2022 O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi



Download 25,29 Mb.
bet3/51
Sana23.03.2022
Hajmi25,29 Mb.
#506199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
O\'.M.va S 2022 (3)umk YAKUBOVA (yangi)

Nazorat topshiriqlari:
1.Madaniyat va san’atning paydo bo‘lishi.
2.Madaniyat va san’atning taraqqiyot bosqichlari
Mustaqil ish topshiriqlari:
1.Madaniyatning asosiy turlari.
2.Madaniyatning asosiy vazifalari.
Adabiyotlar:
1.Karimov I.A.Istiqlol va ma’naviyat. T., 1994 y.
2.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., 1998 y.
3.Abu Rayhon Beruniy, Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlari, 1-tom, T., 1998 y.
4.Abdullaev N. San’at tarixi T., 2001 y.
6


Mavzu: O‘rta Osiyoning ibtidoyi davr madaniyati va san’ati.


Asosiy savollar:



  1. Qadimgi tosh davri moddiy madaniyati va san’ati

  2. Mezolit va Neolit davri kashfiyotlari insoniyatning ilk utrok madaniyatlari

  3. Eneolit davri va ilk sivilizatsiya markazlari

  4. Bronza davri madaniyati va san’ati



Tayanch tushuncha va iboralar: Ibtidoiy davr, odamning paydo bo‘lishi, antropogenez, ibtidoiy makonlar, san’at namunalari, madaniyat uchoqlari, tosh davri, madaniyat va san’at taraqqiyoti.
Darsning maqsadi: Ibtidoiy davr madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, odamning paydo bo‘lishi hamda uning manzilgohlari va makonlardagi madaniyat va san’at namunalarining tadqiq etilishi hamda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyatning ibtidoiy ko‘rinishlari o‘rganiladi.
Insoniyat tarixining eng qadimgi va uzoq davom etgan davri ibtidoiy davr bo‘lib, fan ma’lumotlari, ayniqsa arxeologiya fani orqali biz ilk insoniyatning hayoti, turmushi va urf-odatlari haqida ma’lum bir tasavvurlarga ega bo‘lamiz.
Eng qadimgi odamning tabiat olamidan ajralib chiqishida muhim rol uynagan mehnat, dastlabki moddiy madaniyat namunalarining vujudga kelishiga ham sabab bo‘ldi. Eng sodda qurollar yasash bilan inson o‘zini yaratdi va hayvonot olami bilan inson o‘rtasida chegara qo‘ydi, bu insonning tabiat olamidan ajralib chiqishiga birinchi qadam edi.
Ibtidoiy odamlar tomonidan yaratilgan mehnat quroli qanchalik sodda bo‘lmasin xujalik ijtimoiy asos va ideologiyaning turli xil elementlarini o‘ziga xos juda boy yig‘indisini tashkil etadi. Oddiydan asta sekin murakkab shakllarga o‘ta borib, bu madaniyat muntazam ravishda o‘sib bordi. Bu ibtidoiy madaniyat kishilikning yanada rivojlanib borishini zaruriy sharti bo‘lib, o‘zining oliy shaklidagi mavjudot sifatida navbatdagi taraqqiyotining asosi bo‘lib qoldi. Ibtidoiy kishilar erishgan yutuqlarning ko‘pchiligi hozirgi zamon madaniyati xazinasida o‘z ahamiyatini saqlab qolgan. O‘tmishda kishilik butun ibtidoiy davr yo‘lini bosib o‘tganligini qabilalar va xalqlar bu davrning ma’lum darajada mustaqil bosib o‘tib, o‘z madaniyatini yaratgan va umuman madaniyatni saqlab qolgan. Ibtidoiy madaniyatning rivojlanishini to‘liq va yetarli darajada tasavvur etish uchun turli qabilalar va xalqlarga oid bo‘lgan mavjud ma’lumotlar bilan chegaralanish yaramaydi, ularni dunyoning turli mamlakatlaridagi turli xalqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan qo‘shish lozim. Odamning paydo bo‘lishi, rivojlanishi organik dunyo tarixida alohida nihoyatda qulay sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lgan yagona va takrorlanmaydigan xodisadir. Bu buyuk xodisa yuz bergan joy juda katta
7
xududni Osiyoning Janubiy qismini, Yevropaning janubiy va Afrikaning anchagina qismini o‘z ichiga oladi.
Eng qadimgi inson qoldiqlari 1891 yilda Yava orolidan, 1907 yilda Germaniyaning Geydelburk shahri yaqinidan, 1927 yilda Xitoyda Pekin shahri yaqinidan Kiyikova g‘oridan, 1938 yilda O‘zbekistonning janubidagi Teshiktosh g‘oridan, 1956 yilda Germaniyaning Dyuseldorf shahri yaqinidan topilgan.
Insonning eng qadimgi ajdodlariga qurol va yarog‘ uchun xzizmat qilgan dastlabki material tosh aniqrog‘i chaqmoq tosh va unga yaqin bo‘lgan material jinslar, xususan chaqmoq tosh bo‘lgan. Chaqmoq tosh yer sharining hamma yerida juda keng tarqalgan bo‘lib, bu mineralda juda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan (qattiq yumshoq materiallarga bo‘linib ketish, o‘tkir kesuvchi qirralar berish) xususiyatiga ega. Bularning hammasi chaqmoq tosh odamzot hayotida muhim rol uynaganini ko‘rsatib beradi. Tosh asriga oid bo‘lgan arxeologik qazish ishlari dastlab Fransiyada olib borildi. So‘ngra bunday qazishma ishlari dunyoning boshqa yerlarida ham olib borildi. To‘plangan materiallar va texnikaning uzluksiz o‘sib borganligidan guvohlik beradi va bir qancha bosqichlarni aniqlashga imkon beradi.
Bu birin ketin keladigan bosqichlar yer sharining turli yerlaridan topilgan muayyan odam faoliyatiga qarab aniqlanadi va fanda odamning qoldirgan izlari va ishlab chiqargan mehnat qurollari madaniyat deb ataladi. Bu madaniyatlar topilgan joylarning nomi bilan atalib, ular mana shu madaniyatning eng yirik o‘choqlari hisoblanadi.
2.Madaniyatning eng oddiy ilk bosqichi Ashel madaniyatidir. (Shimoliy Fransiyadagi Sent-ashel shaharchasi nomi bilan ataladi). Bu davr madaniyati qurollarining asosiy turi uzunligi 10 sm dan 20 sm gacha bo‘lgan og‘irligi esa 500 grdan 1 kg gacha bo‘lgan anchagina katta xajmli bodom shaklidagi xar ikki tomoni tosh qupol qilib tarashlangan tosh bo‘lagidir. Bu qurol «qo‘l chopqichi» yoki «qo‘l boltasi» deb ataladi. Bu qurollarni qo‘lga olish qulay bo‘lganligi uchun ularning yo‘g‘on orqa tomoni «tovon» deb ataluvchi silliq qismga ega bo‘lgan. Ashel chopqichi extimol barcha ishlarda ham uruvchi va kesuvchi, uyuuvchi va Ayni vaqtda irg‘itish quroli bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa kerak.
Ilk kishilarning navbatdagi tarixiy bosqich Yevropaning ko‘pgina yerlarida va shuningdek Afrika va Osiyoda ma’lum bo‘lgan va umumiy nom bilan Ashel madaniyati (Shimoliy Fransiyadagi Sait-ashel degan joyning nomi) deb ataladigan yodgorliklardan iboratdir.
Bu madaniyatning xarakt yeri quroli Shel davri qurollaridan hech farq qilmaydi, biroq unga qaraganda hajmi bir muncha kichik, shakli ancha to‘g‘ri, o‘tkir qirrali ko‘ndalangiga yorib «retush» deb ataladigan usulda ancha yaxshi ishlangan. Shel manzillarida bo‘lgani kabi Ashel manzillarida ham ma’lum tipga xos bo‘lmagan madan tosh qurollari topilgan. Ashel manzillarida shel manzillaridagi qurollardan farq qilishdan tashqari Yana odamni turmushi va faoliyatini ko‘rsatuvchi boshqa belgilar bilan ham farq qiladi. Moment, karkidon kabi yovvoyi hayvonlarning ko‘p suyaklari shuningdek olov izlari saqlanib qolgan. 8
Muste madaniyatining asosiy quroli uchio‘gkirlangan toshdir. Bu qurolning anchagina takomillashgan shakli nayza sifatida ishlatilishi mumkin yedi. Xaqiqatdan xam bu davrda yog‘ochdan yasalgan otish quroli masalan uchi o‘tkir qirrali tosh o‘rnatilgan nayza Ibtidoiy madaniyatniig uchinchi bosqichi Muste madaniyati ataladi (Fransiyaning janubiy g‘arbidagi qishlog‘i va g‘orning nomi bilan ataladi). Bu madaniyat nisbatan ancha keng tarqalgandir. Qrimda Simferopol shaxri yaqinida neeandertal odami topilgan.
Kiyik koba g‘ori 1925-28 yillarda S.N Zamyatnin
va 1936-37 yillarda V.A Gorodsov tomonidan Kubadan va
Krosnodardan 4.3 kl janubiy g‘arbdagi Ilesk ktensiyasi yaqinida
topilgai manzil Muste madaniyatining ajoyib yodgorliklari
bo‘lib xisoblanadi.
Muste. madaniyatning bunday yodgorliklari O‘zbekistonda xam
to.pilgan. Surxandaryo. viloyatining Boysun tog‘idagi bir qancha
g‘orlardan neandertallar topilgan, Teshiktosh g‘ori shular
jumlasidandir.
Muste boqishida texnika sezilarli darajada o‘sganligi bilan
xarakterlanadi. Oldingi bosqichlarga xos bo‘lgan chopqi bu davrda
kam uchraydi shuningdek uniyg xaJmi ancha yirik bo‘lib tuzilishi
jixatdan ancha qo‘polroqdir, bu universal qurolni birmuncha
iqtisoslashtirilgan qurollar siqib chiqargan, deb xulosa
chiqarysh mumkin. ishlatish mumkin. Ko‘rakcha xam muste
madaniyatining muxim qurollaridan biri xisoblanadi.
Bu bosqichda yangi material suyakdan o‘tkir uchli mada qurollar
yasalgan. Mus’te manzillaridan odatda yirik xayvonlarning,
ko‘pincha mamontning, so‘ngra karkidon, g‘or ayig‘i, yovvoyi ot,
shimol bug‘isi va boshqalarning bazan ko‘p miqdorda topiladi.
Nixoyat mu’ste manzillarida doimo gulxan qoldiqlari bo‘ladi.
Muste manzillarida ko‘pincha o‘sha davrda yashagan odamlarning
qoldiqlari xam uchraydi. Bular yuqorida aytib o‘tilgan Neandertalardir. Shunday qilib Muste madaniyati neandertallar
madaniyatidir.Shell, Ashel madaniyatlar umumiy nom bilan ilk paleo.lit
davri xam deb ataladi. Ilk paleolit odamida qurol va yaroq juda kam bo‘lganligi ko‘rinib turadi. Shunday sharoitda u xayot kechirish vositalarini
qanday qilib topgan va xayot kechirgan degan savol tug‘uladi. Ovqat
masalasini olganda odam eng avval o‘zi uchun ko‘pincha topilishi oson bo‘lgan ovqat turlaridan foydalangan. Bular biriichi navbatda, o‘simlik maxsulotlari va meva ildizlari, so‘ngra mayda xayvonlar, nixoyat to‘lqin qirg‘oqqa chiqarib tashlagan yoki qo‘l bilan tugilgan baliqdan iborat bo‘lgan. Ibtidoiy odam bo‘lgan yirik xayvonlarning go‘shtini xam osonlik bilan topib yegan. Ammo faol ravishda ov qilish o‘sha zamondayoq muxim rol o‘ynagan. Bazan odam dastlabki vaqtlarda faqatgina mayda xayvonlarnigina ovlay olishi mumkin. Lekin odamlarning o‘sha vaqtdayoq nixoyatda katta kuchga o‘zi yashagan va xayot kechirish vositalarini
9
birgalikda topgan, katta kollektivga ega bo‘lmasdan chiqaradilar. Biz esa o‘sha vaqtlardayoq ularga shell chopqichi siigari irg‘itiladigan qurol bilan ko‘pchilik bo‘lib yirik xayvonlarii xam ovlash imkoniyatini berar edi. Ular o‘rab tutish, to‘zoq qo‘yish singari va shuningdek turli qopqonlarda ov qilish usullari barcha qoloq qabila va xalqlarga keng tarqalgan edi. Texnikaning rivojlanishi bilan ovchilik xam tez yuksala bordi va u shu bosqichda odamlarning ishlab chiqarish faoliyatini asosiy xissasiga aylandi. Ashel va muste' mangzillaridan yirik xayvonlar suyaklari topilishi ovchilik rivojlannshidan dalolat beradi. Biz ashel va muste manzillarida olov izlari borligini ko‘rgan edik. Shunday qilib odam o‘zining ilk davridayoq olovdan foydalangan. Bu odam tomonida bo‘ysundirilgan va foydalanilgan birinchi tabiat kuchi edi. Bu kuchni egallay olish ibtidoiy madaniyatiing buyuk yutug‘i edi. Yengels olov yoqishni o‘rganib olishni bug‘ mashinasini kashf etishi tufayli yuz bergan revolyusiya bilan taqqoslab, olov xosil qilish "o‘z etibori bilan kishilikni ozod etish bilan… bu revalyusiyadan ustun turadi. U birinchi marta tabiatning kuchi ustidan odam xukumronligini o‘rnatdi va buning natijasida xayvonot dunyosidan odamni butunlayin ajratdi." deb yozgan edi. Lekin ashel va muste manzillari gulxanlarning borligini qay etib turib, odam o‘sha davrda olov yoqishni bilganmi yoki undan faqatgina foydalanganmi buni aytish juda qiyin. Biz o‘rganayotgan boshlang‘ich davrda odamlar kollektivi qanday edi?
Ma’lumki odamlarning ajdodlari odamlar poda bo‘lib yashaydigan davr edi. Shel boltasi dastlabki paytlarda qandaydir shaxsning buyuk kashfiyoti bo‘lgan. Lekin bu kashfiyotning yo‘qolib ketmasligi va uning kelajak avlodlarga o‘tish va tarqalishi uchun zarur bo‘lgan shart sharoitni faqat odamlar kollektivi yaratadi. Shu kashfiyotning saqlanishi, tarqalishi va takomillashuvi uchun zarur bo‘lgan malakani faqat odamlar kollektivi yaratadi. Odamlar kollektivini kishilik taraqqiyotining asosi va o‘zgarmas shart-sharoitlari bo‘ldi va shunday bo‘lib qoldi. Dastlabki kollektivi shunday guruh edi, undagi aloqa birgalikda ovqat topish va tashqi ofatlardan birgalikda saqlanish asoslariga ega edi.
Kishi tafakkuri va nutqining paydo bo‘lishi hamda ularning dastlabki rivojlanishi biz o‘rganayotgan davrga to‘g‘ri keladi. Tafakkur va nutq qobiliyati taraqqiyotining qudratli sharti va faktori bo‘lib, ular kishiliknii butun xayvanot dunyosidan tubdan ajratib olib keldi. Tafakkur umuman tildan rivojlana oladi degan fikr ancha keng tarqalgan. Haqiqatda esa tafakkur bilan nutq bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, nutq va fikr bir paytda sodir bo‘ladi.
Eng sodda qurolni yaratish xam fikirlashni talab qiladi,
bunday qurollarni yaratish faqat kollektivdagina uchraydigan
xodisa bo‘lib, u qandaydir fikrni ifodalash yo‘li xamda bu
fikrni boshqalarga aytish zaruriyatini tug‘diradi. Til ijtimoiy
xayotning dastlabki asosiy shart-sharoiti xisoblanadi.
Ibtidoiy davriing yana bir muxim masalalaridan din va uning
kelib chiqish masalasidir.

10
Bizga ma’lum bo‘lgan paleolit davri madaniyatidan keyingi


davrga bevosita oid bo‘lgan arxeologik yodgorliklar madaniyatining barcha soxalari va texnika, xo‘jalik jamiyatini
qurishni va mafkuraning o‘sganligi xaqida ajoyib manzara
berdi. Dastlabki insoniyat tarixidagi bu muxim bosqich Orinyak
va unga yaqin bo‘lgan Somotr madaniyatidan ( Fransiyadagi ikkita
joyning nomidan olingan) iborat. Bu madaniyat yodgorliklari
butun Yevropadan xamda Afrikada va Osiyoning bazi joylaridan
topilgan.
Sobiq SSSR yerlaridan orinyak — somotr davriga oid bir qancha
yodgorliklar aniqlangan. Ayniqsa rus arxiologi B.B Eremenko
tomonidan Bronej sharqidan 23 kl bo‘lgan Don daryosi bo‘yida
topilgan Kastenki manzillari guruxi shu davrning eng mashxur
yodgorliklaridandir. Bu davrga xos umumiy buyumlarning va yarim
yerto‘la turar joylaridan tashqari Kastenki manzillari fil
suyagidan va mergeldan yasalgan xaykalchalar va ayollar
shakllarining ko‘pligi bilan xam ajoyibdir. Sibirda esa
maydoni ancha tor bo‘lgan uch oblasda Obning boshida, Yeneseyning yuqori qismi oqimi va Baykal atrofida orinyak —somotr davriga
bir qancha yodgorliklar topilgan. Bu davrda texnika soxasida muste madaniyatiga nisbatan anchagina yuksalish ro‘y berdi. Eng avvalo toshni ishlash yaxshi ishlanadi juda oddiy parchasi yoki sindirib olish bilan birga
qurollar ancha aniq va mufassal shakllar beruvchi qism sindirish
usuli keng qo‘llanildi. Suyak va shoxlardan keng foydalanila
boshlandi. Bu davrda yog‘och xam keng ishlatilgan, orinyak — somotr
manznllarining ko‘pida uchraydigan tosh va suyak shakllarining
shakli yog‘och dastaga o‘rnatilgan qurollarning asosiy qismi
bulganligidan darak beradi. Bu texnika taraqiyoti davrida muxim
davr edi, bir necha qismdai tuzilgai qurol yaroqlarga o‘tish davri
edi. Bu bosqngchdagi manzidardan juda ko‘p miqdorda. turli buyumlar
topildi, bu esa ishlab chiqarish rivojlanishidan guvoxlik berdi.
Texnikaning-rivojlanishi xususan irg‘itib otish qurolining
takomillashuvi tufayli ovchilik yanada o‘sdi. Orinyak — somotr
bosqichining bir qancha xususiyatlari bundan dalolat beradi.
Ba’zi manzillarda turli xildagi xayvonlar suyaklari juda ko‘p
miqdorda to‘planib yotishlari asosan poda bo‘lib-yashaydigan yirik
xayvonlarni moment, yovvoyi ot, shimol bug‘isini ko‘pchilik bo‘lib
ovlashgan. Bu to‘planib yotgan xayvon suyaklarining soni
Yevropadagi bazi orinyak — somotr manzillarida mingtagacha yetadi.
Odam bu vaqtda quroldan tashqari xayvonlarni tuzoq qo‘yish va
ularni ovlashi boshqa usullaridan xam keng foydalangan bo‘lsa
kerak. Ovchilikning rivojlanishiga qaramay baliq-ovlash xali
unchalik rivojlangan edi. Orinyak—somotr davri yodgorliklarida madaniy yuksalishning ajoyib belgisi topildi.
11
Bu bosqichdagi manzillarga eng sodda xaykal
va sur’atlarni ko‘p miqdorda topdik. Bu yerlardan topilgan
parmarlangan xayvon tishlari va bazi bir boshqa narsalar bezak
buyumlarning paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Nixoyat qator
belgilar jumladan skeletlarning qo‘yilish xolati va bazi rasm
va tasvirlarnint mazmuni shu bosqichda dinning xam paydo
bo‘lganligidan dalolat beradi. Yuqorida bayon etilganlarni
yakunlab va orenyaksomotr bosqichini o‘tgan muste davri bilan
taqqoslab quyidagi xulosalarga kelamiz: Dastlab antropogenez
jarayoni tugallanib xozirgi zamon odami paydo bo‘ldi. Musteda
ma’lum bo‘lgan madaniyatning yangi elementlari yaratildi: malum
darajada ixtisoslashgan qurol yaroqlar anchagina ko‘paydi, bir
necha qismdan tuzilgan qurol va yaroqlar paydo bo‘ldi. Suyak va
choxdan material sifatida keng foydalanildi. Tosh esa yangi
texnika asosida ishlatila boshlandi. Umuman qadimgi tosh asrida
ibtidoiy odamlar dastlab oddiy tosh qurollarini yasay boshlashgan
keyinchalik esa ular tomonidai ana shu tosh qurollarining
anchagina murakkab turlarn yaratiladi. Orenyak — somotr davriga kelib esa endi tasviriy san’atning ilk namunalari ham vujudga
kelganligini ko‘rishimiz mumkin.
3.Tarixiy davrlashtirishga muvofiq paleolitdan so‘ng ko‘pdan —
ko‘p madaniyatlar mavjud bo‘lgan, ular neolit degan umumiy nom
bilan ataladi. Biroq ayrim tarixiy mambalardan paleolitdan
so‘ng mezolit "yangi tosh" davri xam aytib o‘tiladi. Keng tarixiy
madaniy nuqtai nazardan qaraganda neolit paleolitdan tubdan
farq qiladi. Shelda, ashelda, musteda, orenyak—somotr va
kishilik madaniyat rivojlanishining tarixiy bosqichlari yoki
davlariga egamiz deb ayta olamiz. Bunda quyi paleolit madaniyati
yer sharining xamma yog‘idan topilgan barcha iarsalarda o‘zini
ajoyib bir xilligini saqlab qoldi, degan aniq chegaralanmagan
geografik oblastlarni ajratishga imkon beradi. Neolitda bir
tomondan paleolitga xos bo‘lgan arxiologik madaniyatlarning aniq
izchiligi yo‘q, ikkinchi tomondan esa uning madaniyatlari
teretoriya jixatidan juda chegaralangan bo‘lib, ba’zan juda tor
maxalliy xarakter kasb etadi. Chunki neolit ishlab chiqarish
kuchlarini rivojlanishi asosida kishilik madaniyatining
anchagina tabaqalarga bo‘linishi davridir. Neolit arxiologik
madaniyatlari neolitning so‘ngi bosqichlarida malum darajaga
etnik birgalik bilan bog‘lovchi maxalliy tarixiy madaniy
umumiylikni kasb eta boshladi. Mana shunday sharoit neolitni
ilk paliolit, rivojlangan neolit va so‘ngi paleolit degan
davrlarga bo‘lishga majbur etadi.Bu davrning dastlabki madaniyati Azil madaniyati (Fransiyaning janubidagi Ma-d Zil degan joyning nomi) deb
ataladi. Azil’ madaniyati texnika va xo‘jalikning rivojlanishiga
olg‘a qarab tashtlangan yangi katta qadamdan guvoxlik beradi. yog‘ochdan yasalgan yoy uchlari Azil madaniyatidagi muxim xodisadir. 12

Biz bu yerda texnika tarixida va shu bilan birga, umuman madaniyat


tarixida juda katta voqea uzoqqa otadigan yangi qurol o‘q —yoyning
paydo bo‘lishi oldida turibmiz. O‘q — yoy ibtidoiy odamning asosiy
quroli bo‘lib qoldi. Uning paydo bo‘ushgni ovchilikning
rivojlanishiga yangi turtki bo‘ldi, garpuning keng tarqalishi va
yana bir qancha boshqa qurollar baliqchilikning tez suratlar bilan
rivojlanishidan darak beradi. Nixoyat azilda itlar suyaklarini
topilishi juda-xam qiziqarlidir. Binobarin madaniyat tarixida
buyuk xodisa yuz berdi — birinchi xayvon qo‘lga o‘rgatildi.
Odamning ovdagi yordamchisi va yo‘ldoshiga aylangan itning qo‘lga
o‘rgatilishi uzoq masofaga otadigan ovchilik quroli o‘q-yoyning
kashf etilishi bilan bir vaqtda to‘g‘ri kelgan bo‘lsa kerak.
Bu davrning yana bir muxim madaniyati Terdenua (Fransiyaning
shimolidagi Fer-an Terdenua joyi nomi) madaniyati deb
ataladi.
Terdenua azil madaniyatiga ancha yaqin turadi, bu madaniyat
manzillari o‘q-yoyning mavjudligi xaqida guvoxlik beradi va
o‘rgatilgan itlarning bo‘lganligini tasdiqlaydi.
Azil madaniyati yodgorliklari faqat Yevropada Tardenuya
madaniyati esa shuningdek shimoliy Afrika va Osiyoda topilgan
rus olimlaridan O.I Bater, K.M Polukarnovich, T.I. Tretyakovlar
ko‘plab terdenual manzillarini o‘rganishgan. Azil va terdenual
madaniyatlariga nisbatan asturiya madaniyati keyingi davrga xos
bo‘lib u Ispaniyaning butun shimoliga tarqalgan va Fransiyaning
chegara rayonlarigacha kirib borgan (Ispaniyaning shimolidagi
qadimgi asturiya nomi bilan ataladi). Bu madaniyatning o‘ziga xos
belgisi odamlar yashagan g‘orlardan dengiz chig‘anoqlari
uyumlarining topilishidir.
Nixoyat Yevropaning yana xam so‘ngi madaniyati bizning
davrimizgacha bo‘lgan olti mingingchi yildan xisoblanuvchi
Moglemazo madaniyatidir. (Daniyadagi Zallandiya oroli joylashgan
bir joyning nomi bilan ataladi). Maglenoza madaniyati davrida
yuz bergan muxim xodisa chaqmoqtoshdan qo‘pol qilib yasalib dasta
o‘rnatilgan bolg‘aning paydo bo‘lishidir. Maglemozaning boshqa
topilmalari yig‘ma qurollarining yanada rivojlanganligidan darak
beradi. Maglemoza yodgorliklari Boltiq dengizi qirg‘oqlaridan
Polsha, Germaniya va sobiq SSSR yerlaridan topilgan.
Shunyngdek yangi tosh davri o‘ziga xos madaniyatiga oshno yoki
chig‘anoqlar uyumi madaniyati deb ataladigan madaniyat xam kiradi.
Uning yodgorliklari daryo va dengiz qirg‘oqlari bo‘ylab cho‘zilgan
juda katta chig‘anoqlar uyumi va ko‘p avlodlardan qolgan "oshxona"
qoldiqlaridan iborat bo‘lgani uchun u shu nomni olgai. Bu uyumlar
ichida juda ko‘p chaqmoqtosh va suyakdan yasalgan buyumlar topilgan.
Bu madaiiyat xa.li qo‘pol ishlanganicha qolayotgan boltaning ancha
takommilashib borayotganini ko‘rsatadi 13

Neolitning anchagina keyingi yodgorliklarida ayni bu vaqtga


kelib chaqmoqtoshdan ishlangan boltaning qo‘pol bo‘lmay, balki
silliqlanib ishlanganligi va sop o‘rnatish uchun ko‘pincha xatto
parmalab teshilganligi texnika tarixi uchun muxim faktdir.
Ibtidoiy davrning bu muxim qurolnining takomilashuvi shu
tarzda davom etdi.
Sharkiy Yevropaning butun o‘rmon mintaqasi bo‘ylab cho‘zilgan,
rivojlangan neolit madaniyatining xususiyati shundan iboratki,
kulolchilik buyumlari chuqurcha taroqsumon naqsh bilan bezatilgan
bo‘lib bu narsa g‘arbiy Yevropada mutloqo nomalumdir. Bu
kulolchilik buyumlari uch xil idishdan iborat.
Katta idishda ko‘proq ovqat saqlangan, o‘rtacha idishda ovqat
pishirilgan va kichik idishda ovqat yeyilgan.
Sobiq savet arxiologlari Sibirda ko‘p miqdorda neolit
yodgorliklarini topdilar, shu bilan birga, Sibir yodgorliklari
neolit madaniyati rivojlanishidagi o‘q-yoy paydo bo‘lishidan
boshlab metalga o‘tishga bo‘lgan davrning ayrim bosqichlarining
ketmaketligini aniqlashga imkon berdi. Sobiq savet arxiologlari S.P.Toletov O‘rta Osiyoda yana Xorazmdagi
Kaltaminor madaniyatini kashf etdi. Bu madaniyatning bir qancha
manzillari O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda mavjuddir.
O‘zbekistondagi manzillardan birida neolit uchun juda katta
taxminan 320 m maydonga ega bo‘lgan yer ustida qurulgan turar joy
topilib, uning turli yerlarida ovqat pishirishdan qolgan
gulxanlar qoldig‘i markazida esa maishatda aloqasi bo‘lmagan
extimol diniy e’tiqot uchun xizmat qilgan o‘choq qoldiqlari
mavjud.Ruminiyadagi birinchi Dunay madaniyatlari shular jumlasidandir.
So‘ngi paleolitning yana bir ajoyib yodgorligi Dinepr bo‘yida
Kiev yaqinidagi Tripole qishlog‘idan birinchi marta topilgan
bo‘lib, shu yer nomi bilan" ataladi va arxiolog V.V Xboyko
keynchalik S.T Passek tomonidan tekshirilgan.
Tripole madaniyati Ukrainada va unga chegaradagi el
mamlakatlarida tarqatilgan. Uning rivojlangai davri eramizgacha
bo‘lgan 3500—1500 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu anchagina katta
qishloqlardai iborat bo‘lib turar — joylar doira yoki tuxumsumon
shaklda joylashgan, qishloqning markaziy qismi bo‘sh bo‘lib
xayvonlarni qamab qo‘yishgan. Bu esa Trepole madaniyatini asosiy
xususiyatidir. Tripole turarjoylari to‘g‘ri burchak shaklida
katta bo‘lib 100—150 m2 gacha yotgan va yog‘och va olovda pishirilgan
loydan ishlangan mustaxkam imoratlardan iborat bo‘lgan. Bu turar
joyning xar qaysisi aloxida devor bilan bir —biri bilan
ajratiltan. Xar byr xonada pech bo‘lib, polli kuydirilgan loydan
ishlangan. Bundan turar joylardan tashqari, ichiga bir necha o‘choq
o‘rnatilgan katta yerto‘lalar xam bo‘lgan.
14
Bu madaniyatning so‘nggi bosqichi chorvachilikning axamiyati ortib
borganligidan dalolat beradi. Trepoleda kulolchilik xunari juda
yuqori darajaga ko‘tarilgan va turli shakldagi idishlarga bir yoki
bir necha bo‘yoqlar bilan burama naqshlar solingan. Terpole
tasviriy san’ati loydan yasaladi, xayvon figuralari va asosan
ayollarning xaykalchalaridan iboratdir. Turar joylarning ichki
ko‘rinishini tasvirlovchi loydan yasalgan moddellar xam diqqatga
sazovordir.
Ibtidoiy kishilar xayotida texnika rivojlanishi buyuk xosida
sanalgan. Oddiy texnikada malum rol o‘ynagan materiallarni
xayvon juni va o‘simlik tolasi, teri, charm, mum girmovik va shu
singarilarning barcha turlarini va ularning qo‘llanilishi
xarakterlanib va ularni birma — bir sanab chiqish qiyin. Bularning xammasidan to‘r, savat to‘qishgan, arqon eshilgan, non
yopilgan yokn ulardan biror tosh qurolni yog‘och, suyak va boshqa
narsalarga bog‘lashga foydalanilgan.
Yuqorida aytgandek, dastlabki paytlada qurol-yaroqlardan
foydalanishda ular orasidan uncha farq bo‘lmaganligini ko‘ramiz.
Keyinchalik esa qurol. yaroqlaring turli xillari asta sekin bir
biridan farq qila boshlaydi.
Eng qoloq qabila va xalqlarning sodda qurollari quyidagi
asosiy turlardan iborat: pichoq, bolta, iskana, arra, qirg‘ich
marmar, bularning xammasi asosan toshdan yasalgan.
Okeaniyaliklarning katta chig‘anoqdan yasalgan boltasi va
tilinkitlarnnng baliq suyagidan yasalgan arrasi kamdan kam
uchraydigan buyumlardir.
Umuman insoniyat mexnati texnikaning va shuning bilan birga,
umuman madaniyat rivojlanishining asosini tashkil etadi.
Odamzot xar bir mexnat qurolini yasash uchun qunt va sabr bardosh
bilan mexnat qiladi va bu qurol yaroqlarni nafis, qulay, chiroyli
va bejirim bo‘lishi uchun xizmat qiladi. Ibtidoiy madaniyatda
sanatning turli xil shakllari bilan birga kelib chiqishi va
uning dastlabki moxiyati xaqidagi massaga ancha murakkab
masaladir.Ibtidoiy sanat va uning barcha turlari umumiy manbai
mexnatdir, odamning mexnat faoliyatidir. Sanat va uning barcha
turlari o‘z moxiyati va mazmuni bo‘yicha odamning mexnat faoliyati
bilan bog‘liq bo‘lgan sezgisi, kayfiyati bilan fikrlarini
ifodalash shaklidan boshqa narsa emas. Orinyak — somotr va
madlen davri tasviriy sanati namunalari Yevropa va Osiyoning
ko‘plab joylaridan aniqlangan. Kapsa deb ataladigan madaniyat (Turkistondagi Gafsa shaxri va voxasi nomidan olingan rimcha Kapsa) rasm syujeti uslubiy bo‘yicha aloxida o‘rinda turadi. Yevropaning yuqori paleolit va ilk neolit madaniyatlariga mos keladigan bu madaniyat janubiy —sharqiy Ispaniya, qisman Italiya, Shimoliy Afrika Kichik Osiyo qisman Kavkazda tarqalgan
15
Kapsa madaniyatining katta yutug‘i yakka — yakka shakllardan ancha
murakkab kompazitsiyalarga o‘tishdir. Bular ovchilik, xarbiy
voqealarni tasvirlovchi kundalik turmush manzaralaridir.
Yevropaning ilk paleolit madaniyati tasviriy sanatga juda
kambag‘al. Tasviriy sanatni. so‘ngi paleolitda ajoyib ravishda
yuksalishdan so‘ng bu vaqtta kelib tushkunlikka yuz tutganligini
ko‘ramiz.
Xaqiqatdan xam azil madaniyatning birdan-bir namunasi
qizil axra bilan chizib bo‘yalgan chagallardan iboratdir. Uning
rasmi yoki biror boshqa belgi ekanini bilish qiyin.
Neolitning keyingi bosqichlarida tasviriy sanat yangi
yo‘nalish bilan rivojlanadi. Bunda tosh, suyak va yog‘ochdan ishlangan
xaykallarni namunalari uchraydi. Neolit davri sanati asosan
turli shakllarga. boy bo‘lgan manzarali ishlar yo‘li bilan
rivojlanadi. Bu davrda odamda xizmat qilishi, xatto kundalik
turmushda ishlaydigan oddiy buyumlarii xatto loydan ishlangan,
buyumlarni xam bo‘yashga xarakat qilishgan. Kiyimlar, uy
jixozlari qurollarga xam turli xil, bazan juda chiroyli
naqshlar solingan.
Niqoblar tasviriy sanatning aloxida turidir. Niqobning
tarixi juda qadim zamonga borib taqaladi. Uni xatto eng qoloq
qabilalar xam biladilar. Shuning bilan birga niqob turli yo‘l
bilan paydo bo‘lgani yuqorida aytib o‘tilgaiidek, ov paytida
xayvon qiyofasiga. kirishgan va u totem marosimi shakllaridan
biri xamda dushmanni qo‘rqitish vositasi sifatida xam
qo‘llanilgan. Ko‘pchilik qabila va xalqlarning niqoblar
xaykaltaroshlik va rassomchilikning ajoyib asarlaridan iborat
bo‘lib, qanchalik g‘alati bo‘lmasin tasviriy sanatning mashxur
namunalari deb xisoblanadi. Sanatning yana keng tarqalgan
soxalaridan biri: Musiqa sanati bo‘lib xisoblanadi. Musiqa
ikki turdan iborat, vosal yoki ashula va cholg‘u, o‘tgan asrning
oxirida yashagan nemis olimi Karl Byuxer musiqa mexnat
jarayonida paydo bo‘lgan degan nazariya yaratdi. Byuxer odamlarning
ko‘pincha ish vaqtida chiqadigan ovozlardan va odamning
xarakatidagi ritimlilik bilan chambarchars bog‘liq xolda paydo
bo‘lgan deb tasdiqlaydi. Byuxer cholg‘u asboblarning xatto musiqa
asboblarining paydo bo‘lishini ish qurollariga bog‘laydi, masalan,
do‘mbirani ugrdan keltirib chiqaradi. Bu fikrning massasi
suniy va xech bo‘lmaganda juda xam bir tomonlamadir.
Musikaning paydo bo‘lishi masalasi umuman sanatning paydo
bo‘lishi Masalasi bilan birga xal qilinadi. Boshqacha qilib
aytganda musiqaning manbai, albatta mexnat faoliyatidir. Biroq bu musiqa faqat ish vaqtidagi ritmlardan va shovqun — surondan chiqadi degan gap emas.
ibtidoiy davr musiqa asboblarining barcha asosiy turlari, urib
chalinadigan, puflab chalinadigan, simlik asboblar paydo bo‘ldi.
16

Bu asboblarning barcha turlari va ularning ibtidoiy davridagi


xilma-xil turlari juda soddaligicha qolgan. O‘q yoyning ip
dastlabki chertib chalinadigan asbob bo‘lgan degan faraz bor. Biroq
o‘q-yoy kashf etilganligiga qadar yog‘ochga tortilgan yana biror nay
shu maqsadda ishlatilgan bo‘lishi mumkin. Odiy yog‘och quruq
pardasi yoki ichi kovak roya masalan bambuk birinchi urib
chalinadigan asbob va shu bambukiing o‘zi yoki ichi kovak shox
biriichi puflab chalinadigan asbob bo‘lgan. Do‘mbira, uning barcha
turlari ancha ilgariroq paydo bo‘lgan.
Raqsning paydo bo‘lish masalasida turli fikirlar va xatto
nazariyalarga duch kelamiz.
Lekin bu yerda xam biz bu sanatning xuddi o‘sha manbai —
odamning mexnat faoliyatini kutamiz. Shu bilan birga eng birinchi raqslar xam turli xil mazmunga ega. Sodda raqs faqat
gimnastika xarakteriga ega ekaniga shubxa yo‘q ibtidoiy odam kun
bo‘yi qilgan mexnatidan charchab, kechqurun dam olgach, o‘z
azzolarini yozishga. tabbiy fiziologik extiyoj sezadi, ilastik
xarakatlar bilan o‘z ta’surotlar va kayfiyatini ifoda qilishga
urunadi, ilastik farmada o‘zinint to‘qligini, farovonlik tuyg‘usini va ibtidoiy turmush shaklarini ko‘rsatish zaruriyati
paydo bo‘ladi. Ovga yoki yurishga chiqiladi yurish oldidan
tushiniladigan raqslar jismoniy tarbiya va mashq yoki o‘ziga xos
tuyg‘u qo‘zg‘alish xarakteriga ega. Nixoyat ibtidoiy raqsning
afsungarlik va totemizmga aloqadorligi shubxasizdir. Raqs
tushganda ashula yoki musiqa chalinadi. Ko‘p qabilalarning tilida
ashula va raqs bir so‘z bilan ifodalaniladi. Biz Madlen rasmlari
orqasida raqs kiyimi kiygan va raqsga tushib turgan odamning tasvirini uchratamiz, demak odam yuqori paleolit davridayoq raqs
tushishni bilgan.
Sodda raqsdan sanatning yana bir turi drama kelib chiqqan.
Xaqiqatdan xam qoloq qabilalarning raqsi ko‘pincha chinakam
tasviriy mazmunga ega va pontomima chamasi dramatik sanatning
eng ilk formasi bo‘lsa kerak. Bir gurux avstryaliklar poezdni biriichi marta ko‘rganlarida, ular shu kuni kechqurun mazmuni
yurib turgan poezdni tasvirlovchi raqs uyushtirganlar.
Shuni xam aytish kerakki kuzatuvchilar qoloq qabilalarning
turli xil taqlidlarga ajoyib darajada qobiliyatli
ekanliklarini ko‘p marta qayd qilganlar. Xozir so‘z borayotgan
aloxida sanat turlari paralel xolda mustaqil rivojlanish
birga musiqa raqs va drama o‘rtasida mustaxkam aloqa saqlanadi va
rivojlanadi. Ko‘pkina xalqlarda ekishdan tortib, to yig‘im-
terimga bo‘lgan butun dexqonchilik jarayonini ifodalovchi
ashulalar cholg‘u asboblari jo‘r bo‘ladi shuning bilan birga raqs
tushilib o‘sha jarayonlar dramatik ravishda ifodalanadi.
17
Umuman tosh davrining so‘ngi bosqislariga kelib ibtidoiy
odamlar madaniyatiiing oldingi davrlariga nisbatan ancha
rivojlanib takomillashib borganlagini ko‘rishimiz mumkii.
Madaniyatning yangi qirralari vujudga kela boshlaydi. Aynan ana
shu davrlarga kelib kishilik madaniyatida katta rol o‘ynagan
tasviriy sanat namunalari paydo bo‘ladi. Ibtidoiy odamlar
tomonidan yaratilgan tasviriy sanatniig ayrim namunalari
xozirgi paytga qadar saqlanib kelinmoqda.
Eng qadimgi madaniyat xaqida umumiy xulosa qilib shuni
aytishimiz mumkinki, ibtidoiy kishilar tabiat kuchlarini necha-
necha ming yillar davom:ida ko‘pdan-ko‘p avlodlar almashunuvida,
og‘ir mexnatda, xisobsiz qurbonlar berib, asta-sekin, lekin
astoyidil o‘rgandi, ularni bo‘y sundirdi va kishilikning
dastlabki madaniyatini yaratdi. Ular tomonidan yaratilgan qadimgi
madaniyat qanchalik sodda bo‘lmasin, u texnika xo‘jaligi, ijtimoiy
asos va ideologiyaning turli xil elementlarini tashkil etadi.
Oddiydan asta-sekin yuqori va murakkab shakllarga o‘ta borib,
bu madaniyatining muntazam ravishda o‘sib bordi. Bu ibtidoiy
madaniyat kipshlikning yanada rivojlanib borishining zaruriy
sharti bo‘lib, o‘zining oliy shaklidagi navbatdagi usulining asosi
bo‘lib qoldi ibtidoiy kishilar erishgan ko‘pchiligi xozirgi
zamon madaniyati xazinasida o‘z axamiyatini saqlab koladi.

Download 25,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish