2023-yilda ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq



Download 487,37 Kb.
bet7/9
Sana24.03.2023
Hajmi487,37 Kb.
#921390
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PQ-471 30.12.2022

(I. Mahkamov),
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
(X. Xasilov)
Transport vazirligi
(I. Mahkamov),
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
(X. Xasilov)

”.

26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi “Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni joriy qilishning qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarorining 6-bandida:
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“2023-yildan boshlab Paxtachilik kengashi faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orqali moliyalashtirish tartibi joriy etilsin”;
b) ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, mazkur bandda nazarda tutilgan mablag‘lar Paxtachilik kengashi va uning boshqaruv guruhi a’zolari hamda 13 ta tumanlar ishchi guruhlari a’zolariga ish haqi to‘lash, Paxtachilik kengashiga mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, 13 ta tumanlarga yangi ilmiy ishlanmalar va innovatsion texnologiyalarni (shu jumladan, dronlar va raqamli texnologiyalar asosidagi) joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi”.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyuldagi “Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tashkil etishni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-335-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Moliya vazirligi 2022-yil davomida qishloq xo‘jaligi texnikalarini kredit yoki lizing shartlari asosida xarid qilish uchun tijorat banklarining so‘rovnomalariga asosan 10 yil muddatga 7 foiz stavkada 100 million AQSh dollari ekvivalenti miqdorigacha milliy valyutadagi mablag‘larni depozitga joylashtirsin. Bunda”;
b) 2-ilovaning 1-pozitsiyasida:
“Chora-tadbirning nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022-yilda qishloq xo‘jaligi texnikalarini kredit yoki lizing shartlari asosida xarid qilish uchun Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklarining so‘rovnomalariga asosan 10 yil muddatga 7 foiz stavkada 100 million AQSh dollari ekvivalenti miqdorigacha milliy valyutadagi mablag‘larni depozitga joylashtirish”;
“Ijro muddati” ustunining birinchi xatboshisidagi “ikki hafta muddatda” so‘zlari “2022-yil davomida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-son qarori 4-bandining birinchi xatboshisidagi “2023” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 8-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘lar budjet tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar “E-auksion” elektron savdo platformasi tomonidan avtomatik tarzda quyidagi tartibda taqsimlanadi”;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50 foizi — budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga yo‘naltiriladi.
Budjet tashkilotlari tomonidan asosiy vositalar “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali auksion savdolarida sotilgan taqdirda ularni baholash va sotish xarajatlari budjet tashkilotlari tomonidan to‘lanadi”;
b) 9-banddagi “tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan” so‘zlari “tashkilotlariga yo‘naltiriladigan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandning o‘n birinchi xatboshisidagi “yuridik shaxs” so‘zlari “yuridik yoki jismoniy shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) II bo‘lim 5-paragrafning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-§. Baliqchilik hovuzlari, imoratlar, inshootlar va xonadonlar bilan band bo‘lgan yerlarning, shuningdek jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlarida va dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yerlarning me’yoriy qiymatini aniqlash”;
v) quyidagi mazmundagi 341-band bilan to‘ldirilsin:
“341. Jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlarning normativ qiymati mos ravishda tuman (shahar)ning sug‘oriladigan yoki sug‘orilmaydigan yerlarining o‘rtacha normativ qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi”.
31. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankini o‘zgartirish va uni Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 523-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “2022” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizomda 9010-banddagi “(uning barcha loyihalari bo‘yicha)” so‘zlari “(innovatsion, amaliy va fundamental loyihalar bo‘yicha)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-oktabrdagi “Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risida”gi 602-son qarorida:
a) 1-ilovada:
3-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
3-bob o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 2-ilovada:
1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3 va 4-boblar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
34. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-son qarori bilan tasdiqlangan Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ho‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandida:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“parrandachilik ho‘jaliklariga — o‘z ho‘jaliklarida yetishtirilib, sotilgan parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 2023-yil 1-yanvardan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar 1 250 so‘m (bunda subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan vaqtincha ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi)”;
b) uchinchi xatboshidagi “2022-yil”, “4 000 so‘m” va “400 so‘m” so‘zlari tegishincha “2023-yil”, “2 000 so‘m” va “200 so‘m” so‘zlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisidagi “har oy” so‘zlari “mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan har chorak” so‘zlari bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 71-son qaroriga 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlik va idoralar foydalanishidagi yer uchastkalari hamda dehqon ho‘jaliklarida yer tuzish, geodeziya va xatlov ishlari, kadastr pasportlarini tayyorlash va erga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 2022-yilda ajratiladigan mablag‘lar
HISOB-KITOBI

mln so‘m


Download 487,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish