2022 yil 19 aprel Rishton tumani Yig’ilish raisi : K. Maxmudov Kotib : M. G’anieva Qatnashdilar



Download 8 Mb.
bet1/2
Sana26.04.2022
Hajmi8 Mb.
#582711
  1   2
Bog'liq
Семинар йигилиш баёни-19.04.2022


Rishton tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktab kutubxonachilari ishtirokida “Maktab kutubxonalarida ish hujjatlarining yuritilishi va kitobxonlar bilan ishlash bo’yicha tavsiyalar, o’quvchilar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib etish” mavzusidagi o’tkazilgan viloyat seminari
yig’ilishi bayoni


2022 yil 19 aprel Rishton tumani
Yig’ilish raisi : K. Maxmudov
Kotib : M. G’anieva


Qatnashdilar: Rishton tumani XTB mudiri SH.Madaminov, viloyat bolalar kutubxonasi rahbari F. Nuriddinova, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi darsliklar va badiiy adabiyotlar bo’limi metodisti A.I.Umarov, tuman ta’lim va fan, madaniyat xodimlari KUQ tuman kengashi raisi E.Abdullaev, tuman XTB bo’lim boshlig’i D.Abdullaeva, tuman xalk ta’limi bo’limi darsliklar buyicha metodisti K.Maxmudov va 65-nafar kutubxona mudirlari.


KUN TARTIBI:

  1. “Maktab kutubxonalarida ish xujjatlarini yuritilishi va kitobxonlar bilan ishlash bo’yicha tavsiyalar, o’quvchilar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib etish” mavzusida viloyat o’quv seminari to’g’risida.

Eshitildi: Yig’ilishni shahar xalq taьlimi bo’limi mudiri SH.Madaminov ochib, kun tartibidagi masala bilan yig’ilish qatnashchilarni tanishtirdi.SHuningdek maktab kutubxonachilarining hozirgi kundagi dolzarb vazifalari: o’quvchilarni darsliklar bilan to’liq ta’minlash, 5 tashabbus doirasida turli tadbirlarni o’tkazish, ularda badiiy adabiyotlarni targ’ibot qilish,shoir va yozuvchilar hayotini o’rganish,o’quvchilarni barkamol etib tarbiyalashda o’zlarining mashaqqatli mexnatlari bilan hissalarini qo’shib kelishmoqda. Tuman XTB umumiy o’rta ta’lim maktablari kutubxonalarining jixozlar,yangi badiiy adabiyotlar, kompьyuter jixozlari bilan ta’minlashda bor imkoniyatlarimizni ishga solyapmiz. 40 000 000 so’m byudjet mablag’larini maktab kutubxonalariga badiiy kitoblar olish uchun rejalashtirdik.
U so’z navbatini viloyat xalq ta’limi boshqarmasi darsliklar va badiiy adabiyotlar bo’limi metodisti A.Umarovga berdi.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi darsliklar va badiiy adabiyotlar bo’limi metodisti A.Umarov o’z so’zida kutubxonachi moddiy javobgar shaxs ekanligi,har bir kutubxonachi ishga tayinlanishida tuman XTB mudiri va XTB darsliklar bo’yicha metodisti bilan kelishilgan holda, suxbatdan o’tgandan keyin tayinlanishini ta’kidladi. Maktab kutubxonachilarga kutubxona madaniyat va ma’rifat markazidir, inson ma’naviy va ruxiy olamining rivojlanishida, dunyokarashining kengayishida kitob eng muxim vosita xisoblanishi, yoshlarning shaxsini shakllanishida maslaxat berish, ularni zamon ruxiga mos xolda tarbiyalash ustozlar bilan birgalikda kutubxonachilarga xam bog’likligi xaqida gapirdi.U o’z so’zida kitob va kutubxonalarning axamiyati, kitobxonlarni bilimli, aqlli, ziyrak, o’z kasbini ustasi,Ona vatanimizga kerakli mutaxassislar bo’lib yetishishidagi vazifalarini buyukligi haqida gapirib o’tdi. Kutubxonachi bu borada tozalik, muomila madaniyati, bilimliligi,tashabbuskor hamda epchil va chaqqonligi bilan ajralib turishi kerakligini ta’kidlab o’tdi.
SHundan so’ng yig’ilishda kun tartibidagi masala yuzasidan so’z navbati viloyat bolalar kutubxonasi rahbari F. Nuriddinovaga berildi.
Kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan so’zga chiqqan viloyat bolalar kutubxonasi rahbari F. Nuriddinova o’z so’zida ish xujjatlarini yuritilishidagi maktablardagi mavjud muammo va kamchiliklar masalasida to’xtalib o’tdi. F. Nuriddinova multimediya orqali kutubxona xodimlariga kutubxonadagi yuritiladigan xujjatlarning barchasini slayd namoyishini ko’rsatib, to’liq tushunchalar berdi. . Maktablarni kitob fondi ham, 1 ta o’quvchiga 10 ta kitob to’g’ri kelishi kerak. Afsuski maktablarda kitob fondi juda xam oz, 500 tadan 5000 tagacha bor. Maktab kutubxonalari har yili kitob fondini xisobdan chiqara olmaydi agar jiddiy asos bo’lmasa. Kitob fondini chiqarish asoslarini viloyat misolidako’rsatibo’tdim. Maktab kutubxonachisi jiddiy asos bo’lganda 4-5 yilda umumiy fondini 2% chiqarishi mumkin. SHahar, tuman moliya bo’limi boshlig’lari bilan gaplashib, halq ta’limi hisobchilari orqali har bir maktablarga 2-3 million so’m badiiy adabiyotlar uchun qo’ydirish lozimligini xam aytib o’tdi. Moliya tomonidan ajratilgan mablag’ga kutubxonachi tanlab kerakli bolalarga mos adabiyotlarni tanlashi mumkinligini xam aytib o’tishdi. Maktab kutubxonasida normativ, maktabni o’quvchisiga qarab belgilanadi. Masalan 1000 nafar o’quvchisi bor maktab 800ta kitobxon rejalashtiradi. SHunda o’quvchilarni 80% qamrab oladi. 1000 ta o’quvchisi bor maktabda 80 ta o’qituvchi bo’ladi. Qatnovni aniqlash uchun maktab kutubxonachisi o’quvchi soniga qarab rejalashtiradi va usha raqamni
10ga ko’paytiradi. Biz 1000 o’quvchisi bor maktabga 800 ta reja belgilaganmiz. F. Nuriddinolva tomonidan metodik tavsiyalar va ularning elektron variyantlari kutubxonachilar gruppasiga taqdim etildi.
SHundan so’ng tuman ta’lim, fan va madaniyat xodimlari KUQ raisi E. Abdullaev so’zga chiqib, kutubxona xodimlari mexnatini qadrlashimiz, ularga ish sharoitlarini yaxshilash, dam olishlarini tashkillashda doimo kamarbasdamiz deb gapirib o’tdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan muzokaralarda 6-maktab kutubxona mudiri X.Mirzaeva, 20-maktab kutubxona mudiri M.Topvoldieva, 52-maktab kutubxona mudiri M.G’anievalar so’zga chiqib o’z fikrlarini bildirdilar va seminar tashkilotchilariga o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi.



Download 8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish