2018 yil 23 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan Axborot soati va murabbiylik soati materiallari


SAID AHMAD “UFQ” TRILOGIYASI HAQIDA



Download 487,5 Kb.
bet5/5
Sana06.08.2021
Hajmi487,5 Kb.
#139777
1   2   3   4   5
Bog'liq
axb

SAID AHMAD “UFQ” TRILOGIYASI HAQIDA
O‘zbek adabiyotining etuk nosirlaridan biri Said Ahmad Husanxo‘jayev 1920 yili Toshkentning Samarqand darboza mahallasida ziyoli oilada dunyoga keldi. Shu yerda o‘rta maktabni (1939) bitirib, Oliy o‘quv yurtida (1940—1941) ta’lim olgan. Adabiyot darslari va to‘garaklarida ijodga bo‘lgan havasi ortib, qo‘lga qalam ushlagan, vaqtli matbuot uning ijod dorilfununi bo‘lgan. Said Ahmad dastlab «Mushtum» oynomasida, Radio komitetida (1942—1943), «Qizil O‘zbekiston» ro‘znomasi (1943—1947), «SHarq yulduzi» oynomasida (1948—1950) va so‘nggi yillarda O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshidagi nasr bo‘limiga boshchilik qiladi. Uning birinchi hikoyalar to‘plami «Tortiq» 1940 yilda nashr etiladi.

Urush va urushdan so‘nggi yillarda Said Ahmad ko‘plab feleton, ocherk va hikoyalar yozdi. «Er yurak» (1942), «Farg‘ona hikoyalari» (1948), «Muhabbat» (1949) kabi to‘plamlar nashr etildi. Ulug‘ Vatan urushi davri voqealariga bag‘ishlangan «Xazina», «Hayqiriq», «Rahmat azizlarim» kabi hikoyalarida muallif urushning dahshatli oqibatlarini hayajonli tasvirlaydi, urush qahramonlarini ulug‘laydi.

Adibning hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, G‘afur G‘ulomning yumori, Abdulla Qahhorning bayondagi lakonizmi mujassamdir.

Said Ahmadning barcha hikoyalari zamonaviy mavzuda yozilgan. U hikoyalarida tasvirlaydigan har bir voqeadan falsafiy umumlashma chiqarishga, voqealarni lirik ta’sirchanlik bilan ifodalashga intildi. «Cho‘l burguti», «O‘rik domla», «Lochin», «Odam va bo‘ri», «Bo‘ston», «To‘y boshi» kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, o‘zbek nasrida ham yangilik bo‘ldi. Adib hikoyalarining bosh qahramoni ichki dunyosi boy va pok bo‘lgan zamondoshlarimizdir. Muallif «Tog‘ afsonasi», «Zumrad», «Muhabbatning tug‘ilishi», «Ko‘zlaringda o‘t bor edi», «Poyqadam», «Alla», «Iqbol chiroqlari» asarlarida hayotiy xarakterlar yaratdi.

Said Ahmad hajviy hikoyalarida taraqqiyotimizga to‘siq bo‘layotgan yaramas urf-odatlar ustidan kuladi, yangicha ma’naviy-axloqiy masalalarni o‘rtaga qo‘yadi. Aksincha, o‘zbek psixologiyasiga singmaydigan, milliylikdan yiroq bevatan, bemillat, yangicha urf-odatlar, udumlar ustidan ham qahqaha otib kuladi. Uning «Xanka bilan Tanka» «Lampa shisha» kabi o‘nlab hajviyalari shular jumlasidandir. Said Ahmad kichik hajviy asarlari bilan o‘zbek radio va televideniesida quvnoq miniatyuralar teatriga asos solgan.

Said Ahmad hikoyalaridan asta-sekin yirik polotnolar yaratishga o‘tdi. 1949 yilda chop etilgan «Qadrdon dalalar» va «Hukm» (1958) qissalari shular jumlasidandir.

«Ufq» romanida (1964) ikkinchi jahon urushining olovli yillarida o‘zbek dehqonlarining front orqasida ko‘rsatgan mehnat qahramonliklari atroflicha hikoya qilinadi. «Ufq» trilogiya bo‘lib, yozuvchi unda urushdan oldingi, urush davri va undan keyingi davr hayotiy muammolari haqida bahs yuritadi. U o‘zining «Jimjitlik» (1988) romanida esa turg‘unlik davri illatlarini fosh etishga intildi.

Said Ahmad mohir dramaturg sifatida ham tanildi. Uning «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Kuyov» kabi sahna asarlari shular jumlasidandir.

Said Ahmad ham qatag‘onlik zulmining ikkinchi to‘lqiniga duchor bo‘lgan, lager azoblarini tortgan ijodkordir. O‘z talanti va ona xalqiga sadoqat, katta ishonch adibni so‘z san’atkori darajasiga etkazgan.

Ijodkor tarjima ishlari bilan ham faol shug‘ullangan. Jumladan, B. Polevoy, A. Musatov, O. Gonchar kabi yozuvchilar asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ayni chog‘da adibning ko‘pgina hikoyalari qardosh va xorijiy tillarga o‘girilgan.

1964 yilda yaratilgan “Ufq” romani yozuvchi ijodiy yo‘lidagi ikkinchi bosqichning eng katta yutug‘i bo‘ldi. Bu roman trilogiya bo‘lib “Qirq besh kun”, “Hijron kunlarida”, “Ufq bo‘sag‘asida” nomli qismlardan iborat. Unda ijodkor qishloq kishilarining urush yillarida front orqasida ko‘rsatgan mehnat qahramonliklari, o‘zbek xalqiga xos bag‘ri kenglik va oriyatlilik, fidoyilik va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni aks ettirgan. Roman shunchalik muvaffaqiyatli chiqdiki, bir paytlar yosh yozuvchini qattiq tanqid qilgan Abdulla Qahhor 1965 yili o‘zining “Ilhom va mahorat samarasi” nomli maqolasida asarni quyidagicha ijobiy baholadi: “Said Ahmad bundan ko‘p yillar muqaddam qo‘liga tanburini olib chertganida qo‘li kelishganini ko‘rib, yaxshi sozanda bo‘lib, yaxshi-yaxshi mashqlar chalishini orzu qilgan edik. Shu orzu ushalib kelayotibdi. “Ufq” uning ilhom va mahorat bilan chalgan mashqidir”.

“Ufq” romanida yozuvchi xalqimiz turmushining uch muhim sanalari bilan bog‘liq bo‘lgan davrni qalamga olgan. Ushbu davrlarda yashagan xalqimizning turmush tarzi, orzu-o‘ylari va dardlarini aks ettirish bilan bir qatorda o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan urf-odatlar va o‘zbek xarakterini jonli bo‘yoqlarda go‘zal tasvirlangan.

Asarning birinchi romani “Qirq besh kun”da Katta Farg‘ona kanalining qurilishidagi xalqimiz matonati va mehnatsevarligi orqali katta bir ishning amalga oshirilganligi yoritilgan. Bunda bir muhim jihat borki, Katta Farg‘ona kanali qurilishi ortidagi xalqimizning zahmatlari o‘zbek adabiyotida boshqa biror asarda tasvirlanmagan. Said Ahmad “ Qirq besh kun” romanini yozish davomida mana shu kanal qurilishida ishtirok etganlar bilan suhbatlashgan, mohirlik bilan detallar yig‘a olgan. Bu esa asarning badiiy qiymatini oshirishga xizmat qiladi.

Trilogiyaning ikkinchi romani “Hijron kunlarida” esa Tursunboy ota yuzini yerga qaratib, urushdan qochgan bo‘lsa, do‘sti Azizbek Vatan uchun mardonavor jang qilib, qahramon bo‘ldi. Bu o‘rinda, qochoq va qahramon ota-onasining ruhiy holatini tushunish qiyin emas. Asarda o‘quvchining mehrini qozonadigan Nizomjon obrazi mavjud. Urush tufayli sof sevgisidan ayrilgan Nizomjon obrazida har qanday pastkashlikka boradigan, xalq orasida Jinoyat oqsoqol deb nom chiqargan otasi- Inoyat oqsoqolning bergan azoblariga chidagan mehribon inson timsolini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari, asarda xalqimizning urush ortidagi mashaqqatlari ham yoritib berilgan.



Trilogiyaning uchinchi romani “Ufq bo‘sag‘asida” esa xalqimizning urushdan keyingi azob-uqubatlari bir avlodning majruh qalbi misolida ochib berilgan. Garchi urush o‘z nihoyasiga etgan bo‘lsa-da, uning sovuq nafasi, u olib kelgan kulfatlar jamiyat hayotiga hali hanuz ta’sir o‘tkazayotgani har bir kitobxonni o‘yga toldiradi. Asarda urushdan qaytib kelgan A’zamjon va Dildorning chigal oilaviy munosabatlari bilan bir qatorda Ikromjon hamda Nizomjon orasidagi tutingan ota-o‘g‘il rishtalari mohirona chizgilarda o‘z ifodasini topgan.

Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi xalqimizning yaqin o‘tmishi haqida yozilgan, achchiq haqiqatlar to‘la aks etgan bebaho asardir. Ushbu asarni yoshlar orasida keng tatbiq qilish-bu har bir yoshni tarixdan saboq chiqarib, bugungi kunning qadriga etib yashashga yo‘l ochib beradi.
Download 487,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish