan, axborot oqimining kundan-kunga tezlashib, ko‘lami kengayib borayotgan bugungi davrda butun insoniyat oldidagi eng dolzarb, global muammolar qatorida millatlarning jahon tamaddunida o‘zini-o‘zi saqlab qolishi masalasi kun tartibiga chiqib qolgani, hech kimga sir emas.

Bugun ommaviy madaniyat shakllarida er yuzida mavjud barcha millatlarning ongu-shuuriga huruj qilib, ularni millat sifatidagi xususiyatlarini, o‘zligini yo‘qotishiga olib kelayotgan “yangicha qadriyatlar”, “g‘arbona urflar” INSON degan barcha mahluqotlar ichidagi mukarram zotning o‘z rutbasidan pastga tushishi, tubanlashuvi, aql-idrokning ham quvvati etmaydigan, ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan dahshatli ishlarga qo‘l urayotgani, ayniqsa, hattoki bu holatning oddiy, barcha birday, shunchaki qabul qilib qo‘yishi mumkin bo‘lgan “me’yor”ga aylanib borayotgani dahshatning o‘zginasidir.

Ijtimoiy tarmoqlarda kishilar orasida “g‘ayri urf”ga aylanayotgan turli jinoyatlar, pichoqbozliklar, xunrezliklar, inson joniga, moliga qasd qilishlar, insonni masxara qilib, “o‘zining kundalik tashvishlari bilan tinch ketib borayotgan qari kampirning boshiga paqir kiydirib, uni urib, hushidan ketkazishga jazm qilayotgan, haddi sig‘ayotgan “avlod”, bu voqeani kulib, yayrab, zavlanib, xotirjamlik bilan bir-biriga “ulashayotgan” avlodning bu qadar tubanlashuviga nima sabab bo‘ldi?

Albatta, bunday hati-harakatlarni vujudga kelishida juda ko‘plab omillarning ta’siri bor. Axborot texnologiyalari, mafkuraviy hurujlar, ijtimoiy tarmoqlar, ta’lim-tarbiyaning o‘z vaqtida berilmasligi, g‘arbga taqlid, ommaviy madaniyat va hokazolar. Biroq, muammoning tub ildizi ilmsizlik, fikrsizlik, voqea-hodisalarning mohiyatini chuqur anglay olmaslik, tafakkur qilmaslik, to‘g‘ri, oqilona yondashuvning yo‘qligidir.

Millatni qachon mahv etish mumkin? XX asr boshlarida ayni savolning javobini va amaliyotini ko‘rganimizni esga olaylik. Turkistonni mustamlakaga aylantirish maqsadida muqaddas zaminimiz tuprog‘iga qadam qo‘yar ekan, rus qo‘shinlarining nufuzli harbiylaridan biri milliy qadriyatlar, urf-odatlar, ilm ahllarini yo‘qotish orqaligina bu o‘z maqsadlariga erishishi mumkinligini oshkor qilgan edi.

Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, millatning o‘zligini, uning yaxlitligini, jipsligini, dunyo tamaddunidagi o‘rni va mavqeini saqlovchi omil – bu milliy qadriyatlarga avlodlarning munosabati qandayligi bilan bog‘liqdir.

Yaratganga beadad shukurlar bo‘lsinkim, o‘zbek millatida qadriyat, tarbiya, odob-axloq, or-nomus, andisha, ibo, hayo, o‘zaro mehr-muruvvat, oqibat kabi insoniy fazilatlar ulug‘lanib keladi. Ba’zan hamyurtlamizning qilayotgan saxovatpeshaliklari, xayrli amallari, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, inson zotigaki ehtirom ko‘rsatishi kishining bo‘yini tog‘larcha o‘stiradi, cheksiz quvonch baxsh etadi. Biroq bunday kishilarning soni cheklangan, ayni amallarning ko‘lami o‘zbek xalqining soniga nisbatan etarli emas.

Hozirgi davrning kun tartibidagi eng zarur bo‘lgan – yoshlarga ana shu fazilatlarni yuqtirish, ularning ongu-shuuriga ezgulik, yaxshilik, insonparvarlik g‘oyalarini singdirish masalalari chiqmoqda.

Ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq barcha bo‘g‘indagi muassasalarda yoshlarga vafodorlik fazilati, sadoqat, ahdu-paymonida, so‘zda, va’dada qat’iy turish, tilni yolg‘on, bo‘hton va g‘iybat so‘zlardan tiyishga o‘rgatish ham yuqorida ta’kidlanganidek, milliy tarbiyamizning ajralmas qismlaridan biri sifatida muhim ahamiyatga molik bo‘lgan jihatdir.

O‘zbek millati haqida gap ketganda, avvalo uning islom diniga e’tiqod qilishini nazarda tutish lozim. Gap shundaki, bugungi kunimizga xos bo‘lgan g‘ayriaxloqiy hatti-harakatlarning sodir bo‘lishiga, birinchi galda, imon-e’tiqoddagi sustlik, ma’naviy qashshoqlik, johillik, ilm olishga intilmaslik, kitob mutolaa qilmaslik sabab bo‘lmoqda, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Islom dini esa barcha dinlar orasida insonlarni ma’rifatga undovchi, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi, tinchlikka chorlovchi dindir.

Muqaddas dinimizda mo‘‘minning barcha xislat va fazilatlari to‘g‘risida ko‘pgina hadislar, hikmatli fikrlar, hikoyat va rivoyatlar keltirilgan. Ayniqsa, bugun bahsga kirishganimiz, vafodorlik fazilati, sadoqat, ahdu-paymonida, so‘zda, va’dada qat’iy turish, tilni yolg‘on, bo‘hton va g‘iybat so‘zlardan tiyish haqida ham juda ko‘p manbalarda bayon etilgan.

Hadisi sharifda keltirilgan quyidagi hadislar orqali ham insonlarning yuыorida biz sanagan fazilatlari va qusurlari haqida so‘z ketadi.

Omonat qo‘ygan kishining omonatini o‘z vaqtida ado eting. Haqqingizga xiyonat qilgan kishiga siz xiyonat qilmang!

Garchi Xitoyda bo‘lsa ham ilmga intilinglar, chunki ilm olishga harakat qilish har bir mo‘minga farzdir.

Sadaqaning afzali mo‘min kishining ilm o‘rganib, so‘ng boshqa mo‘min birodarlariga ham o‘rgatishidir.

Sochi oqargan mo‘ysafidni, Qur’onni yod olib, uning ma’nolariga behuda chuqur ketmagan va uni tark ham qilmagan qorilarni va odil podshohni hurmatlash – Tangrini ulug‘lash bilan barobardir.


Download 487,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish