23-Laboratoriya mashg‘ulot. Parda qanotlilar turkumi bilan tanishish va aniqlash Parda qanotlilar Hymenoptera turkumi



Download 2,06 Mb.
bet2/3
Sana17.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#818170
1   2   3
Bog'liq
Parda qanotlilar turkumi bilan tanishish va aniqlash

85 - rasm. Parda kanotlilar turkumi (S.Murodov bо‘yicha):
A — arrakashning og‘iz organlari (pastdan kurinishi); B— arining kо‘kragi (ust tomonidan kо‘rinishi; V arrakashning oldingi qanotini tomirlanishi.
A. 1 — yuqori jag‘i; 2 — asosiy bо‘g‘imi; 3 — iyak; 4ustunchasi; 5 — jag‘ paypaslagichi; b chaspagi; 7— ichki parragi; 8 — lab paypaslagichi; 9tilchasi; 10tilcha qopchasi; 11propodeumi; B — kо‘kragi; 12 yelka oldi; 13 — yelka о‘rtasi; 14 — qalqonchasi; 15 — qopqoqchasi. V — Qanot katakchalari; t — radial; Rr — orqa radiallari; l — mediallari; vaz bazal; si — kubital, a anal; rt — pterostimalar.

Parda qanotlilarning kо‘krak qismi boshqa hasharotlarnikiga nisbatan kо‘proq moslashgan. Ularning oldingi kо‘kraklari katta emas, lekin ularning yelkasi orqa tomonidan ikkita о‘rta yelka va uning pleyritlar oralig‘iga siqilib kirgan yonbosh о‘siqlar hosil qiladi. Oldingi yelkaning bu о‘siqlari oldingi qanotlari asoslaridagi qopqoqchalarga yetib borish-bormasligi sistematikada katta ahamiyatga ega. Ikkinchidan, oldingi oyoqlari bosh tomonga surilgan bо‘lib, u bilan mexanik ravishda birlashgan, natijada ularning yuqori jag‘ bilan bо‘lgan munosabatlari ortgan. Nixoyat, qorinchaning birinchi bо‘g‘imi orqa kо‘krakka qо‘shilib ketgan. Bunday qо‘shilish, ayniqsa, yuqori takomillashgan kenja turkum — xipcha bellilarda aniq ifodalangan, demak ularda qorincha ikkinchi bо‘g‘imdan boshlanadi. Qorinchaning kо‘krak qismiga qо‘shilgan birinchi bо‘g‘imi propodeum yoki о‘ t k i n ch i bо‘g‘im deb ataladi.


Kо‘krak qismida о‘rta kо‘krak bо‘g‘imi kо‘proq taraqqiy etgan, hasharotlar uchishida asosiy og‘irlik shunga tushadi. Botiq qorinlilar va qisman xipcha bellilarning oyoq о‘ynagichlari ikki bо‘g‘imliga о‘xshab ketadi. Haqiqatda esa ularning ikkinchi bо‘g‘imi yoki о‘ynagichi boldir о‘simtasidir. Asalarisimonlarning orqa oyoqlari gul changlarini yigib, inga olib ketish uchun moslashgan.
Qanotlarining tomirlanishi katta о‘zgarishga uchragan, natijada kator kо‘ndalang tomirlar va katakchalar paydo bо‘lgan. Mayda turlarida tomirlanish juda reduksiyalashgan bо‘lishi mumkin. Arrakashlarda qanot tomirlari yigindisi anchagina saqlangan, orqa qanotlari oldingilaridan qiskaroq, ularga ilashish uchun ilgakchalar bor. Orqa qanotlar oldingi chetidagi shu ilgakchalar orqali ikkala juft qanotlar birlashib, ikki qanotli hasharotlar kabi uchadi. Sekundiga 110—240 ga yaqin qanot qoladi. Qanotsiz turlari kо‘p uchramaydi, bu chumolilar о‘rtasida ishchi tо‘dalar uchun harakterlidir.
Qorin kо‘krak qismi bilan keng eni bо‘yicha yoki ingichka ustuncha or- qali qо‘shilib о‘rnashadi. Shu sababli botiq bellilar kenja turkumning hammasi uchun о‘tiruvchan qorin yoki xipcha bellilar kenja turkumi uchun poyabel qorinning bо‘lishi harakterlidir. Qorin poyasi ikkinchi va ba’zan uchinchi qorin bо‘g‘imlarini (birinchi bо‘g‘im kо‘krak qismi tarkibi) ingichkalanishidan iborat va juda uzun (masalan, qator arilarda shunday bо‘lishi mumkin). Chumolilarda poyabel yaproqchali yoki 1—2 bо‘rtma tugunchali bо‘lishi bilan farklanadi. Parda qanotlilar urg‘ochi individ qorinchasining harakterli о‘simtasi sodda formalarida tuxum qо‘ygich va yuqori takomillashgan formalarda nayzadir. Tuxum qо‘ygich boshlang‘ichdir, chunki ortoperiod hasharotlardagi kabi qorinlarning VIII va IX sternitlari juft о‘simtalaridan tashkil topgan. U kalta yoki uzun bо‘lishi mumkin, ba’zi tur yaydoqchilarda u tana uzunligidan ortiq, arrakashlarda u birmuncha maxsuslashgan — uning pastki tavqasi arra tishli va umuman u о‘simlik tо‘qimasini qirtishlashga va vujudga kelgan tirqishga tuxum qо‘yish uchun mо‘ljallangan.
Nayza tuxum qо‘ygichga о‘xshash bо‘lsada, u о‘ljani jaroqatlash va dush- mandan ximoyalash vazifasini bajaradi. Zaharni maxsus bezlar ajratadi va nayza yordamida о‘ljani jaroqatlaydi yoki xushsizlantiradi. Asalari va ari zaxarli hasharotlardan bо‘lib, ularning zaharidan tayyorlangan preparatlar meditsinada bod va shu kabi boshqa kasalliklarnn davolashda qullaniladi. Urg‘ochi individlarida bir juft zaharli bez mavjud. Asalari ishchi individlarining sо‘lak bezlari tupukdan tashqari lichinkalarini boqish uchun «sut» oqsil va lipidlarga boy hamda stimulyatsiya qobiliyatiga ega bо‘lgan modda chiqaradi. Lichinka u bilan doimo ta’minlanib, jinsiy yetuk urg‘ochi individga aylanadi. Arisimonlar va chumolilar jig‘ildoni kengayish xususiyatiga ega, bu yerda ortiqcha asal tо‘planadi. Nerv sistemasi u qadar muvofiqlashmagan. U arrakashlarda 3 ta kо‘krak va 7 ta qorincha tugunchalarini tashkil qiladi. Lekin yuqori takomillashgan ingichka bellilarda (arisimonlarda) kо‘krak tugunchalari 2 ga qadar, qorinchalarida esa 2—6 ga qadar kamaygan. Yuqori takomillashgan parda qanotlilarning tomok usti nerv tugunchasi qо‘ziqorin shaklli yoki undan poyasimon tanachalar taraqqiy etganligi bilan farklanadi. Bular asosiy assotsiativ markaz bо‘lib, shartli reflekslarni amalga oshirishda muhim rol о‘ynaydi. Tuxumdonlari politropik tuxum naychalaridan iborat. Ingichka bellilar oilasi vakillarida ularning soni har xil. Masalan, asalarilarning har qaysi tuxumdonida 100 dan ortiq bо‘ladi.
Tuxumlari oval shaklda, ba’zan bandchali bо‘lib, kо‘pincha oziq, sub- stratga, о‘simlik tо‘qimalari ichiga, о‘lja tanasiga yoki uning ichiga qо‘yi- ladi. Ingichka belsizlar yoki botiq bellilarda lichnikalari qurtsimon, yumaloq bо‘lib, soxta qurtlar deb ataladi, ularning kо‘krak oyoqlari 3 juft, qorin oyoqlari 6-8 ta, boshi yaxshi bilinadi. Ingichka bellilarda ular oyoqsiz, boshi kichkina, odatda chuvalchangsimon. Lekin ba’zi bir parazit turlar lichinkasi birinchi yoshida tuzilishi jihatidan odatdagidek emas. Bunday lichinkalar о‘ljani topib, unga ilashgandan sо‘ng oyoqsiz va chuvalchangsimon lichinkaga aylanadi. Demak, bunda bir parazit turining о‘zida ikki tip lichinka bor. Yetishgan lichinka g‘umbaklanish oldida ipak tolali yoki undan kо‘ra qalinroq pilla yasaydi, lekin kо‘plari pilla uramaydn. G‘umbak pilladan chiqish paytida uning yuqorn tomonini jag‘lari yordamida yumaloq qilib qirqadi. Jamoa bо‘lib yashovchi turlarining yetuk individlari polimorfizmligi bilan harakterlidir.
Parda qanotlilar hayot kechirishi va muhitga moslashuv bо‘yicha juda xilma xildir. Ular о‘rtasida tipik fitofaglar lichinkasi о‘simliklarning barg tо‘qimalari, mevalar va skelet qismlari bilan oziqlanuvchilar (arrakashlar va shox dumlilar), shuningdeq g‘о‘rra yasovchilar (yong‘oq yasovchi) ham bor. Juda kо‘p formalari, nektar va gul changlari boshqa hasharotlarning turli fazalari lichinkalari, g‘umbaklari, tuxumlarining parazitlaridir. Bular xalsidsimonlar, proktotrupoidlar va boshqa zararkunandalarni kamaytirib, foyda keltiradi. Umuman parda qanotlilar ikki qanotlilar bilan birga hasharotlar sinfi taraqqiyotining yuqori bosqichi hisoblanadi.




Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish