21-mart “navro’Z” Bahor va yangilanish bayram ertaligi 21-oktyaBR



Download 68,5 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi68,5 Kb.
#779030



21-MART
“NAVRO’Z
Bahor va yangilanish bayram ertaligi


21-OKTYaBR
Ona tilim jonu dilim”
ertalik

Musiqa zali bayramona bezatilgan o’rtada Navoiy surati qo’yilgan. Bolalar tantanali musiqa ostida zalga kirib keladilar va o’z joylarining egallaydilar.




«O’ZBEKISTON DAVLAT MADXIYaSI»


BOShLOVChI: Assalomu alaykum kadrli mehmonlar aziz bolajonlar. Bugun biz bu yerga «TIL» bayramini o’tkazish uchun to’planganmiz. O’zbekiston Respuplikasi mustaqillik elon qilmasdan oldin ya’ni 1989 yil 1-oktyabrda o’zbek tili davlat tili deb elon qilingan. Shundan buyon xar yili TIL bayramlari o’tkazilib turiladi. Hammangizni ushbu bayram bilan muborak bod etamiz.


BOLA: Ona tilim dono tilim berar menga dunyo bilim.


BOLA: Qayga borsam o’tkir so’zim oyga uchsam oydin yuzim


BOLA: Aqlim oshar baxtim toshar o’zbek tilim dono tilim


BOLA: O’zbek tilim suzi suzim takror qilay sevib o’zim


«O’ZBEKISTON ashulasi».


BOShLOVChI: Bolalar bilasizlarmi o’zbek tili asoschilaridan biri buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy xazratlaridir. Ular she’r mulkini sultoni, ulug shoir, davlat arbobi bo’lganlar.


BOLA: O’zbek tilim so’zga boy sizga ayon xoyna-xoy
Bu tilda so’zlaganda bulbullar qilar xanda.


BOLA: Men shu tilda so’zlayman, men shu tilda kuylayman
Navoiyning gazali shirmon nonday mazali.


BOLA: Tilini sotganlarni gunoxga botganlarni
Bo’lding Deya xavoiy kechirmagay Navoiy.


BOLA: Bir aziz bobom bor dunyoda tanxo
Xushtabiat xushqomat muloyim donno
Ko’ngillari kengligi yer ko’ra osmon
Ko’zlari nuroniy oynayi jaxon.


BOLA: Xalqarining g’amini yegan otaxon
Xaqiqat borini degan otaxon
Asrlar taqdirin oldindan bilgan
Adolat uyiga poydevor ko’rgan


BOLA: Ellarga kuyoshday makbul kitobi
Jaxonga nur sochgan «Hamsa» kitobi
So’z bilan jaxonni lol xayron etgan
Odamzod qalbini mudom eritgan.


BOLA: Kuyosh osmonga to’lib Navoiy bobom bo’lib
Ko’rinadi ko’zimga duo berar o’zimga
Shunday desam xolamga sigmay ketib olamga
Dedi ul zod g’azali shirmon nonday mazali.
«GULLAR RAQSI».


BOShLOVChI: Qani bolalar til xaqida Kim xikmatli so’zlar biladi.


BOLA: Til bilgan El bilar.


BOLA: Til odobi El odobi.


BOLA: Tilga et’ibor elga et’ibor.


BOLA: Til bor bol keltirar
Til bor balo keltirar .


BOLA: Tilingda bulsa boling
Kulib turar ikboling .


BOLA: Odam suzlashguncha
Yilki kishnashguncha.


BOLA: Oldin bilib olib keyin suzla .


BOLA: Suzga lab ochsang xikmat bilan och
Aklsiz vak vak safsatadan koch .


BOShLOVChI: Raxmat bolajonlar judayam chiroyli xikmatlar aytib berdilaring. Aziz bolajonlar bizning uzbek tilimiz judayam boy. Ming yillar davomida uni o’kib o’rganib boramiz! Respublikamizning o’z davlat tili bor ekan, yana kanday ramzlari bor!


BOLAJONLAR Gerbimiz, bayrog’imiz,madxiyamiz bor!


BOShLOVChI: Til degani nega kerak?


BOLALAR: Xakikatni aytish uchun!


BOShLOVChI: Odobli farzand qanday bo’lmogi kerak.


BOLALAR: Salomloshmog’i, xurmat qilmog’i, ota-onasini e’zozlashi kerak.
BOShLOVChI: Ofarin bolajonlar! ofarin!
«ODOB VA OFTOB AShULASI».
BOShLOVChI: Endi navbat topishmoqlarga!



  1. Meni so’rashadi ko’rinsam qochishadi. (yomgir)

  2. Chopsang chopilmaydi ko’msang ko’milmaydi. (soya).

  3. Tilla sandik ochildi ichidan zar sochildi. (kuyosh)

  4. Sirti Tayeq ichi buyok. (kalam)



«TINChLIK BO’LSIN QO’ShIG’I»


BOShLOVChI: Bolalar hozir men sizlarga bir xikoya aytib beraman!
Qadim-qadim zamonda bir podshox o’tgan ekan. U vazirlariga dunyodagi eng shirin narsani topib kelishni buyuribdi. Vazirlari unga pishirilgan til olib kelibdilar. Podshox buning sababini surabdi. Vazirlar podshoxga dunyodagi eng shirin narsa til ekanligini aytib berishibdi. Chunki til hammani murosaga keltirishligini, shirin So’z yaxshiligini aytib berishibdi. Shunda podshox vazirlarining aqlliklariga tasannolar uqibdi. Podshox Yana bir kun vazirlarini chaqirtirib dunyodagi eng achchik narsani olib kelishni buyuribdi. Vazirlar unga Yana pishirilgan til olib kelishibdi. Podshox Yana xayron bo’lib, ma’nosini surbdi. Vazirlar podshoxga dunyodagi eng achchik narsa ham til ekanligini u odamlarni bir yomon So’z bilan urushtirib ko’yishligini, shaxarlar va qishloqlarni vayron qilib, urush qilishlarini so’zlab beribdilar. Ana ko’rdinglarmi bolajonlar. Shuning uchun biz hammamiz bir-birimizni xurmat qilib, chiroyli gaplarni gapirishimiz bir-birimizni senlamay sizlashimiz kerak.

BOLA: Ko’xna ona yurtim kadim turonim


O’z beshik, o’z tilim shavkatim shonim
Yetti iklim ichra tengi topilmas
Tuprok toshi oltinga teng O’zbekistonim!


«VATAN AShULASI»


Bolalar zaldan tantanavor musiqa ostida yurib chiqibketadilar.
Download 68,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish