205-guruh talabasi Xo’jamqulova Gulasal


Jismoniy tarbiyasi kishilarga katta ta’sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishga yordam beradi



Download 64,94 Kb.
bet3/3
Sana06.06.2022
Hajmi64,94 Kb.
#640769
1   2   3
Bog'liq
2.HAKIMOV BOBUR

Jismoniy tarbiyasi kishilarga katta ta’sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishga yordam beradi.
Jismoniy tarbiyasi kishilarga katta ta’sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishga yordam beradi.
Sport har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiyasi qilish kuch-quvvatini saqlab turishning ajoyib vositasidir.
Sport dam olish bilan mehnatni almashtirib turish manbai bo’lib xizmat qiladi.
Jismoniy tarbiyasini tashkil etish jarayonida o’quvchilarni gigiena qoidalari bilan tanishtirish, ularga so’zsiz amal qilish ko’nikmalariga ega bo’lishlariga erishish muhimdir. Buyuk pedagog Abdulla avloniy o’zining “Turkiy guliston yohud axloq” asarida bu borada quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Nazofat (gigiena) deb a’zolarimizni, kiyimlarimizni, asboblarimizni pok va toza tutmoqni aytilur. Poklik zehn va idrokingni keng va o’tkir qilur. Xalq orasida e’tibor va shuhratga sabab bo’lur. Poklik ila har xil kasalliklardan qutulib, jonimizning qadrin bilan bo’lurmiz. Pok bo’lmak salomatimiz, saodatimiz uchun eng kerakli narsadur. Yirtiq eski kiyimlar kiymoq ayb emas, yangi kiyimlarni kir qilib, yog’ini chiqarib yurmak zo’r ayb va gunohdur. ... Ifloslik balosidan poklik davosi ila qutulmoq kerak”. Demak, inson jismonan baquvvat va aqlan ziyrak bo’lishni istasa, u birinchi navbatda poklikka katta ahamiyat berishi lozim. Ayni paytda poklik tarbiyasi ustuvor bo’lgan insonlarda kishiga yaxshi yashash uchun zarur bo’lgan barcha fazilatlarda tarkib topadi hamda axloqqa zid bo’lgan nuqsonlar yo’qoladi
Yosh avlodni tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan obyektiv zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogik ta’sir ko’rsatishdir. Demak, aql keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni o’z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig’indisi bo’lib, u yosh avlodning insoniyat to’plagan bilimlar, ko’nikma va malakalar, me’yorlar, qoidalar va boshqalarda ro’y beradi. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlarni, keraqli shart-sharoitlarni yaratishni o’z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma’lum maqsad asosidagi ta’sir etishdir.
U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg’otish, aqliy malaka va ko’nikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni o’z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli, ayniqsa, kattadir. Chunki aql xis-tuyg’ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha bo’lgan jarayonlar yig’indisidir. Aqliy rivojlanish fikrning kengligida voqealarni har xil bog’lanishlarda, munosabatlarda ko’ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon bo’ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat jarayonida, dastlab muomalada bo’lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa o’quv, mehnat, samarali faoliyatlar: rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikatsiya, ko’rish - yasash jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishga ta’lim va tarbiya samarali ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to’g’ri tashkil etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak. Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi..
Pedagogika va psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali xal etishda, bir tomondan, bolaning imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ikkinchi tomondan, bola organizmning umumiy charchashiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan ortiqcha toliqtirish bo’lmasligi yo’llarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonuniyatlari va imkoniyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Keyingi yillarda olib borilgan psixologik- pedagogik tadqiqotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko’rsatdi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko’nikmalar mazmunini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolatdir. Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib, bolalar tevarak-atrof to’g’risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo’ladilar, asosiy fikrlash jarayonlarini egallab oladilar.
Estetik ruhda tarbiyaning yana bir tarbiyasi badiy ijod namunalari hisoblanadi. Ayrim pedagogik adabiyotlarda badiy tarbiya deb nomlanib, o’z ichiga badiy adabiyot,musiqa,qo’shiq va raqs sa`natini,teatr va kino sa`natin, tasviriy san`atning, xaykaltaroshlik, me`morchilik, halq amaliy sa`nati va boshqalarni oladi. Bu san`at asarlarini qiymati dunyoviy boyliklarda imkoniyatlari cheksizdir. Ayrim sa`nat asarlarini qiymati dunyoviy boyliklarda nixoyat darajada ustun turgannidek, badiiy tarbiya ham odamlarning ma`naviy boyishlarida tengi yo’q ta`sir kuchiga egadir. Dunyoning etti mo’jizasi sanalgan Misr firavnlarning ehromlari, Bobilning osma bog’lari, Efesdagi Artemida ibodotxonasi, Rodosskiy xaykali va Fors orolidagi mayoq hayratomuz go’zallik namunalari sanaladi. YOshlarga estetik ruhda tarbiya berishda inson shaxsiyatidagi go’zallik namunalari sanaladi. YOshlarga estetik ruhda tarbiya berishda inson shaxsiyatidagi go’zallikka ega bo’ladi.
Shuning uchun bolaga juda yoshligidan oilada, maktabgacha tarbiya muassaslarida, ayniqsa maktabdan estetik ruhda tarbiya aloxida etibor bilan beriladi.Estetik ruhda tarbiya xar bir davrda, xar bir xalqda turlicha bo’lsada, uni amalga oshirishning asosiy vositalari, tabiat go’zalligini sanab o’tadi. Bu vositalar bir- birini to’ldirib,boyitib beradi.Barchasidan to’la baxramand bulgan kishining manaviy boy, yuksak didli bo’lsagina zavqli xayot kechirishi mumkin.
Tabiat o’ziga xos go’zalliklarga ega bo’lib, ma`lum qonuniyatlari asosida o’zgarib, jilolashtiradi. Yil fasllarning almashinuvi tabiatning ranglarini, shakllarining xushbo’y xidlaru, turli,jonzotlarning yoqimli tovushini,inson shu o’ringa tortiq etadi.Ular har bir kishini baxtiyor poklik,beg’uborlik olamiga olib kiradi.
Estetik ruhda tarbiyaning barcha o’quvchilar uchun asosiy, majburiy-tashkiliy shakli bo’lgan estetik ruhda tarbiya darsidagi beriladigan estetik ruhda bilim, o’quvi va ko’nikmalarining o’quv dasturida ko’zda tutilgan va o’quvchilarning umumiy estetik ruhda tayyorgarligining asosli bo’lgan minimumni taminlaydi. Estetik ruhda tarbiya darslarining o’quvchi uchun har tomonlama tasir ko’rsatishi maqsadida estetik ruhda tarbiyaning amaldagi bar­cha asosiy vositalari turli birikmalaridan foydalaniladi.
Estetik ruhda tarbiya darslarining tuzilishiga umumdidaktik va maxsus talablar qo’yiladi. Bu talabni qondirish, estetik ruhda tasirning kuchini oshira borib darsning ikkinchi yarmida uni maksimumga etkazish, so’ngra tobora susaytirib avvalgi holatga kelishni taqozo etadi. Estetik ruhda zo’riqish darsning asosiy qismida uning markaziy pedagogik vazifasi hal qilinayotganda kuchayadi Ushbu bosqichda mashqni o’zlashtirishga taalluqli barcha narsalarni o’rganadilar va takomillashtiradilar, ularga dasturga tegishli nazariy malumotlar beriladi.
Download 64,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish