23-Laboratoriya mashg‘ulot. Parda qanotlilar turkumi bilan tanishish va aniqlash Parda qanotlilar Hymenoptera turkumi



Download 2,06 Mb.
bet3/3
Sana17.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#818170
1   2   3
Bog'liq
Parda qanotlilar turkumi bilan tanishish va aniqlash

86-rasm. Parda qanotlilar turkumi (S.Murodov bо‘yicha):1-yirik skoliya arisi; 2,3,4-qovoq arilar (urg‘ochisi, erkagi, ishchisi); 5-katta qarag‘ay shoxdumli ari; 6-18-yaltiroq arilar.

Parda qanotlilar о‘simliklarni changlatishda muhim rol о‘ynaydi. Asalarilarning asal va mum ishlab chiqarishdagi roli bebahodir. Zararkunanda hasharotlarni kamaytirishda ham kо‘p turlarining ahamiyati katta. Ba’zi tur hasharotlardan zararkunandalarga qarshi biologik kurashda foydalaniladi. Bundan tashqari, о‘simliklarni g‘imoya qilishda parazit, yirtqich turlaridan keng samarali foydalanish soxasida katta imkoniyatlar bor. Bular orasida arrakashlar va qisman shox dumlilar ham yong‘oq yasovchilar о‘simliklarni shikastlantiradi. Parda qanotlilar turkumi ikki kenja turkumga botiq qorinlilar va xipchabellilarga bо‘linadi.





87-rasm. Parda qanotlilar turkumi (S.Murodov bо‘yicha): 1-serseris; 2- yо‘l pompili; 3-asalari tulkisi; 4—pinser taxiti; 5—sfeks; 6—devor odineri; 7—dog‘i skoliya; 8-pemafredon; 9-tukli skoliya; 10 qumloq ammofili; 11—Amedyaevmen; 12—megaxila; 13—pelopeya; 14 — melekta; 15-burunli bembeks; 16- devor antoforasi; 17—olti yо‘lli galikt; 18—g‘ishtchi ari; 19—florentiy antidiyasi; 20- oltinsimon osmiya; 21—yaltirok ari; 22- duradgor ari; 23 -stilb yaltiroq arisi
Botiq qorinlilar kenja turkumi — Symphyta.
Bular qorinlarining botiqligi, oyoq о‘ynagichining 2 bо‘g‘imliga о‘x- shashligi bilan farq qiladi. Lichinkalarining boshi yaxshi taraqqiy etgan, ba’zan qorin oyoqli, hammasi о‘simlikxо‘r hisoblanadi. Bular ikkita bosh oilaga bо‘linadi.
Arrakashlar bosh oilasi — Tepthredinoidea vakillarining tuxum
qо‘ygichi chiqib turmaydi, arrasimon tishli. Bularga ikkita oila kiradi.
Asl arrakashlar — Tenthredinidae oilasi. Bularning juda kо‘p turi bor. Tuxumlarini tuxum qо‘ygich bilan tirnalgan yoriqlarga bittadan yoki zanjircha xolida о‘simlik bargi yoki boshqa organlar tо‘qimasiga qо‘yadi. Lichinkalari soxta qurt deb ataladi. Kо‘krak oyoqlari yaxshi taraqqiy etgan, 6—8 juft qorin oyoqlari bor. Kо‘pgina turlari zararkunanda. Masalan, krijovnik sariq arrakashi — Pteronidea ribesi Scop. smorodina va krijovniklarga zarar yetkazadi, q a r a g‘ a y a r r a k a sh i — Diprion pini L. о‘rmon xо‘jaligiga jiddiy zarar keltiradi.
Poya arrakashlari — Cephidae oilasi. Lichinkalari poya va shoxlar ichida yashaydi, Qorin oyoqlari yо‘q, kо‘krak oyoqlari sodda taraqqiy etgan. Masalan, g‘alla arrakash—Cephus pygmaeus L. ning lichinkalari g‘alla ekinlariga zarar yetkazadi va hosilni kamaytiradi.
Shox dumlilar bosh oilasi — Siricoidea. Imagosining keyingi bо‘- g‘imida shoxsimon uchi qattiq о‘simtasi bо‘ladi. Lichinkalarining qorin oyoqlari yо‘q, tanasi oxirida о‘tkir tiqanchasi bor, yog‘och ichida yо‘llar yasab, о‘simlikka zarar keltiradi. Ninabarg shox d u m i — Sirex gigas L. keng tarqalgan. Uning lichinkasi zaiflashgan daraxtlar poyasida rivojlanadi.
Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish